Kirish i-bob. Adabiyotlar sharxi



Download 0,72 Mb.
bet11/23
Sana31.05.2022
Hajmi0,72 Mb.
#623103
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Дисс. ор - для слияния

2.3. Gidrologiyasi
Farg’ona vodiysi ichki suvlariga daryolar, ko’llar, yer osti suvlari, kanal va suv omborlardagi suvlar kiradi. Ichki suvlar iqlim va rel’efga bog’liq holda vujudga keladi. Rel’ef iqlim bilan ichki suvlarga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, tog’ yonbag’irlari tik bo’lganligi tufayli yoqqan qor va yomg’irlar, erigan muz va qorlar pastga tezda oqib tushib, soy va daryolarni hosil qiladi. Tog’larda balandlik ortib borar ekan iqlim sovuqlashadi, yog’in miqdori ortadi, qor va muzliklar vujudga keladi, ular esa o’z navbatida erib daryo va soylarni suv bilan ta’minlab turadi.
Farg’ona vodiysida ko’plab soy va daryolar, ko’llar mavjud. Yer osti suvlari ham katta zahiraga ega. I.A.Il’inning (1959) ma’lumotiga ko’ra, Farg’ona botig’ini o’rab turgan tog’ yonbag’irlaridan oqib tushadigan katta va kichik daryo hamda soylarning umumiy soni 6500 da ziyodroqni tashkil etadi21. V.L.SHulьtsning (1958) tasnifi bo’yicha O’rta Osiyo daryolari to’yinish xarakteriga ko’ra quyidagi to’rt tipga bo’linadi:
1. Muzlik va qor suvlaridan;
2. Qor-muzlik suvlaridan;
3. Qor suvlaridan;
4. Qor-yomg’ir suvlaridan to’yinadigan daryolar.
Farg’ona vodiysida shakllanadigan daryolar tog’ tizmalarining balandligi, uzunligi, qiyaliga bog’liq holda notekis taqsimlangan. Eng ko’p daryolar Oloy tizmasi (43 foiz), Farg’ona tizmasiga (26 foiz) to’g’ri keladi. shuningdek, Turkiston tizmasi (12 foiz), CHotqol tizmasi (11 foiz) va Qurama tizmasi (8 foiz)larining ham nisbatan ulushi yuqori.
Mutaxassislarning fikricha, Farg’ona vodiysida tabiiy geografik jihatdan yillik yog’in miqdori 500 mm dan ortiq bo’lgan hududlarda doimiy oqimga ega bo’lgan daryolar paydo bo’ladi. Ushbu ko’rsatkichdan kam (305-400 mm gacha) bo’lsa, doimiy oqimga ega bo’lgan daryolar hosil bo’lmaydi. Vodiy daryolarining 42 foizi doimiy oqimga ega va ular daryolar umumiy uzunligining 26 foizini tashkil etadi.
Farg’ona vodiysi daryolarini geografik o’rni, gidrografik xususiyatlariga ko’ra uch guruhga ajratish mumkin:
1. Farg’ona va Oto’ynoq tizmalarining janubi-g’arbiy yonbag’irlaridan boshlanuvchi daryolar. Ularga Qorag’ulja, Yassi, Kgart, Qora-Ungur, Moylisoy va ularning irmoqlarini kiritish mumkin. Bu daryolar mavsumiy qorlarning erishidan to’yinadi, shuning uchun ularning to’lin suv davri may-iyulь oylariga to’g’ri keladi.
2. Oloy va Turkiston tizmalarining shimoliy yonbag’irlaridan suv yig’uvchi daryolar. Ularga Oqsuv, Xo’jabaqirg’on, Isfara, So’x, SHohimardon, Isfayramsoy, Aravonsoy, Oqbo’yra, Qurshob kabi daryolar kiradi. Bu daryolar to’yinish manbai – doimiy qor va muzliklardir.
3. Chotqol va Qurama tizmalarining janubi-sharqiy qismidan oqib tushuvchi daryolar. Ularga Chodaksoy, G’ovasoy, Kosonsoy, Podshootasoy kabi daryolar kiradi. Ular odatda, muz va qorlarning erishidan to’yinadi.
Yuqorida tilga olingan barcha daryolar Sirdaryo havzasiga qaraydi. Lekin, ko’pchiligi bugungi kunda turli omillar, birinchi navbatda antropogen omillar ta’sirida Sirdaryo quyilmaydi.
Sirdaryo Baliqchi shaharchasi yaqinida joylashgan Chumchuqyor qishlog’i yonida Norin va Qoradaryolarning o’zaro qo’shilishidan hosil bo’ladi. Sirdaryo – O’rta Osiyoning eng uzun daryosi (uzunligi 3019 km). U Markaziy Tyanьshanda joylashgan Oqshiroq tog’idagi Petrov muzligidan boshlanadi. Havzasining maydoni 219 ming km.kv. Sirdaryo Farg’ona vodiysida 300 km masofada o’qib o’tadi. Sirdayo suvlarining 78 foizi Norin, 22 foizi Qoradayoga to’g’ri keladi. Sirdaryo qor va muzliklardan to’yinadi. SHuning uchun uning suvlari apreldan boshlab ko’paya boshlaydi, mayning oxiri va iyulь oyining ikkinchi dekadasigacha to’lib-toshib oqadi. Qish oylarida suv kamayadi. Sirdaryo Farg’ona vodiysida sekin oqadi. Lekin, qirg’oqlarini yuvib, tik jarliklar hosil qilgan. Ayniqsa, bunday rel’ef shakllarini qadimiy Axsikent misolida daryoning o’ng qirg’oqlarida ko’p kuzatish mumkin.
Norin – Sirdaryoning eng uzun va sersuv irmog’i. U Markaziy Tyanьshanda Katta Norin nomi bilan boshlanadi, keyinchalik unga Kichik Norin qo’shilgach Norin nomini oladi. Uzunligi 534 km, havzasi 58370 km.kv.ga teng. Norin muzlik va qorlarning erishidan to’yinadi. Tyanьshan tog’laridan tor o’zandan oqib tushib, Uchqo’rg’on shahridan o’tgandan keyin keng o’zan bo’ylab oqa boshlaydi. Daryoning Uchqo’rg’on gidrologik postidagi yillik suv sarfi 427123 m3/sek.ni tashkil etadi. Qirg’iziston hududida joylashgan To’xtagul suv ombori va GESining qurilishi Norin daryosining gidrologik rejimi o’zgarishiga olib keldi. Natijada suv omboridagi suv miqdori 2,7 km3 dan 8 km3 gacha yetkazildi, vegetatsiya davrida suv sarfi 9 km3 dan 6 km3 ga kamaydi. Bu esa o’simliklar uchun rosa suv zarur bo’lgan vaqtda suvning kamayib ketishiga olib keldi. Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda muammolar ko’paya boshladi. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 1990-yillarga nisbatan suv defitsiti 13 foizni tashkil etgan.
Qoradaryo – Sirdaryoning chap irmog’i. Bu nom Qoradaryo havzasida yashagan qadimgi turkiy xalqlarning “katta daryo”, “ulug’ daryo” degan so’zlaridan kelib chiqqan (qadimgi turkiy xalqlarda “qora” so’zi – “buyuk”, “katta”, yoki “ulug’” degan ma’noni anglatgan). Qoradaryo Farg’ona va Oloy tizmalaridan oqib tushuvchi Tor, Qorag’ulja daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uning suv sarfi Baliqchi gidrologik postida 123 m3/sek.ga teng. U qor va muzliklardan to’yinadi. Daryoning suv rejimi Kampirravot suv ombori qurilganidan keyin sezilarli darajada o’zgardi.
Farg’ona vodiysining aksariyat daryo va soylari qo’shni Qirg’iziston va Tojikiston hududida joylashgan tog’lardan suv yig’adi va vodiy markaziga tomon, ya’ni O’zbekiston qismiga oqib tushadi. Chodaksoy, Rezaksoy, Savoqsoy, Olmossoy kabi daryolargina Qurama tog’larining O’zbekistonga tegishli janubi-sharqiy qismida hosil bo’ladi.
Farg’ona vodiysida 60 ta katta va kichik ko’llar mavjud, ularning umumiy maydoni 82 km.kv. ga teng. Ularning teng yarmi 2500 m dan yuqorida joylashgan. Katta maydonga ega bo’lganlari Sirdaryo vodiysida joylashgan Axsikent ko’lidir. SHohimardonda joylashgan Kubbon ko’li ancha mashhur bo’lib, u hosil bo’lishiga ko’ra to’g’on ko’llar toifasiga kiradi.
Farg’ona vodiysi juda katta yer osti suvlariga ega. Ular antropogen, neogen va paleogen davri qatlamlari orasida qatlam-qatlam bo’lib, 100-150 m dan, hattoki, 500-600 m chuqurliklarda joylashgan. Yer osti suvlari sifati yaxshi, 400 dan ortiq artezian quduqlar qazilgan. Polvontosh, Janubiy Olamushuk, CHortoq, Mingbuloq, CHimyon, Qiziltepa kabi ma’danli, shifobaxsh issiq suvli buloqlari mashhur.
Vodiyda irrigatsiya maqsadlarida ko’plab kanallar barpo etilgan. Ulardan eng yiriklari Katta Farg’ona, Katta Andijon, Shimoliy Farg’ona, Janubiy Farg’ona, Katta Namangan, SHahrixonsoy kanallari hisoblanadi.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish