2. Xo`jalikning umumiy xarakteristikasi
Farg’ona viloyati Buvayda tumanidagi Asqar o’ta fermer xo`jaligining umumiy yer maydoni 78 gektar bo`lib, umumiy olma shaftoli va o‘rik bilan shug`ullanadi. Asqar o’ta fermer xo`jaligi Buvayda tumanida joylashgan
Yoz oylarida havo harorati 35ºc-40 ºc gacha, 5ºc-0ºc gacha bo`ladi. Asosiy yo`nlishi uzum, olma bo`lgani uchun katta e`tabor qaratiladi. 1 gektar yerdan 30-40 tonnagacha shaftoli, olma o‘rik shu bilan birga poliz ekinlari g`alla ferma uchun maxsus yerlar ajratilgan
Bog`lar uchun
| 8 ga |
Yem hashak uchun
| 18 ga |
Donli ekinlarga
| 11 ga |
Qo`shimcha tomorqa
| 36 ga |
Ferma uchun
| 5 ga |
Ferma atrofi g`isht bilan o`raglan. Mollarni saqlash uchun zamonaviy molxona qurilgan bo`lib shuningdek yem hashak bilan ta`minlash yo`lga qo`yilgan.
Fermada mollarni saqlaydgan joylar qorovulxona, aptekalar hammasi bilan ta`minlangan. Fermaga kirishga zaborlar o`rnatilgan. Fermada kasal mollarni qabul qiladigan vet xonalar tashkil etilgan va jixozlangan. Tug`ruqxona sun`iy urchitish xonasi kasal hayvonlarni saqlash xonasi yaxshi yo`lga qo`yilgan.
Fermada chetdan keltirilgan ola zotli molar ham boqiladi. Ularga maxsus vetvrach hamda molboqar tayinlangan. Hayvonlar bu yerda juda yaxshi moslashib ketgan.
Xo`jalikning iqtisodiyotdagi chorvachilikning ro`li
Asqar o’ta fermer xo`jaligida asosiy salmog`i chorvachilikdir. Chorvachilikka e`tibor ancha katta. Avvalambor xo`jalikda qoramolchilik, ba`zi joylarda qo`ychilik yaxshi rovojlantirilgan. Xo`jalik fermasida asosan 192 bosh qoramol saqlanadi. Shundan 92 bosh sog`in sigir. 40 bosh g`unojin, 4 bosh naslli buqa qolganlari buzoqlar. Har bir bosh sog`in sigirdan bir kunda 18-22 litr sut sog`ib olinadi.
Fermada hamma qoramollar o`z vaqtida vaksinatsiya qilinadi. Shunga qaramasdan aholi qoramollari orasida har xil infeksion kasalliklar uchrab turibdi. Qoramollar uchun ya`ni ferma uchun alohida ajratilgan, bularga qandlavlagi, beda, yem boshqa ozuqabop ekin ekiladi. Sigirlar g`unojinlar o`rtasida qisr qolish yo`ldoshning ushlanib qolishi juda kam uchraydi. 10-8% hayvonlarda oziqlantirish ratsioni ustida tajriba olib borilmoqda Ko`pchilik fermalar dasht, yaylovzorlarda
joylashgan bo`lib, ularda zotdor qoramol qo`ylar boqilyapti. Fermada kam bo`lsa ham sharoit yaratilgan. Qoramol va qo`ylarni yayratish uchun, boqish uchun yaylovlar yetarli. Qoramollardan asosan sut va go`sht, qo`ylardan jun va go`sht mahsulotlari olinadi. Qo`ylarga qirqimlar o`tkaziladi. Shu bilan birga cho`miltirish ishlari vaksinatsiya va degelmentezasiya ishlari o`z vaqtida olib boriladi. Urg`ochi qo`ylardan 95% qo`zi olinadi.
Hayvonlarning tuberkulyoz kasalligining mavsumiyligi iqlim sharoitiga va chorvachilikni yuritishga bog`liq bo`ladi. Farg`onada hayvonlarning eng kam zararlanishi qish fasliga to`g`ri kelsa, bahorda esa kasallik 2-3 marta kamayadi. Yoz mavsumi boshlanishi bilan kasal hayvonlar soni ortib, kuzda yana kamayib boradi.
O`zbekistonda asosan joriy yilda tug`ilgan yosh mollar zararlanadi. Kasallik ular orasida o`tkir oqimda kechib, may-iyunda kop uchraydi. Kasallikning oxirgi formasi 2 yoshgacha bo`lgan mollar orasida butun yil davomida ko`proq noyabr-mart oylarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |