Kurs ishining maqsadi:Fizika va astronomiya fanlarining nazorat qilish va baholashning innovatsion usullarini loyihalashtirish, fizika va astronomiya fanlarini o’qitish jarayonida o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan interfaol metodlardan foydalanish haqida tushunchalarga ega bo’lish va fizika darslarini o’qitish xususiyatlari bilan tanishish.
Kurs ishining vazifalari:
- Mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
- Fizika ta’limi nazorat qilish va baholash jarayonida interfaol texnologiyalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart-sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash;
- Fizika ta’limi jarayonida interfaol texnologiyalardan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlash;
Fizika fanlarini o’qitish xususiyatlarini o’rganish, tahlil qilish va ularni muhim jihatlarini o’zlashtirish.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilishim mumkinki, fizika o’qituvchisining o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirish borasidagi turli xil texnologiyalari ham hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekan.
I BOB. TA’LIM BERISHNING NATIJAVIYLIK MEZONI
1.1 Ta’lim berishning natijaviylik mezoni.
Keyingi paytlarda ko’pchilik o’qituvchilar yangi materialni o’rganish darslarida o’quvchilardan so’rash va baholashni asosan dars boshida emas, balki dars davomida va oxirida, o’rganilgan materialni mustahkamlashda amalga oshirmoqda. Bunda o’tilganni takrorlash yangi material uchun zarur bo’lsa, qisqacha, jonli suhbat shaklida olib boriladi va baholash shart emas. Darsning asosiy qismi yangi bilimlarni shakllantirish va mustahkamlashga qaratiladi. O’quvchilarning bilimini, malaka va ko’nikmalarini hisobga olish, nazorat qilish va baholash juda katta ahamiyatga ega. Bunda fizika o’qituvchisidan avvalo o’quvchilar har bir sinfda o’qish natijasida qanday bilim va ko’nikmalarni olishlari kerakligini juda aniq tasavvur qilishi talab etiladi. O’quvchilarning nafaqat bilim va malakalarini, balki umumiy o’sishi hali baholanishi ham hisobga olinishi lozim.
Asosan o’quvchilarning bilimi ikki usulda tekshiriladi, og’zaki va yozma. Og’zaki so’rash quyidagi shaklda o’tkaziladi: yakka va umumiy (yoppasiga) so’rash, sinov. YOzma usul nazorat, referat va hokazo shakllarda amalga oshiriladi. O’quvchilarning malaka va ko’nikmalarini esa eksperimental va grafik masalalarni yechish, nazorat va laboratoriya ishlari yordamida tekshiriladi. Qisqa vaqtli yoki bir soatli nazorat ishlari o’tkaziladi.
Bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirishning yangi usullaridan, ya’ni test so’rovlaridan foydalaniladi.
Yakka so’rashda javobning mustaqilligiga, to’g’riligiga, to’liqlik, mantiqiy va adabiy savodxonligiga alohida e’tibor beriladi; mustaqil va nazorat yozma ishlarini baholashda o’quvchilar yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarning xususiyati hisobga olinadi, shunga asosan qo’pol va uncha qo’pol bo’lmagan xato va kamchiliklarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |