Kirish xo`jalikning umumiy xarakteristikasi


DIAGNOZ DIFFERENSIAL DIAGNOZ



Download 70,85 Kb.
bet6/11
Sana13.04.2022
Hajmi70,85 Kb.
#547988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axmadaliyev Avazbek epizatologiya

9. DIAGNOZ DIFFERENSIAL DIAGNOZ
Sil kasalligiga diagnoz qo‘yish uchun uning epizootologiyasi, klinik belgisi va kechishi, patologoanatomik o‘zgarishlar o‘rganilib, laboratoriyaviy tekshirish usullari ( bakteriologik, gistologik, allergik va serologik) qo‘llaniladi. Hayvonning tirikligida sil kasalligi asosan allergik tekshirish usuli bilan aniqlanadi. Sil kasalligini aniqlash uchun quyidagi allergenlar ishlatiladi: otdan tashqari boshqa tur hayvonlarda 2 oylikdan boshlab, sut emizuvchilar uchun quruq tozalangan PPDtuberkulin 0,2 ml bo‘yin terisi ichiga yuboriladi va natijasi 72 soatdan keyin shtangel-serkul yoki kutimetr bilan o‘lchanadi. Qoramol, tuya va bug‘ularda allergen yuborilgan joydagi shish o‘lchami bilan shunga o‘xshash teri burmasi o‘lchamining farqi 3mm va undan yuqori, ho‘kizlarda (allergen dum osti burmasiga yuboriladi) 2 mm va undan yuqori bo‘lsa, allergik tekshirish natijasi ijobiy musbat (+) hisoblanadi. Qo‘y, cho‘chqa, it, maymun va mo‘ynali hayvonlarda tekshirish natijasi 48 soatdan, parrandalarda 30-36 soatdan keyin baholanadi. Tekshirish natijasida allergen yuborilgan joyda shish aniqlansa, ijobiy natija deb hisoblanadi. Allergen qoramol bo‘yin terisiga, cho‘chqa quloq asosiga, parranda sirg‘asiga yuboriladi. Qo‘y, echki, it, maymun, qorakuzandan boshqa mo‘ynali hayvonlarga tuberkulin sonning ichki yuzasi terisiga, qorakuzanning yuqori qoshiga, tuya chatani qismining qorin terisiga yuboriladi. Parrandalar uchun quruq tozalangan tuberkulin (PPD-protein purified derivat) tuberkulezni allergik diagnostikasida ishlatiladi. Alttuberkulin mikobakteriyaning qoramollar turi o‘stirilgan va o‘ldirilgan bulon kulturasi filtratidan tayyorlanadi. U cho‘chqa va maymundan boshqa barcha tur hayvonlarda tuberkulyozni allergik diagnostikasida ishlatiladi. Allergik reaksiya juda sezgir va o‘ta maxsus. U organizmning immunologik reaktivligiga va tuberkulinga sezgirligiga bog‘liq. Oriq, to‘q bo‘g‘oz, qarri va organizm bo‘yicha tarqalgan tuberkulyozda reaksiya kuchsiz yoki anergiya bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda parrandalar paratuberkulyoz mikobakteriyalari yoki atipik mikobakteriyalar bilan sensibilizatsiya bo‘lsa, nomaxsus reaksiya berishi mumkin. Ammo, bu reaksiya mustahkam emas, bir necha oyda yo‘qoladi. Ajratma diagnoz uchun simmultan sinov yoki atipik mikobakteriyalar bilan (kompleks allergen bilan) KAM reaksiya qo‘yiladi. Diagnoz qo‘yishda epizootologik ma’lumotlar: yangi kelgan mollar, ularni profilaktik karantin davridagi tekshirish natijalari, hisob-kitob ishlari, yangi tug‘ilgan buzoqlar inobatga olinadi. Otlarda oftalmosinov, ayrim hollarda qoramollarda ham teri ichiga yuborish bilan birga 5-6 kun oraliq bilan, 2 marta ko‘z pipetkasi bilan pastki qovoq kon’yunktivasiga 3-5 tomchi allergen yuboriladi. Natija birinchi yuborilgandan 6, 9,12 va 24 soatdan va ikkinchi yuborilgandan 3, 6, 9,12 keyin qaraladi. Ko‘zning ichki burchagidan yiringli shilliq yoki yiring ajralsa, kon’yunktiva qizarib, shishsa, reaksiya ijobiy (musbat) + hisoblanadi.

Download 70,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish