Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash fani “Qurilishda loyihalashtirishning iqtisodiy asoslari, hamda quvvatlarni ishga tushirish rejasi haqida tushuncha”



Download 23,11 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi23,11 Kb.
#678051
Bog'liq
Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash fani loyixaning biznes rej-hozir.org


Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash fani loyixaning biznes rejasini ishlab chiqish va tehnik jihatdan asoslash mavzusida kurs ishi taqdimoti tayorladi: 401-guruh talabasi Abdusalamov Javoxirbek

LOYIHALARNI TEXNIK IQTISODIY ASOSLASH FANI “Qurilishda loyihalashtirishning iqtisodiy asoslari, hamda quvvatlarni ishga tushirish rejasi haqida tushuncha” mavzusida KURS ISHI TAQDIMOTI Tayorladi: 401-guruh talabasi Mirahmedov Mirakbar

MUNDARIJA


KIRISH
I BOB. QURILISHDA LOYIHALASHTIRISH IQTISODIY ASOSLARI.
1.1. Qurilishda loyihalashtirishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.
1.2. Loyihalashtirishning asosiy prinsiplari.
II BOB. QURILISHDA LOYIHALASHTIRISHNI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI.
2.1. Loyihalashtirish bosqichlari.
2.2. Loyihalashtirish hujjatlari tarkibi.
III BOB. LOYIHA YECHIMLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA OSHIRISH USULLARI.
3.1. Loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini baholash.
3.2. Loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari.
IV BOB. QUVVATLARNI ISHGA TUSHIRISH REJASINI HAQIDA TUSHUNCHA.
4.1. Qurilishda rejalashtirishning asosiy vazifalari, tamoyillari va xususiyatlari.
4.2. Qurilish ishlab chiqarishini va qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini rivojlantirishni rejalashtirish.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Har bir qurilish ob’ektini tiklashda avvalom bor, uning qurilishini amalga oshirishning texnik imkoniyatlari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Bu vazifalar, savol va masalalar “loyiha” deb nomlanuvchi maxsus hujjatda o‘z aksini topadi.
Loyiha bu - biror bino, inshootni barpo etish maqsadida yoki muayyan bir buyumni yaratishga doir tayyorlangan hujjatlar (hisob-kitoblar, chizma, maketlar) majmuidir.
Loyihalar katta hajmdagi izlanishlar, grafik va hisoblash materiallariga ega bo‘ladi. Loyihalashtirish jarayonida, ayniqsa yirik va murakkab ob’ektlarni loyihalash bo‘yicha modelli izlanishlar, ko‘p sonli kelishuvlar, ekspertiza olib boriladi va tugallangan texnik hujjatlar tasdiqlanadi.
Loyihalash jarayoni davomiyligi loyihalashdan boshlab qurilish boshlanishiga qadar o‘rta va nisbatan katta ob’ektlar bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha davom etishi mumkin; alohida murakkab va yirik ob’ektlar bo‘yicha loyihalash – ilmiy–tadqiqot ishlarining davomiyligi undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Loyihalanayotgan ob’ektning iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan ekspluatatsiya shart-sharoiti, chiqarilayotgan mahsulot tannarxi hamda loyiha yechimlari qanchalik to‘g‘ri qabul qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: hajmiy - rejaviy yechimlar, konstruktiv yechimlarni takomillashtirish, ilg‘or texnologiya asosida olingan materiallar va konstruksiyalarni qo‘llash va boshqalar.
Loyihalash sohasida mehnat unumdorligini oshirish, loyihani texnik darajasini oshirish, takomillashgan texnologik yechimlarni koʻplab ishlab chiqarishga qo‘llash, loyihaning sifatini va samaradorligini oshirish, ular bilan koʻrilayotgan ob’ektlarni oʻz vaqtida ta’minlash masalalarini hal qilish zarur hisoblanadi.
I BOB. QURILISHDA LOYIHALASHTIRISH IQTISODIY ASOSLARI.
1.1. Qurilishda loyihalashtirishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.
Har bir qurilish ob’ektini tiklashda avvalom bor, uning qurilishini amalga oshirishning texnik imkoniyatlari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Bu vazifalar, savol va masalalar “loyiha” deb nomlanuvchi maxsus hujjatda o‘z aksini topadi.
Loyiha – bu quriladigan injenerlik inshooti yoki quyidagi ko‘rinishda namoyon etiladigan sanoat ishlab chiqarilishi yoki fuqarolar uchun mo‘ljallangan ob’ektlarni shakllantirish bo‘yicha quyida keltirilgan maqsadlar tizimidir:
• qurilajak inshootning arxitekturaviy – rejaviy, konstruktiv va texnologik yyechimlarining grafik materiallari (chizmalari)dir;
• inshoot qurilishi texnik imkoniyatlari, konkret tabiiy muhitda bajariladigan ishlarning ishonchliligi va xavfsizligini asoslovchi hisoblash – tushuntirish matni;
• qurilish tannarxini aniqlaydigan va moliyaviy xarajatlar, moddiy – texnikaviy va mehnat resurslarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab beradigan smeta–iqtisodiy qism.
Qurilish ob’ektining iqtisodiy samaradorligi, uning hayotiylik siklining xarakteri va funksiyallashuvining davomiyligi, chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi, ekspluatatsiya va mehnat qilish sharoitlari ahamiyatli tarzda loyihaviy yechimlarning darajasiga, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, loyihaning qanday darajada tayyorlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
1.2. Loyihalashtirishning asosiy prinsiplari.
Loyihada quyidagilar kuzda tutilishi kerak:
- Qurilishning iqtisodiy samaradorligini oshirish;
- Texnikaviy jihatdan ilg‘or, yuqori samara beradigan, yangi texnikani va texnologiyani keng joriy qilishga moslashgan variantlarni qo‘llash;
- Ishlab chikarilayotgan mahsulotlarni tannarxini pasaytirish; Mehnat unumdorligini oshirish;
- Ilmiy texnikani tarakkiyoti yutuklarini ishlab chiqarishga tadbik qilish.
Loyiha yechimlarida uchrab turadigan kamchiliklar quyidagilar:
-Ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarini xayotga juda sustlik bilan tadbiq qilinmokda;
Iqtisodiy jixatdan oʻzini oqlamagan ob’ektlarni loyihalashtirilmoqda va qurilmoqda;
Loyihalashning uzoq muddatga choʻzilib ketishi, loyihalash jarayonida va qurulish davrida yechimlarning koʻp martalab oʻzgarib turishi;
- Ob’ekt smetasi qiymatini aniqlashda qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Bino va inshootlar arxetikturasi koʻrimsiz boʻlib qolmoqda, koʻpincha bir-biriga o‘xshab qolmoqda.
Loyihalash sohasida quyidagi masalalarni hal qilish zarur hisoblanadi.
1. Mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlash;
2. Loyihani texnik darajasini oshirish;
3. Takomillashgan texnologik yechimlarni koʻplab ishlab chiqarishga qo‘llash;
4. Loyihaning sifatini va samaradorligini oshirish, ular bilan koʻrilayotgan ob’ektlarni oʻz vaqtida ta’minlash;
5. Loyihalashning variantlik boʻlishi (optimal eng yaxshi variantini tanlab olish uchun);
II BOB. QURILISHDA LOYIHALASHTIRISHNI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI.
2.1. Loyihalashtirish bosqichlari.
Har qanday ob’ektni loyihalash odatda bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Loyihalashning birinchi bosqichida g‘oya paydo bo‘lgandan so‘ng investitsiyalash maqsadlari: ob’ektning qanday vazifa bajarishga mo‘ljallanishi, uning quvvati, ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomentklaturasi, joylashish o‘rni aniqlanadi.
Investitsiyalash imkoniyatlari va kutilayotgan texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishni baholash olib boriladi.
Birinchi bosqichda bajarilgan izlanishlar (ilmiy – tadqiqot ishlari) va ishlar asosida buyurtmachi (investor) g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish yoki ularni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Yirik murakkab sanoat ob’ektlari va komplekslari bo‘yicha loyiha -ilmiy izlanish ishlari odatda yettita xarakterli bosqichlarda olib boriladi:
• muammoli izlanishlar yoki mavjud bo‘lgan muammolar yechimini topish bo‘yicha olib boriladigan izlanishlar;
• biznes – reja ishlab chiqish;
• investitsiyalarni texnik - iqtisodiy asoslash;
• qurilish uchun qurilish maydonini tanlash va tasdiqlash;
• loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish va uni loyihalashga taqdim etish;
• injenerlik qidiruv va izlanishlarni olib borish;
• loyihalashtirish.
2.2. Loyihalashtirish hujjatlari tarkibi.
Qurilish investitsiyalari texnik–iqtisodiy asosi (TIA) muhim hujjat hisoblanadi, uning asosida qurilishi ko‘zda tutilayotgan ob’ektni qurish va texnik loyihani ishlab chiqish uchun prinsipial qarorlar qabul qilinadi.
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda marketing, talab va ehtiyojga oid bo‘lgan savollar bo‘yicha narx, inflyasiya, ishbilarmonlik faolligini hisobga olgan holda ancha chuqur izlanishlar olib boriladi, shuningdek, bozor kon’yunkturasini oldindan tahlil va bashorat qilish asosida mahsulotlarni sotish siyosati ancha puxta asoslab beriladi, mahsulotlar savdo-sotig‘ini rag‘batlantirish bo‘yicha chora – tadbirlar ishlab chiqiladi, tashqi bozor uchun ham shu xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi va h.k. Shu bilan bir qatorda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar texnologiyasi ham ancha chuqur asoslab beriladi, bo‘lajak korxonaning resurslar bilan ta’minlanishi yuqori darajadagi puxtalik bilan tahlil qilinadi.
Investitsiyalar TIA tarkibiga qurilish ob’ektining joylashish o‘rnini asoslashga doir ma’lumotlar: transport kommunikatsiyalari, injenerlik tarmoqlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura ob’ektlari, mahsulotlarni sotish bozorining mavjudligi kiradi. Bu bo‘lim hajmiy - rejaviy va konstruktiv savollar bo‘yicha prinsipial yechimlar: qurilishning muddati va ketma-ketligi, qurilishni tashkil etish hamda uning texnologiyasi bo‘yicha umumiy holatlar, energiya gaz ta’minoti yechimlarini o‘z ichiga oladi.
Ob’ektlar smetalari ish turlari va xarajatlar turlari boʻyicha lokal smetalar va smeta msoblariga asoslangan holda tuziladi va ular yig‘ma smeta msoblarini ishlab chikish hamda qurulish tovar mahsulotlari qiymatini ishlab chiqarish uchun asos bulib hizmat kiladi. Buyurtmachi bilan pudratchi urtasidagi hisob kitoblar mazkur smetalarga asoslangan yulda amalga oshiriladi.
Texnik loyiha quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1) umumiy tushuntirish matni;
2) bosh reja va transport;
3) texnologik yechimlar;
4) ishlab chiqarish va korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatcxilar uchun sharoitlar yaratish va ular mehnatini muhofaza qilishni tashkil etish;
5) arxitekturaviy – qurilish yechimlari;
6) injenerlik jihozlari, tarmoqlar va tizimlar;
7) qurilishni tashkil etish;
8) atrof – muhitni muhofaza qilish;
9) fuqarolarni himoyalash bo‘yicha injener – texnik tadbirlar;
10) smeta hujjatlari;
11) investitsiyalarning samaradorligi.
III BOB. LOYIHA YECHIMLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA OSHIRISH USULLARI.
3.1. Loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini baholash.
Loyiha yechimlari smaradorligini aniqlashda qo‘lllaniladigan koʻrsatkichlar tizimi qurulish va ekspluatatsiya jarayonida ishlatiladigan koʻrsatkichlarga bulinadi:
Qurulish koʻrsatkichlariga ta’aluqli:
1. Qurilishning smeta qiymati (soʻm)
2. Keltirilgan xarajatlar (yil/soʻm)
3. Kapital qoʻyilmalarning oʻzini-oʻzi qoplash muddati (yil)
4. Yillik bajarilgan ishlarni hajmi (soʻmda)
5. Qurulish montaj ishlarini yuqori mehnat sigʻimliligi.
6. Qurulishning davomiyligi (muddati choʻzilishi).
7. Asosiy qurulish materiallarining sarfi
8. Yigʻmalik koeffitsienti (%)
9. Qurulish montaj ishlaridagi ishcxilarning asosiy ish haqi (soʻm)
10. Qurulishda mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari (soʻm)
11. Materiallarni qurulish maydonchasiga tashish xarajatlari (soʻm)
12. Muhandislik kommunikatsiyalarning uzunligi
Ekspluataiiyaga ta’aluqli koʻrsatkichlar:
1. Mahsulot birligining tannari (soʻm)
2. Inshoatlarni saqlashga bog‘lik boʻlgan yillik ekspluatatsiya xarajatlari
3. 1 ta ishchi hisobiga bajarilgan ish (soʻm)
4. Inshoatlarni xizmat muddatlari (yil)
5. Joriy ta’mirlash qiymati (soʻm)
6. Kapital ta’mirlash qiymati (soʻm)
7. Inshoatlarni toʻliq tiklashga sarf qilinadigan xarajatlar (soʻm)
Loyiha yechimlarining samaradorligini aniqlashda mazkur davrga moʻljallangan texnikaviy iqtisodiy koʻrsatgichlarnigina emas, balki ularni oʻzgarib, rivojlanib borishini ham hisobga olish zarur, texnikaviy - iqtisodiy koʻrsatkichlarning taqqoslanishiga rioya qilish kerak. Buning uchun quyidagi sharoitlar mavjud boʻlishi kerak:
Qurulishda bir xil shart - sharoitlar mavjud boʻlishi (iqlimi, yerlarning tekisligi, tuproqning holati va boshqalar).
Taqqoslanadigan ob’ektlarning foydalanishdagi yoʻnalishning bir xilligi, kapital sigʻimi, hajm sigʻimi, quvvati, ishlash va faoliyat koʻrsatish sharoiti va boshqalar.
Loyihalash darajasining bir xilda borishi va loyiha sifatining darajasi.
Smeta qiymati koʻrsatkichini hisoblash uchun bir xildagi boshlangʻich bazasining mavjudligi.
Bir xildagi normativ hujjatlardan foydalanishlik.
Texnikaviy - iqtisodiy koʻrsatkichlarni aniqlashda bir xil uslubdan foydalanish.
3.2. Loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari.
Loyihalanayotgan ob’ektning iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan ekspluatatsiya shart-sharoiti, chiqarilayotgan mahsulot tannarxi hamda loyiha yechimlari qanchalik to‘g‘ri qabul qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: hajmiy - rejaviy yechimlar, konstruktiv yechimlarni takomillashtirish, ilg‘or texnologiya asosida olingan materiallar va konstruksiyalarni qo‘llash va boshqalar.
Hajmiy - rejaviy yechimlarni takomillashtirish. Hududda qurilish ob’ektlari zichligi (tig‘isligi)ning oshishi loyihaviy yechim iqtisodiy samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurilishning past koeffitsientida injenerlik kommunikatsiyalarni tortib kelish masofasi, yo‘llarning uzunligi o‘sib boradi, ko‘kalamzorlashtirishga, zavod ichidagi transport va injenerlik kommunikatsiyalari tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga sarflanadigan mablag‘lar oshadi.
Ob’ektlarni hudud bo‘yicha kompaktli joylashtirishga binolar orasidagi masofalarni qisqartish orqali erisxiladi. Sanoat korxonalari binolarining hududga o‘zaro birgalikda joylashtirilishi zavod ichida qo‘llanadigan transport turiga bog‘liq bo‘ladi, ayniqsa temir yo‘l transportidan foydalanilganda binolar orasidagi masofa katta bo‘ladi. Bundan temir yo‘l transportidan faqat yoqilg‘i, xom – ashyo, qurilish materiallarini tashish (kiritish) va tayyor mahsulotni olib ketish uchun foydalanish zaruriyati kelib chiqadi.
Binolarni yiriklashtirish va bloklashtirish solishtirma kapital mablag‘larni keskin (sezilarli darajada) qisqartirish va hududda qurilish ob’ektlari zichligini (tig‘is joylashuvini) oshirish imkonini beradi. Binolarni yiriklashtirish jarayoni qurilishning hamma turlari uchun xarakterlidir. Yirik shaharlarda quriladigan turar – joy binolari ko‘p qavatli bo‘lib, katta uzunlikka (200 – 500 kvartiraga) ega bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida 100-180 ming chorva mollariga mo‘ljallangan majmualar, yirik parrandacxilik fabrikalari va sut beruvchi qoramol fermalari quriladi.
Loyihalarning iqtisodiy jihatdan samara keltirishini va sifatini yaxshilashga tipli loyihalarni keng qo‘llash, unifikatsiyalangan konstruksiyalar va gabaritli sxemalardan foydalanish evaziga erishish mumkin. Qurilish – montaj ishlarining 80 % dan ortiqrog‘i ob’ektlarda tipli proektlar bo‘yicha bajariladi. Ayniqsa tipli loyihalar turar – joy binolarini tiklashda va qishloq qurilishida keng qo‘llaniladi (95% ortiqrog‘i). Tipli loyihalar qo‘llanishi loyihada ko‘rsatilgan materiallar hajmini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida loyihalarni ishlab chiqish muddatini qisqartirish uchun shart – sharoit yaratadi, loyihalash va ilmiy – tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag‘larni 30–40% pasaytiradi.
Axamiyatli tarzdagi iqtisodiy samaraga qurilish jarayonida erisxiladi. Tipli loyihalar bo‘yicha quriladigan ob’ektlarning smeta narxi individual loyihalar bo‘yicha quriladigan ob’ektlarnikiga nisbatan 10-15%ga arzon bo‘ladi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, tipli loyihalar ularni loyihalash institutlarida ishlab chiqish jarayonida quruvcxilar va loyiholovcxilar tomonidan keng muhokama qilinadi, ularda qurilish ishlab chiqarishida ratsional texnologiyani ta’minlaydigan tipli va standart detallar hamda konstruksiyalar qo‘llaniladi.
IV BOB. QUVVATLARNI ISHGA TUSHIRISH REJASINI HAQIDA TUSHUNCHA.
4.1. Qurilishda rejalashtirishning asosiy vazifalari, tamoyillari va xususiyatlari.
Rejalashtirish - bu maqsadlarni shakllantirish, ustivor yo‘nalishlarni hamda ularga erishish vositalari va usullarini aniqlash jarayonidir. U muayyan rejalarda ro‘yobga chiqariladi. Shuning uchun rejalashtirish natijasi, u yoki bu hatti-harakatlarning motivatsiyalangan modeli deb hisoblash qabul qilingan.
Rejalar direktiv va indikativ bo‘ladi. Direktiv rejalarda tasdiqlangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi majburiy bo‘ladi. Indikativ reja esa axborot, yo‘nalish xarakteriga ega bo‘ladi.
Qurilishni rejalashtirish butun xalq xo‘jaligining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash rejimining tarkibiy qismidir. Kapital qurilishni rejalashtirish asosida fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, amaldagi korxonalarni texnik qayta jihozlash, qayta ta’mirlash va kengaytirish, uy-joy qurilishini rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy vazifalar hal qilinadi. Odatda u amaldagi qonuniy hujjatlar va iqtisodiy boshqaruvning me’yoriy qoidalari asosida, shuningdek, xo‘jalik yuritishning u yoki bu bosqichida qabul qilinadigan hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi sharoitlarda qurilishni rejalashtirishning asosiy vazifalariquyidagilardan iborat:
• tarmoq va butun xalq xo‘jaligi rivojlanishining mutanosibligini, yuqori va barqaror sur’atlarini va shu asosda xalq turmush farovonligining uzluksiz o‘sib borishini ta’minlash;
• ijtimoiy ishlab chiqarishning ustivor yo‘nalishlarini, rivojlanish tendensiyalarini belgilash, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona rivojlantirish va joylashtirish;
• amaldagi ishlab chiqarish va yangi qurilishning bir butunligiga erishish, foydalanilayotgan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish zahiralarini maksimal safarbar etish;
• qurilishning sur’atlari va ko‘lamini investitsiya imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda tezlashtirish, tugallanmagan qurilish hajmlarining ortiqcha o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• bir paytda quriladigan ob’ektlar sonini, ayniqsa ahamiyati va zarurati yuqori bo‘lmagan ob’ektlar sonini kamaytirish uchun vosita va harakatlarni safarbar qilish;
• kapital qo‘yilmalarning samaradorligini, mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlash, ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan harajat va zararlarni tugatish;
• qurilish ishlab chiqarishini boshqarishning barcha pog‘onalarida kapital qurilish rejasidagi barcha bo‘lim va ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash.
4.2. Qurilish ishlab chiqarishini va qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini rivojlantirishni rejalashtirish.
Qurilish ishlab chiqarishi va qurilish-montaj tashkilotlari quvvatini rivojlantirish rejasi - umummilliy kapital qurilish rejasining muhim qismidir. Ushbu rejani shakllantirish va amalga oshirish nuqtai nazaridan uni shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin. Birinchisi qurilish ishlab chiqarishi rejasi. Unga tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining jami hajmi kiradi. Ikkinchidan, qurilish-montaj tashkilotlari quvvatini rivojlantirish, bu bozor munosabatlari sharoitida qurilish-montaj tashkilotlarining asosiy vazifasi bo‘lib, unda mavjud imkoniyatlarga asoslanish lozim.
Bu reja uch bo‘limdan tashkil topgan:
1) ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini ishga tushirish;
2) pudrat asosidagi qurilish-montaj ishlari hajmi;
3) qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini rivojlantirish.
Agar ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini ishga tushirish asosan natural o‘lchov birliklarida amalga oshirish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, u holda qurilish-montaj ishlari hajmi pullik ifodada rejalashtiriladi. Bularning har ikkovi ham pudratchi qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini rivojlantirish rejalariga bevosita ta’sir qiladi. Qurilish ishlab chiqarishining rejasi tegishli ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta’minlangan bo‘lsa, uni asosli va real deb hisoblash mumkin. Bu qoidadan salgina chetlashish ham rejalashtirilayotgan qurilish dasturlarining barbod bo‘lishidan yoki ularning real emasligidan dalolat beradi.
XULOSA
Rejalashtirish - bu maqsadlarni shakllantirish, ustivor yo‘nalishlarni hamda ularga erishish vositalari va usullarini aniqlash jarayonidir. Qurilishni rejalashtirish butun xalq xo‘jaligining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash rejimining tarkibiy qismidir. Kapital qurilishni rejalashtirish asosida fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, amaldagi korxonalarni texnik qayta jihozlash, qayta ta’mirlash va kengaytirish, uy-joy qurilishini rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy vazifalar hal qilinadi. Odatda u amaldagi qonuniy hujjatlar va iqtisodiy boshqaruvning me’yoriy qoidalari asosida, shuningdek, xo‘jalik yuritishning u yoki bu bosqichida qabul qilinadigan hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Bu va boshqa vazifalarni odatda bir zumda hal qilib bo‘lmaydi yoki ular o‘z-o‘zidan bajarilib qolmaydi. Bunday vazifalar rejalashtirishda xatolar, kamchiliklar, volyuntarizm va boshqa salbiy holatlar yo‘l qo‘yilgan hollarda ham bajarilmay qoladi. Shuning uchun, qurilishni rejalashtirish va rivojlantirish vazifalarini belgilashda rejalarni ishlab chiqishning ilmiy asoslangan usullaridankelib chiqish muhimdir.
Rejalashtirishda, qurilish sohasida qabul qilinadigan qarorlarning realligi, hayotiyligiga erishish juda muhimdir. Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, bunga erishish uchun rejalashtirish ilmiy asoslangan va xo‘jalik amaliyotida sinalgan ma’lum bir tamoyillarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirishning asosiy vazifalari kapital qurilish rejasida ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarni ishga tushirish topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini hamda qurilishning ishlab chiqarish-texnik bazasini o‘z vaqtida va kerakli miqdorda rivojlantirish, shuningdek, qurilish ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. “Suv xoʻjaligi qurilishi iqtisodiyoti” fanidan maruzalar matni. A.Sultonov, M.Mirzayeva, U.Xoshimov. Toshkent 2006 yil.
2. “Qurilish iqtisodiyoti” Oʻquv qoʻllanma. Sh. Isamuhammedova, I.Davletov, M.Saidov, D.Berdiyeva. Toshkent 2011 yil.
3. “Loyiha boshqaruvi” Oʻquv qoʻllanma. O.Sh.Mamanazarov. TAQI – 2019 yil.
4. “Suv xoʻjaligi qurilishi iqtisodiyoti” Oʻquv qoʻllanma. U.Q.Axmedov. TIQXMMI – 2020 yil.
http://hozir.org
Download 23,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish