2. Aholining demografik jihatdan oddiy shakllanishi.Aholining bunday demografik jihatdan shakllanishida ota-onalari avlodini almashtirayotgan farzandlar avlodining mutlaq soni babbaravar bo'ladi. Bunday jamiyatda barqaror jins-yosh tarkibi shakllanadi.Shuning uchun uni “muhim tur”, deb ham atashadi. Aholining demografik jihatdan mazkur shakllanishi uchun tug'ilish va o'limning, shuningdek aholi tabiiy o'sishining past ko'rsatkichlari xos bo'ladi. Bunday holatda aholining umumiy soni ko'paymaydi, ayrim noqulay vaziyatlar yuzaga keladigan bo'lsa, jamiyat aholining tor shakllanishi turiga o'tib ketishi ehtimoli katta.
3.Aholining demografik jihatdan kengaytirilgan shakllanishi. Aholining bunday shakllanishida hayotni tark etayotgan avlodning mutlaq soni hayotga kirib kelayotgan avlod sonidan ortiq bo'ladi.Aholining kengaytirilgan shakllanishida har 100 oilada 260 va undan ko'proq bola tug'ilishi kuzatiladi. Natijada aholining jins–yosh tarkibining taraqqiy etuvchi turi shakllanadi, uning mutlaq soni ortib boradi.
Aholini shakillanish turlari
Aholini tor shakillanishi
Aholini kengaytirilgan shakillanish
Aholini oddiy shakillanish
Hayotni tark etayotgan avlodning mutlaq soni hayotga kirib kelayotgan avlod sonidan ortiq.
Hayotni tark etayotgan avlodning mutlaq soni hayotga kirib kelayotgan avlod sonidan kam.
Hayotni tark etayotgan va hayotga kirib kelayotgan avlodlarning mutlaq soni baravar.
2.1-rasm.Aholini shakillanish turlari12
tur uchun tug'ilishning va aholi tabiiy o'sishining yuqori, o'limning nisbatan past ko'rsatkichlari xos bo'ladi.
Aholining demografik jihatdan kengaytirilgan shakllanishining ijtimoiy–iqtisodiy sabablari quyidagilardan iborat:
• iqtisodiy rivojlanish sur'atlarining pastligi, iqtisodiyotda qishloq xo'jaligining katta salmoqqa egaligi;
• urbanizatsiya darajasining nisbatan pastligi (41,0 % gacha, qishloq joylarida tug'ilish yuqoriroq darajada bo'ladi);
• ijtimoiy munosabatlarning o'ziga xosligi, ko'p farzandlikni rag'batlantiradigan diniy aqidalar;
• ayollarning kamsitilishi, nikohlarning erta tuzilishi;
• zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan epidyemiya kasalliklariga qarshi kurashda foydalanish, sanitariya madaniyatining ortishi;
• musulmon mamlakatlarida oila rejalashtirilishining man etilishi va boshqalar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali foydalanish o'lim darajasini pasaytirdi, lekin tug'ilish, asosan, yuqoriligacha saqlanib turibdi.
Aholi demografik jihatdan shakllanishida uning tabiiy, migratsiya (mexanik) va ijtimoiy harakati ham ajratib ko'rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |