Kirish xo`jalikning umumiy xarakteristikasi


KASALLIKNING ETIOLOGIYASI, ANTIGENLIK, PATOGENLIK, VIRULENTLIK VA TOLERANTLIK XUSUSIYATI



Download 70,85 Kb.
bet4/11
Sana13.04.2022
Hajmi70,85 Kb.
#547988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axmadaliyev Avazbek epizatologiya

7. KASALLIKNING ETIOLOGIYASI, ANTIGENLIK, PATOGENLIK, VIRULENTLIK VA TOLERANTLIK XUSUSIYATI
Tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisi organizmga ozuqa yoki havo orqali tushgach, u yerlarda (ko‘proq o‘pka, ichak va regional limfa tugunlar) yallig‘lanishni boshlaydi. Qo‘zg‘atuvchi ko‘payadigan joyda hujayrali proliferatsiya va ekssudativ jarayon namoyon bo‘ladi. U yerdagi limfoid hujayralar orasida ko‘p o‘zakli gigant va epiteliy hujayralari kuzatiladi. Hujayralar orasida yig‘ilgan ekssudat uyushi va fibrin qo‘shilishi evaziga kulrang yumaloq, igna tugma boshidan yasmiq doni kattaligida tuberkulyoz tuguni paydo bo‘ladi. U biriktiruvchi to‘qima bilan o‘raladi (kapsula). Ushbu tugunga qon bormasdan to‘qima o‘ladi va tvorogga o‘xshash narsaga aylanadi. Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyida hosil qilgan tuberkulyoz tuguni birinchi samara hisoblanadi. U yerdan limfa orqali regional limfa tugunga keladi va u yerda ham patologik jarayon hosil qiladi. Bir vaqtdagi a’zo va regional limfa tugun kasallanishi to‘la birlamchi kompleks, faqat limfa tugun kasallanishi to‘la bo‘lmagan birlamchi kompleks deyiladi. Jarayon yaxshi o‘tsa birlamchi o‘choq ohaklanadi, ya’ni atrofi qalin biriktiruvchi to‘qima bilan o‘raladi va infeksion jarayonni rivojlanishi to‘xtaydi. Rezistenti pasaygan organizmda birlamchi o‘choq qalin biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralmaydi, tuberkulyoz tuguni devori yemiriladi va infeksion jarayon sog‘lom to‘qimaga o‘tadi. Keyin u ko‘plab tuberkulyoz tugunlarini hosil qiladi. Ular bir-biri bilan qo‘shilib tuberkulyoz fokusiga aylanadi. Undan mikobakteriyalar qonga o‘tib, organizmga tarqalgan tuberkulyoz shaklga (jigar, taloq, buyrak) o‘tadi. Vaqt o‘tishi bilan o‘pkada katta tuberkulyoz o‘choqlari-kavernalar (o‘rtacha musht o‘lchamida) hosil bo‘ladi va u bronxlar ichi bilan tutashadi va undan balg‘am chiqa boshlaydi, yo‘tal kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi. Shilliq qavatlar va ichki a’zolarning boshqa joylari zararlanganda seroz qatlamda juda ko‘p mikdordagi marjonsimon sil tugunchalari paydo bo‘ladi. O‘pkaning to‘liq va boshqa a’zolarning kuchli zararlanishi hayvonlarning tez oshib ketishiga olib keladi va mahsuloti keskin kamayib ketadi. Oqibatda kasal hayvon juda oriqlab o‘ladi.


Download 70,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish