12. O’TKAZILGAN EPIZOOTIYAGA QARSHI TADBIRLARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Xo‘jalikni (ferma) ushbu kasallikdan sog‘lomlashtirish tadbirlari rejasi ishlab chiqiladi va u favqulodda vaziyat komissiyasida yoki tuman hokimi yig‘ilishida tasdiqlanadi. Fermani ushbu kasallikdan sog‘lomlashtirish uchun birdaniga 2 marta ferma bo‘yicha salbiy natija olguncha har 30-45 kunda allergik tekshiriladi, keyin yana profilaktik nazorat davrida 3 oy muddat bilan 2 marta tekshiriladi. Agar barcha tekshirishlarda (2 marta 1 oylik va 2 marta 3 oylik oraliq bilan) manfiy natija olinsa, fermadagi qoramollar tuberkulyoz bo‘yicha sog‘lom deb hisoblanadi. Kasal sigirlarning buzoqlari semirtirilib go‘shtga topshiriladi. Klinik tuberkulyoz suti 10 min qaynatilib semirtirilayotgan hayvonlarga, faqat ijobiy natijali sigirlar suti semirtirilayotan hayvonlarga beriladi yoki kuydirilgan yog‘ qilinadi. Sog‘lomlashtirilayotgan sigir suti 900S 5 daqiqa yoki 850S da 30 daqiqa pasterizatsiya yoki u bo‘lmasa qaynatiladi. Shartli sog‘lom sigir buzoqlari alohida saqlanadi, sog‘lom sigir sutlari bilan parvarish qilinadi va 2 oyligida allergik tekshiriladi. Ijobiy reaksiya berganlari go‘shtga, qolganlari har 30-45 kunda, 2 marta manfiy natija olguncha, keyin har 3 oyda allergik tekshiriladi. Guruh bo‘yicha 2 marta manfiy natija olinsa, sog‘lom deb hisoblanadi. Ular faqat xo‘jalikda ishlatiladi. Nosog‘lom xo‘jalikdan karantinni olish uchun barcha hayvonlar tuberkulyozga allergik tekshiriladi, poda bo‘yicha 2 marta 1 oy va yana 2 marta 3 oylik oraliq bilan jami 4 marta allergik manfiy natija olinsa hamda yakuniy dezinfeksiya tadbirlaridan so‘ng, tuman veterinariya bo‘limi boshlig‘i dalolatnomasi asosida hokim qarori bilan karantin olinadi. Parranda fermalarida barcha kasal va nimjon tovuqlar go‘shtga topshiriladi, qolganlari tuxum olgandan keyin go‘shtga yuboriladi. Ushbu tuxumlar faqat non kombinatiga bulka non uchun ishlatiladi. Kasallik qayd qilingan parrandachilik fermalaridan jo‘ja ochirish uchun tuxum olib chiqishga ruxsat berilmaydi. Allergik ijobiy natija (+) bergan cho‘chqalar semirtirilib go‘shtga topshiriladi, qolganlari 2 oylikdan boshlab har 30-45 kunda allergik tekshiriladi. 2 marta manfiy natija olinsa, ferma sog‘lom hisoblanadi. Allergik ijobiy natija (+) bergan otlar ajratiladi, 45-50 kundan qayta allergik tekshiriladi, agar ijobiy reaksiya (+) aniqlansa, ular go‘shtga topshiriladi, qolganlari har 45-60 kunda allergik tekshiriladi, to 1 marta guruh bo‘yicha manfiy natija olinguncha. Agar guruh bo‘yicha barcha otlarda manfiy (-) reaksiya aniqlansa, ular tuberkulyoz bo‘yicha sog‘lom hisoblanadi. Barcha tur hayvonlarda, oxirgi tekshirishda tuberkulyozga ijobiy reaksiya qayd qilinsa, sog‘lomlashtirish yana qaytadan yuqorida ta’kidlangan sxemada amalga oshiriladi. Agar sil kasalligining ayrim belgilari namoyon bo‘ladigan bo‘lsa, veterinariya vrachi darhol uni aniqlashga kirishishi zarur. Yaylov sharoitida ham silga chalingan mollarni sog‘lom mollar bilan yonma-yon boqish qat’iyan man etaladi. Dezinfeksiya uchun 5% li faol xlorli ohakning eritmasi, 1 % li glutar aldegidning suvdagi eritmasi, 2% li metafor, 5% li natriy fenolyat, 3% li ishqorli kreolin ishlatiladi. Yopiq xonalarda esa aerozol usulida dezinfeksiya o‘tkazish mumkin. Buning uchun 38-40% li formaldegid 40 ml/m3 hisobida ishlatiladi. Tuproq qatlami ishqorli formal’degid bilan zararsizlantiriladi (10,0 formaldegid, 5 mg xlorli ohak 1m2 yuza uchun). Go‘ng 2 yil mobaynida biotermik usul bilan zararsizlantiriladi. Fermadagi suyuq ax latlar 1 m3 suyuq massaga 30 kg ammiak qo‘shib, 5 kun ichida zararsizlantiriladi. Shular bilan bir qatorda dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari ham o‘tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |