Hokimiyat uchun kurash. Ulkan istilolar natijasida arab zodagonlari hamda viloyatlarning noiblari katta-katta boyliklarga ega boiib oldilar. Ayrim noiblar hatto xalifalik taxtini egallab olishga ham harakat qila boshladilar.
Ulardan biri Suriya noibi Muoviya ibn Abu Sufyon edi.
U xalifa Ali ibn Abu Tolibning xalifaligini tan olishdan bosh tortgan.
Yodda tuting! Ali ibn Abu Tolib - to`rtinchi xalifa. Muhammad (s.a.v.)ning amakivachchasi hamda kuyovi. 656 -661-yillarda xalifa bo 'lgan. 661- yilda Ali oidirilgach, Abu Sufyon o`zini xalifa deb eion qilgan. Uni arab zodagonlari va harbiy boshliqlar qo’llab-quvvatlaganlar.
Suriya poytaxti Damashq shahri xalifalik poytaxti etib belgilandi. Shu davrdan boshlab xalifa saylash bekor qilindi. Endi u avloddan-avlodga meros tariqasida o`tadigan bo’ldi.
Shu tariqa Muoviya xalifalik tarixida umaviylar sulolasi deb ataluvchi sulola hukmronligiga asos soldi. Bu sulola 750- yilgacha hukmronlik qildi.
Umaviylar xalifalik hududlarini yanada kengaytirdilar. VIII asr boshlarida Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, o`rta Osiyo, Hindistonning katta qismi, Kavkazorti egallandi. Xalifalik chegarasi g`arbda Atlantika okeanigacha, sharqda esa Xitoy va Hindiston chegarasigacha yetdi. Behisob boyliklar qoiga kiritildi.
Umaviylar davrida barcha musulmonlarga soliq solinadigan boidi. Aholi xiroj, jizya, zakot deb ataluvchi soliqlar to’lardi.
Xiroj - yer solig`i boiib, u hosilning 1/3 qismi miqdorida olingan. Jizya esa jon solig`i edi. Bu soliq ishga yaroqli erkak kishilardan undirilgan. Ishga yaroqli erkak bir yilga 12 dirham, o`rtahol tabaqa vakillari 24 dirham, boylar esa 48 dirham toiagan. Zakot esa mol-mulkdan toiangan. Uning miqdori ikki yarim foizni tashkil etgan.
Umaviylar joriy etgan bu soliqlar xalifalik aholisining katta qismida norozilikni tobora kuchaytirgan.
Abbosiylar hukmronligi.Kuchayib borayotgan bu norozilikdan Arab xalifaligining umaviylarga qarshi hukmron tabaqalari unumli foydalanganlar. Ularning maqsadi umaviylar hukmronligiga barham berish edi. Umaviylarga qarshi kuchlarga Muhammad (s.a.v.)ning amakilari Abbosning avlodi Abul-Abbos Abdulloh rahbarlik qilgan.
Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida umaviylarga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olon hukmron sulola al-mashinuvida katta ahamiyatga ega boigan. 750- yilda umaviylar sulolasi hukmronligi tugadi. Xalifalik taxtini Abul-Abbos Abdulloh egalladi. U xalifalik tarixida abbosiylar sulolasi hukmronligiga asos soldi.
Abbosiylar sulolasi hokimiyatni rasman 1258- yilgacha boshqargan.
Xalifalik poytaxti Damashqdan Bag`dod shahriga ko`chirildi.
Bag`dod shahrini qurdirgan xalifa Mansur, Buyuk Karlga zamondosh va u bilan diplomatik aloqa o`rnatgan Horun ar-Rashid, ilm-fanga homiyligi bilan shuhrat qozongan al-Ma'munlar bu sulolaning mashhur xalifalari bo`lishgan.