Kirish xo`jalikning umumiy xarakteristikasi


Xo`jalikning invazion kasalliklari bo`yicha oxirgi 3 yillik epizootologik holat



Download 70,85 Kb.
bet3/11
Sana13.04.2022
Hajmi70,85 Kb.
#547988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axmadaliyev Avazbek epizatologiya

3. Xo`jalikning invazion kasalliklari bo`yicha oxirgi 3 yillik epizootologik holat
Farg’ona viloyati Xitoy qishlog‘ida joylashgan "Asqar ota" qoramolchilikka mo`ljallangan fermer xo`jalikning 2019-yil, 2020-yil va 2021-yillarda tuberkulyoz kasalligini oxirgi 3 yillik ko`rinishi.
Ushbu ko`rsatgichlarni biz jadval misolida qisqacha va ma`lumot rejasini keltirganmiz.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

Kasallangan

So`yilgan

Majburiy so`yilgan

Kasallangan

So`yilgan

Majburiy so`yilgan

Kasallangan

So`yilgan

Majburiy so`yilgan

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-



4. Tuberkulyoz kasalligiga ta`rif
Tuberkulyoz (lot., ingl. - Tuberculosis; ozb. - sil) – surunkali kechadigan infeksion kasallik bo`lib, qishloq xo`jalik, yovvoyi, mo`ynali hayvonlar va parrandalarning ichki a`zo va to`qimalarida maxsus tugunlar- tuberkulalar paydo bo`lishi bilan xarakterlanadi, ular tvorogsimon parchalanishga moyil. Sil odamlar orasida ham ko`p tarqalgan kasallik.
5. KASALLIKNING IJTIMOIY IQTISODIY MA‘NAVIY VA MA‘RIFIY ZARARI VA XAVF XATARI
Sil kasalligi qayd etilgan chorvachilik xo`jaliklari katta zarar ko`radi, chunki kasallikka chalingan molar 15 kun ichida go`shtga topshiriladi, bu esa o`z navbatida tuyoq sonining kamayib ketishiga olib keladi, mahsulot olish pasayadi, naslli zot yuritish izdan chiqadi. Kasallik qayd qilingan ferma, aholi punktlarida karantin belgilanadi. Uning tadbirlarini bajarish uchun qo`shimcha mablag` sarflashga to`g`ri keladi. Kasallangan har bir bosh sigir xo`jalikka o`rtacha 500-800 ming so`m atrifida zarar keltiradi. Bundan tashqari, sil kasalligi bilan odamlar ham kasallanadi va kasal hayvon sil tayoqchasi bilan atrof muhitni ifloslantirad. Kasallik butun organizmga tarqalgan og`ir shaklida (generalizatsiya holatida) kechsa, kasal hayvonlar go`shti yo`qotiladi.
6. KASALLIKNING YUQISH TARQALISH YO‘LLARI VA DAVOMIYLIGI
Tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisiga 55 tur uy va yovvoyi hayvonlar hamda 25 parranda turlari moyil. Ushbu kasallik qoramollarda, cho‘chqalar, qorakuzan va parrandalarda ko‘proq, echki, it va g‘ozlarda kamroq, qo‘y, ot va mushuklarda juda kam uchraydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi manba bo‘lib, kasal hayvonlar, ularning suti, fekali, burundan oqqan shilliq moddalari xizmat qiladi. Hayvonlar kasal odamdan ham zararlanishi mumkin. Sil bilan kasallangan cho‘chqa, qo‘y, echki, ot, it va mushuklar ham kasallik qo‘zg‘atuvchi manba rolini o‘taydi. Kasal hayvon organizmida sil tayoqchasi siydik, fekali, sut orqali tashqi muhitga tarqaladi. Kasallikning xavfli tomoni shundaki, uning klinik belgilari namoyon bo‘lmasdanoq surunkali, uzoq muddat kechganligi sababli, yashirin davridayoq tashqi muhitga qo‘zg‘atuvchi ajralib chiqa boshlaydi. Kasal hayvonlar yo‘talganda shilimshiq, suyuqlik bilan tashqi muhitga ko‘p miqdorda mikobakteriyalar ajralib, devor, oxur, panjara va xar xil predmetlarni ifloslantiradi. Qo‘zg‘atuvchini uzatish omillari bo‘lib kasal hayvonlar, ularning suti, fekali, burundan oqqan shilliq moddalari bilan ifloslangan ozuqa, suv, yaylov, to‘shama xizmat qiladi. Mikobakteriya tuberkulozisga odam juda sezgir, cho‘chqa, mushuk, it, qoramol, mo‘ynali hayvonlar moyil, to‘tiqushdan boshqa parranda kasallanmaydi. Bovis turiga esa barcha qishloq xo‘jalik, yovvoyi, mo‘ynali hayvonlar va odam moyil, ammo parranda kasallanmaydi. Mikobakteriya avium turiga parranda, cho‘chqa moyil, ammo hayvonlar va odam juda kam kasallanadi. Hayvonlar mikobakteriya avium bilan zararlangan bo‘lsa, u tuberkulinga ijobiy (+) javob beradi. Shuningdek, atipik mikobakteriyalar ham hayvon organizmiga tushgach, paraallergiya reaksiyasini namoyon qiladi. Qo‘zg‘atuvchi bilan zararlanish asosan alimentar va havo-tomchi yo‘llar orqali amalga oshadi. Tovuqlar alimentar, aerogen, transovarial yo‘llar bilan zararlanadi. Yovvoyi qushlar mikobakteriyalarning uchchala: tuberkulozis, bovis va avium turlarini ham tashuvchi bo‘la oladi. Cho‘chqalarga qoramollardan bovis va parrandalardan avium turi yuqishi mumkin. Sil qo‘zg‘atuvchisi havo va ozuqalar orqali sog‘ mollarga o‘tadi. Fermalarda sanitariya qoidalariga qatiy amal qilingan taqdirda, sil tayoqchasining ozuqalar orqali o‘tishi kamayib, u asosan, havo, suv orqali o‘tadi. Yaylov sharoitida aksincha holat ro‘y beradi, ya’ni havo orqali o‘tish kamayib, ozuqalar bilan o‘tish ko‘payadi. Hayvonlar yo‘talganida organizmdan balg‘am va so‘lak ajralib tashqi muhitga tushadi. Bu o‘z navbatida tashqi muhitdagi ob’ektlar (havo, suv, ozuqa, xo‘rak, har xil idishlar)ning qo‘zg‘atuvchilar bilan ifloslanishiga olib keladi. Qo‘zg‘atuvchi kasal hayvon uviz suti, sut, va yog‘sizlantirilgan sut orqali ham buzoqlarga tarqaladi. Shu sababdan bu mahsulotlar orqali tarqalish faqat buzoqlar uchun emas, balki boshqa tur hayvoilar uchun ham xavflidir. Homila ona qornida ham mikobakteriya bilan zararlanishi mumkin. Biotermik usulda zararsizlantirilmagan go‘ngning dalaga chiqarilishi va o‘sha yerdan o‘rib keltirilgan xashakning mollarga berilishi ham sil tayoqchasining tarqalishida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, kasallik tarqalgan fermalarda ishlatilgan transport vositalari ham sil tayoqchasiniig tarqalishida muhim omillardan biri hisoblanadi. To‘yimsiz ozuqalar, zoogigienik talablarga rioya qilmaslik, oz joyda ko‘p mol turishi, namlik va boshqa omillar umumiy rezistentlikni pasaytiradi va kasalni rivojlanishiga olib keladi. Ushbu kasallik mavsumga bog‘liq emas va sekin tarqaladi. Ammo, tuberkulyoz bog‘lovdagi mollarda ko‘proq bo‘ladi. Bunday sharoitda hayvonlar bir-biriga yaqin turadi. Yangi sog‘lomlashtirilgan fermalarda qaytadan kasallikni paydo bo‘lishiga sabab allergik reaksiya bermagan mollar hisoblanadi. Qoramollarda ba’zan infeksion jarayon latent kechadi. Kasallik latent mikroorganizmizm holida kechganda ichki a’zolarda kasallikka xos o‘zgarishlar kuzatilmasa-da, limfa tugunlarda qo‘zg‘atuvchi bo‘ladi. Infeksiyaning bu shakli xavfli sanaladi. Noqulay tashqi muhit ta’sirida organizmning rezistentligi pasayadi va infeksion jarayon rivojlanib faol tuberkulyoz boshlanadi. Ayniqsa, bu holat fermalarda ozuqa kamaygan bahor paytida kuzatiladi. S. A. Traubaev va V. Ye. Shurevskiylarning ta’kidlashicha, 1 ml balg‘am tarkibida 50 ming mikobakteriya bo‘lib, 66% kasal hayvonlarda mikobakteriya fekal bilan tashqi muhitga ajralib chiqadi. Cho‘chqalarga asosan tuberkulyoz kasalxonalaridan chiqqan zararsizlantirilmagan chiqindilar yoki parrandalardan kontakt orqali yuqishi mumkin. It va mushuklarga odamlardan yoki kasal hayvon suti va qaynatilmagan go‘shti orqali yuqadi.

Download 70,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish