Kasallikni oldini olishning iqtisodiy samaradorligi
Tuberkulyoz kasalligini oldini olish maqsadida bizlar 20% so`ndirilgan oxakni aralashmasidan foydalandik. Ushbu usulni aniqlash maqsadida taqqoslash uchun dezinfeksiya usuli qo`llanildi. Yangi usulni iqtisodiy samarasini aniqlashda quyidagi dorilar ishlatildi.
Эв = С1 – С2
I. Eski usul bilan tuberkulyoz kasalligini oldini olishdagi xarajatlar (С1)
1. Dezinfeksiya qilingan hayvonlar
2. Ishlov miqdori - 12
3. Har bir ishlovda ketgan vaqt ish kuni – 3 kun
4. Ishlov o`tkazilganda qatnashganlar vettexnik 1 nafar guvoh 1 nafar
5. Bir ishlovda bir bosh molga sarflangan aralashma miqdori
6. Vetvrachning o`rtacha oylik maoshi 185000 so`m. Ishchining kunlik ish haqi 6150 so`m.
Harajat hisoblanib chiqish mehnat harajatlari vetvrach 185000:25*4*386 = 13140 ishchi 6150*3*6 marta - 10000 jami 231*40 so`m. II sarflangna dorining bahosi 20% - so`ndirilgan ohakning 1 kg 1200 so`m aralasmasining sarflanishi
156*15*6 – 14040 litr
140*40*1200 so`m – 168.20
Barcha harajatlar: 16820 – 231.40 – 1.724 summasi
Veterinariya tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini hisoblash
Tuberkulyoz kasalligi bir qancha sabablarga ko`ra xo`jalikka katta iqtisodiy zarar keltiradi. Fargona viloyatining sug`oriladigan biotsenozlarida bir necha yillik kuzatishlar natijasiga asosan 35 bosh qo`yda tuberkulyoz kasalligi aniqlanishi natijasida iqtisodiy zarar keltirilgan. Shundan 5 bosh qo`y harom o`lgan va 30 boshi majburiy so`yilgan. Ularning xo`jalikka keltirilgan iqtisodiy zarari quyidagicha
5 bosh qo`yni xarom o`lishidan keladigan iqtisodiy zarar
Z1 –MxOxN – Sr
M – Xarom o`lgan qo`ylar boshi soni
O – Maxsulot og`irligi (kg.t)
N – maxsulotning xozirgi qiymati (so`mda)
Sr – maxsulot redligatsiyasi (so`mda)
Z1 = 5x25x15000x0=1875000
30 bosh qo`yning kasallanishi natijasida yaroqsizligidan keladigan iqtisodiy zarar
Z2 =(MB x Nu ) - Mq
MB – brak qilingan organ miqdori (kg)
Nu – organning hozirgi qiymati (so`mda)
Mq – maxsulot va homashyoni qayta ishlashdan olingan qiymat (so`mda)
Z2 = (60 x 12000) – 0 = 720000
30 bosh qo`y go`shtini past narxda sotilishidan keladigan iqtisodiy zarar
Z3 = St X ( Ns – Nk )
St – jami sifati pasaygan miqdori (kg)
Ns – sog`lom mol go`shtining 1 kg tannarxi (so`mda)
Nk – sistiserkoz natijasida so`yilgan 1 kg mol go`shtining tannarxi (so`mda)
Z3 = 750 x (15000 – 7500) = 750 x 7500 = 5625000
Umumiy zarar 1875000+72000+5625000=7572000
13. VETERINARIYA NIZOMIDA KASALLIKKA QARSHI KURASHISH BO’YICHA YO‘L YO‘RIQ VA KO‘RSATMALAR
Veterinariya profilaktik va epizootiyaga qarshi tadbirlar rejasi barcha xo`jalik, tuman, shahar, viloyatlarda har yili doimiy ravishda tuzilib, ushbu reja 3 qismdan iborat:
Diagnostik tekshiruvlar
Profilatik immunizatsiya-emlashlar
Davolash va profilaktik ishlov berish
Diagnostik tekshiruvlar: brutsellyoz, tuberkulyoz – 2 marta 1 yilda, paratuberkullyoz, enterit, trixomonoz, leykoz, qoramol vibriozi, yilqilarning qochirish kasalligi, pulloroz kabilarga o`tkaziladi. Profilatik immunizatsiya-emlashlar: kuydirgi, qorason, saramas, leptosperoz, pasterellyoz,o`lat va auyeski kasalliklariga qarshi.
Epizootiyaga qarshi tadbirlar rejasida epizootik ahvolga qarab hayvonlarning brutsellyoz, tuberkulyoz, paratuberkullyoz, enterit, trixomonoz, leykoz, vibrioz, manqa, qochirish kasalligi, parrandalarning pullorozi va boshqa kasalliklarga diagnostic tekshirishlar mo`ljallanadi. Yirik shoxli mollarda tuberkulinizatsiya ikki oylik yoshidan boshlab bir marotaba teri ichkarisiga yuborish usuli bilan tashkillashtiriladi, sigir va naslli buqalar esa ikki marotaba bahorda va kuzda tekshiriladi. Yangidan kelib tushadigan mollar oldini oluvchi karantinda turgan davrida tekshiriladi. Xo`jalikdagi barcha katta yoshdagi parrandalar, inkubatsiya uchun yetkaziladigan tuxumlar yiliga bir marotaba tuberkulyoz (sil) va pullorozga tekshirilishi kerak. Begona kishilarning, ayniqsa tuberkulyozdan sog`lom bo`lmagan xo`jalikdan kelgan kishilarni fermaga va yozgi lagerga kirishini man etish. Tuberkulyoz bilan kasallangan kishilarning fermada xizmat qilishini man etish.
O`zbekiston Respublikasi Veterinariya to`g`risdagi qonunnining 24-, 26-, 28-moddalari yuqumli kasalliklarga oid.
24-moddasi. O`zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilish.
O`zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali olib o`tilayotgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar davlat veterinariya nazoratidan o`tkazilishi shart.
Epizootik jihatdan osoyishta bo`lgan boshqa davlatlardan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O`zbekiston Respublikasiga kirilishiga va O`zbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga shuningdek O`zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etilgan holda yo`l qo`yiladi.
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar O`zbekiston Respublikasining Davlat chegarasida joylashgan chegara veterinariya punktlari (uchastkalari) orqali olib o`tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |