Atamalar mazmunini bilib oling Bogomillik (xudoga xush keladigan) - jamiyat a'zolari o`rtasida mulkiy tenglikni targ`ib etgan diniy harakat.
Slavyanlar - tillari o`zaro yaqin, kelib chiqishi bir boigan Yevropa xalqlarining eng yirik guruhlari.
Veche - xalq yig`ini.
8-§. Kiyev Rus davlati Tayanch tushunchalar: Kiyev Rus davlati. Vladimir Svyatoslavich knyazligi davri. Votchina. „Russkaya Pravda". Davlatning tashkil topishi.Kiyev Rus davlati tashkil topishi arafasida sharqiy slavyanlar yerlari kichik-kichik knyazliklarga bo`linib ketgan edi. Ulardan biri Novgorod knyazligi edi. Novgorod knyazi Oleg 882- yilda Kiyevni egallagan. Bu g`alaba unga shimoliy va janubiy Rusni birlashtirish imkonini bergan. Kiyev shahri poytaxt etib belgilangan. Shu tariqa Kiyev Rus davlati tashkil topgan. Yodda tuting! Kiyev shahri hozirgi Ukraina davlatining poytaxti. Shaharning nomi uning bunyodkori Kiy nomidan olingan. Kiyev Rus davlati uch qardosh xalq - rus, ukrain va beloruslarning umumiy tarixiy beshigi edi. Bugungi Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi nomida qadimgi Rus nomi saq-lanib qolgan. Rus slavyan qabilasi nomida „o" va „u" harflari doimo almashib turgan. Masalan, Ros daryosi yoki „Rus tili".
Kiyev Rus davlatining mustahkamlanishi.Knyazlar o`z davlati chegaralari xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor berganlar. Chunki xazar va pechenglar deb ataluvchi ko`chmanchi qabilalar Rus yerlariga doimo hujum uyushtirib turganlar. Kiyev Rus davlati knyaz Svyatoslav hukmronhgi davridan boshlab (964-972) kuchaya boshlagan. Svyatoslav Rusning rivojlanishiga to`siq boiib turgan Volga Bolgariyasi va Xazar pcdsholiklarini magiubiyatga uchratgan. U hatto Vrzantiyaga qarshi urush harakatlari ham olib borgan. Vizantiya Rusni Qora dengizga chiqarmaslikka urinar, turli ko`chmanchi qabilalarni Rusga qarshi gij-gijlardi.
Knyaz Svyatoslav 972- yilda Vizantiya yurishidan qaytayotganida pechenglar hujumiga uchrab halok bo’lgan.
Svyatoslavning o`gii Vladimir Svyatoslavich davlatni mustah-kamlash ishini davom ettirgan. U barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusiga birlashtiradi. Bu xizmati uchun Kiyevning Buyuk knyazi deb ataladi. Mustahkam chegara qal'alari qurdiradi. Dushman hujumidan ogohlantiruvchi gulxan yoqiladigan ulkan tepaliklar bunyod ettiradi.
Chegara mudofaasi bilan shug`ullanuvchi maxsus chegara xizmatini tashkil etadi. Pechenglar hujumi shu tariqa to`xtatilgan; Bu xizmatlari uchun Vladimir yilnomalarda „Qizil Quyosh" deb uluglangan. Rus Yevropaning eng yirik davlatlaridan biriga aylangan.
Vladimirning Rus davlati oldidagi yana bir katta xizmati - xristian dinini joriy etganligida edi.
Yodda tuting!988- yilda Kiyev Rus davlatida xristian dini joriy etilgan. Bu hodisa Rusni Yevropaning boshqa davlatlari bilan yaqinlashtirdi. Ayni paytda Vizantiyaning ilg`or madaniyati yoyilishiga ham xizmat qildi. Endilikda Kiyevning Buyuk knyazlari Yevropa hukmdorlari (imperatorlar, qirollar) bilan teng nufuzga ega bo`ldilar.