Kirish,,0'rta asrlar tarixi haqida


Xalifalikning parchalanishi



Download 448 Kb.
bet26/97
Sana06.02.2023
Hajmi448 Kb.
#908550
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97
Bog'liq
Kirish,,0\'rta asrlar tarixi haqida

Xalifalikning parchalanishi. IX asr oxiri - X asr boshlaridan boshlab Arab xalifaligining zaiflashish jarayoni tobora kuchaygan. Buning asosiy sababi qaram xalqlarning mustaqillik uchun kurashining avj olgani edi. Bu kurashga mahalliy hukmron tabaqalar boshchilik qilgan. Ulardan eng nufuzlilari o`zlarining sulolalarini vujudga keltira boshlaganlar. Oqibatda xalifalik parchalanib, birin-ketin mustaqil davlatlar qaror topgan. Shulardan biri Mova-rounnahrdagi Somoniylar davlati edi.
1055- yilda saljuqiy turklar xalifalik poytaxti Bag`dod shahrini bosib oldi. Shu tariqa Arab xalifaligi amalda barham topdi.
Abbosiy xalifa qo`lida diniy hokimiyatgina qoldirildi, xolos. 1258-yilda mo`g`ullar istilosi oqibatida xalifaning diniy hokimiyati ham inqirozga yuz tutdi.
Atamalar mazmunini bilib oling
Jihod - Alloh yo`Iida islomni yoyish va uni himoya qilish uchun kurash.
Xalifa - Muhammad (s.a.v.)ning o`rinbosari. Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan so`ng barcha hokimiyatni o`z qo`liga to'plagan hukmdor.
12-§. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati
Tayanch tushunchalar: Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati tushunchasi. Ilm-fan taraqqiyoti. O 'rta Osiyo allomalarining xalifalik xalqlari madaniyatiga qo`shgan ulkan hissalari.
Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati. Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga Arab alifaligi madaniyati nomi bilan kirdi.
Xo`sh, buning sabablari nimalardan iborat edi?
Avvalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishta hayot ta'minlangan. Bu esa xo`jalik (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq)ning yanada yuksalishiga imkon bergan. Bu omil o`z navbatida madaniyatning taraqqiy etishiga shart-sharoit yaratgan.
Ikkinchidan, istilo natijasida xalifalikka birlashtirilgan turli o`lka xalqlari (Suriya, Misr, Eron, O`rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Hindiston)ning ilg`or madaniyati imkon qadar bir-birini boyitdi. Bu o`rinda yagona davlat tili - arab tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta rol o`ynagan. Buyuk allomalar qaysi xalq vakillari bo`lmasin, arab tilida ijod qilganlar. Bu omil xalifalik tarkibidagi turli xalqlarga bir-birining madaniyati yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratgan. Binobarin, xalifalik madaniyatini faqat arablar emas, xalifalik tarkibiga kirgan barcha xalqlar yaratganlar.
Uchinchidan, arablar ham o`zlari istilo etgan o`lka xalqlarining ilg`or madaniyati durdonalarini qunt bilan o`rganganlar.
To`rtinchidan, Mansur, Horun ar-Rashid, Ma'mun kabi abbosiy xalifalar ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz, madaniyatning yuksak darajada taraqqiy etishini ta'minlagan.
San'at. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyatida san'at, ayniqsa, me'morchilik san'ati alohida o`rin tutgan.
Go`zallikda tengi yo`q hukmdorlar saroylari soya-salqin, yam-yashil bog`lar ichida bunyod etilgan. Ularda favvoralar mavjud bo`lgan.
Shahar me'morchiligi ham juda rivojlangan. Shahar ko`chalariga tosh yotqizilgan. Ko`chalar chiroqlar bilan yoritilgan. Masjidlar shahar ko`rkiga-ko`rk qo`shgan. Masalan, VIII - IX asrlarda Qurdobada bunyod etilgan masjidga 600 dan ortiq marmar ustun ishlatilgan. Ustunlar nihoyatda nafis bo`lib, ular masjidga ulug`vorlik baxsh etgan. Qohira shahridagi Hasan masjidi tepasiga qurilgan balandligi 55 metrli gumbaz ham kishilarni hayratga solgan.

Download 448 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish