III-Bob. Sirdaryo haqida ma’lumot
Sirdaryo — O’rta Osiyodagi eng uzun va Amudaryo’tn keyingi eng sersuv dare. Sirdaryo turli nomlar bilan atalgan. Kadim yunon tarixchilarining asarlarida Yaxartes (Yaksart), ba’zan, Tanais, zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda Danu, xitoy transkriptsiyasida Yaosha, 10-a. da yozilgan geografik asar — «Xudud ulolam»da Xashart, runiy (turkiy) yozuvlarida Yenchuo’giz, Firdavsiyning «Shohnoma»sida va Hamdulloh Qazviniyning «Nuzhat ul Qulub» asarida Gulzarriyun, arablar kelgandan keyingi ko’pgina solnomalarda Sayxun, arab geograflaridan Ibn Xurdodbeh asarlarida (9—10-a. lar) Xashart va Qanqar, Beruniy asarlarida Xasart shakllarida tilga olingan. Ayni vaqtda u qaysi yerdan oqib o’tishiga qarab Obi Farg’ona (yoki Farg’ona daryosi), O’zgan daryosi, Obi Xo’jand (Xo’jand suvi), Nahr oshSHosh (SHosh daryosi), Banokat daryosi deb ham atalgan.
«Sirdaryo» atamasi dastlab Rim tarixchisi Pliniy asarida (mil. 1-a.) «Silis» shaklida uchraydi. «Silis» yoki «Sir» so’zi bu daryo atrofida yashagan qabila nomidan olingan bo’lsa kerak.
Farg’ona vodiysining sharqiy chekkasida, Baliqchi qishlog’i yonida Norin daryosi bilan Qoradaryo qo’shilgan joydan Sirdaryo deb ataladi. O’zbekistonning Andijon, Namangan, Farg’ona, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Tojikistonning Sug’d viloyati va Qozog’istonning Jan. Qozog’iston va Kizilo’rda viloyatlari bo’ylab avval g’arb, jan. G’arb tomon, so’ngra esa shim., shim. g’arbga oqib borib, Orol dengiziga quyiladi.
O’zbekiston hududida 2272 km, Norin daryosining boshlanish joyidan —3018 km. Daryo havzasining maydoni taxm. 462000 km2, uning asosiy suv hosil bo’ladigan qismi esa 219000 km2.
Sirdaryo havzasining tog’li qismida Oqshiyraq, Bo’rqo’ldo’y, Otboshi, Olay, Turkiston va Nurota tizmalari bo’ylab, shim. da esa Terskay Olatovi bo’ylab oqadi. Tizmalarning cho’qqilari ko’pincha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu tizmalarda 1600 dan ortiq muzlik bo’lib, ularning umumiy mayd. 2200 km2dan ziyodroq. Yoz oylarida erib ulgurmagan qorlik ham ko’p.
Farg’ona vodiysida Sirdaryoning o’zani nisbatan chuqur, qayiri ham ancha pastda joylashgan. Farg’ona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod shahridan 4 km yuqorirokda) Sirdaryo Farhod GES uchun qurilgan to’g’on bilan to’silgan. Yilning ko’p qismida daryo suvi ana shu GESga suv beradigan Farhod kanali orqali oqadi. Bekobod sh. dan quyirokda kanaddagi suvning bir qismi yana qaytadan daryoga quyiladi. Boshqa bir qismi esa «Do’stlik» kanali orqali Mirzacho’l yerlarini sug’orishga sarf bo’ladi. Farhod GES to’g’onidan yuqorida daryo o’zanida kattagina Farhod suv ombori barpo etilgan.
1956 y. Xo’jand shahridan 12 km yuqorida, Sirdaryo o’zanida Qayroqqum suv ombori va «Xalqlar do’stligi» GES qurildi. Farg’ona vodiysi qismida Sirdaryoga juda ko’p irmoqkelib quyiladi. Ulardan eng yiriklari o’ng tomondan — Chatqol va Qurama tog’ tizmalaridan oqib keladigan Pochchaotasoy, Kosonsoy, G’ovasoy, Chodaksoy, chap tomondan — Olay va Turkiston tog’ tizmalaridan suv oladigan Isfayramsoy, SHohimardonsoy, So’x, Isfara, Xo’jabaqirg’on va Oqsuv. Bu irmoqlar baland tog’lardan oqib tushadigan kichik, lekin. juda nishab oqadigan tog’ daryolaridir. Ularning uz. 80—160 km, suv to’plash mayd. 400—2500 km2, o’rtacha yillik suv sarfi esa 10—15 m3/sek., So’x daryosiniki esa 40 m3/sek. dan bir oz ortiq. Suvi kam bo’lishiga qaramay bu daryolar Farg’ona vodiysidagi yerlarni sug’orishda muhim ahamiyatga ega. Farg’ona vodiysidan chiqqandan so’ng Sirdaryoga chap tomondan hech qanday irmoq qo’shilmaydi, o’ng tomondan esa unga Ohangaron, CHirchiq, Keles va Aris daryolari kelib quyiladi. Sirdaryoning bu irmoqlari ham, ayniqsa, Chirchiq bilan Aris daryolari tog’dan oqib keladi. Tog’lardan chiqaverish yerida Chirchiqdaryosining o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 227 m3/sek., Aris daryosiniki 65 mo’sek. Ohangaron daryosiniki 23 m3/ sek. Tog’lardan tekisliklarga chiqishi bilan daryolarning suvlari kanal va ariqlar orqali sug’orishga olinadi. Ularning faqat sug’orishdan orttan suvlarigina Sirdaryoga kelib quyiladi. O’rta hisobda Sirdaryo suvining 78% Norin suvidan, qolgan 22% Qoradaryo suvidan tashkil topadi.
Tog’larning pastki qismidagi mavsumiy qorlar eriydigan apr. oyidan suv keskin ko’paya boshlaydi, bu ko’payish iyunь oyining oxirlariga qadar davom etadi. Iyunь oyida eng ko’p mikdorda (yillik suv miqdorining 17%idan ziyodroq qismi) oqib o’tadi, iyuldan boshlab, yanvar, fevral oylarigacha daryoning suvi kamaya boradi. Kam suv oqish davri oktabr oyidan may oyi oxirlariga qadar davom etadi, bu davrda o’rtacha oylik suv miqdori 5—6% ni tashkil etadi. Eng ko’p suv sarfi may—iyun oylariga, eng kam suv sarfi esa yanvar — fevral oylariga to’g’ri keladi.
Ko’p yillik (1910—75) kuzatishlarga qaraganda, Farg’ona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod shahri yaqinida) Sirdaryoning o’rtacha yillik suv sarfi 278 — 1080 m3/sek. orasida o’zgarib turadi, o’rta hisobda esa u 568 m3/sek. ga (yoki yiliga kariyb 18 mlrd. m3ga) teng. Ohangaron va ayniqsa, Chirchiq irmoqlarining sug’orishdan ortgan suvlari qo’shilgandan so’ng, Sirdaryoning suvi anchaga ko’payadi. Ko’kbuloq kuzatish stansiyayasi yonida (Chirchiq daryosi qo’shilgan joydan 27 km quyida) daryoning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 724 m3/sek. yoki yiliga 23 mlrd. m3ni tashkil etadi. Ko’kbuloqtsan o’tgach, Sirdaryo keng o’zanda yoyilib, osoyishta oqadi, shuning uchun suvi ko’proq bug’lanishga va qisman sug’orishga sarflanadi. Natijada daryo suvi etagiga tomon kamaya boradi. Qizilo’rda shahriga borganda daryoning o’rtacha suv sarfi 673 m3/ sek. ga, G’azali shahriga yetganda 492 m3/sek. ga va nihoyat, Orol dengiziga borganda 420 m3/sek. ga tushib qoladi.
Sirdaryoning eng ko’p suv sarfi Bekobod shahri yaqinida ko’pincha 1500-2000 m3/ sek. o’rtasida bo’ladi, eng ko’p suv sarfi 3340 m3/sek. ga yetgan yillar ham bo’lgan (1934 y. 17 iyunda). Eng kam suv sarfi 150 m3/sek., hatto undan ham kamroq bo’lishi mumkin. Farg’ona vodiysidan chiqish yeridan Chirchiq daryosi kelib quyilgan joyga qadar Sirdaryo kengligi 15 km gacha bo’lgan keng vodiyda oqadi.
Daryoning qirg’oqlari yotiq, qayiri keng. Shu sababdan kam suvli yillarda daryo eni 0,3—0,5 km bo’ladi, sersuv yillarda esa ayrim joylarda 5—7 km, hatto 11 km ga qadar toshib chiqadi.
Daryo o’zani egribugri va ko’p joylarda orollar hosil qilib, tarmoqlarga ajralib ketgan. Yumshoq jinslardan tuzilganligi sababli daryo qirg’oqlari ko’pincha o’pirilib tushib, jarlik tusini olgan. 1964 y. da Sirdaryoning bu qismida (Chordara qishlog’i yonida) katta to’g’on qurilib, Chordara suv ombori barpo etilgan. Suv ombori yonida quvvati 100 ming kVt ga teng bo’lgan GES ham qurilgan. To’menariq qishlog’idan quyida daryoning irmoklari pasaya borib, delta qismiga kelganda (G’azali shahridan o’tgandan so’ng) deyarli suv sathi bilan tenglashib qoladi. Qizilo’rda shahridan bir oz yuqoriroqda Sirdaryoda suv ko’targich to’g’on qurilgan. Bu to’g’on daryoning o’ng va chap sohillaridagi sug’orish kanallariga suv chiqarib beradi. To’menariq bilan Jusali stantsiyalari oralig’ida Sirdaryodan bir qancha tarmoqlar ajralib chiqadi. Ulardan eng ko’hnasi Qizilqum cho’llari oralab ketgan Janadaryo bilan Quvondaryo tarmoqlaridir. Bir zamonlar suvga to’lib toshgan bu tarmoqlar allaqachon qurib bitgan. Faqat keyingi yillarda ularning ayrim qismlari tozalanib, sug’orish kanallariga aylantirildi. Ko’ksuv, Chiyli, Savramboy, Chirkeyli va Qorao’zak tarmoqlari hoz. mavjud tarmoqlardir. Bulardan eng yirigi — Qorao’zak tarmog’i Sirdaryodan Qorao’zak stantsiyasi yonida ajralib chiqadi va 131 km oqib borgach, Jusali stantsiyasi yonida yana Sirdaryoga qo’shiladi. Hoz. vaqtda Qorao’zak daryoning bosh o’zaniga aylangan, daryo suvining ko’p qismi shu tarmoq orqali oqadi. Qorao’zakdan boshqa tarmoklari ham muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. Sirdaryoning quyi oqimidagi 70 ming ga dan ortiqroq yerni sug’oradigan 400 ga yaqin ariqkanallar ana shu tarmoklardan suv oladi.
Sirdaryo ancha loyqa daryodir. Bekobod shahri yaqinida uning xar 1 m3 suvida o’rta hisobda 2,17 kg loyqa oqiziq bo’ladi (oqiziqlarning yillik miqdori qariyb 37 mln. t). Bu oqiziqlarning 72,3% mart — iyun oylarida, 20,3% iyul — sentabr va qolgan 7,4% oktabr — fevral oylarida oqib o’tadi.
Farg’ona vodiysida Sirdaryo deyarli muzlamaydi. Daryoning bu qismida muzlash hodisalari, asosan, shovush oqimidan iborat bo’lib, bu hodisa o’rta hisob bilan 10—15 kun davom etadi. Farg’ona vodiysidan chiqib, shimolga tomon borgan sari Sirdaryoning oqish tezligi susayib, suvning yoppasiga muzlashi kamdankam sodir bo’lsa, etak qismida (G’azali shahri yonida) daryo 80—140 kun davomida qalin muz bilan qoplanib yotadi.
Sirdaryo va uning ko’pchilik irmog’ida qurilib ishga tushirilgan gidrotexnik inshootlar, ayniqsa, yirik to’g’onlar, suv omborlari, kattakatta kanallar va kollektorlar ta’siri natijasida Sirdaryoning oqim mikdori va gidrologik rejimi ancha o’zgardi. Keyingi yillardagi kuzatish ma’lumotlariga qaraganda, Sirdaryoning o’rtacha yillik suv miqdori Xo’jand yaqinida 476 m3/ sek. ga, daryoning etak qismida (G’azali shahri yonida) esa 158 m3/ sek. ga, tushib qolgan.
Sirdaryo havzasida obikor dehqonchilik juda qadimdan mavjud bo’lgan. O’zlashtirilgan yerlar, asosan, Farg’ona vodiysi bilan Toshkent vohasida bo’lgan. Bu yerlar Sirdaryoning Farg’ona vodiysidagi irmoqlaridan suv oladigan Andijonsoy, Shahrixonsoy, Quvasoy. Marg’ilonsoy, Oltiariqsoy hamda Chirchiq va Oqangaron daryolaridan chiqarilgan Zaxariq, Qorasuv, Bo’zsuv, Tanachibuqa va Yordon kabi kanal va ariqlar orqali suv olgan. 1920 yilda Sirdaryo havzasida hammasi bo’lib 1200 ming ga chamasida yer sug’orilgan.
Sug’oriladigan yerlar maydonini kengaytirish va ularning suv ta’minotini yaxshilash borasida keyingi 60 yil davomida katta suv xo’jalik qurilish ishlari amalga oshirildi: Andijonsoy, Shahrixonsoy, Qorasuv va Bo’zsuv singari kanallarni yangilash va kengaytirish bilan birga Sirdaryo havzasida murakkab gidrotexnik inshootlar sistemasiga ega bo’lgan Katta Farg’ona, Shimoliy Farg’ona, Janubiy Farg’ona, Katta Andijon kanallari, Oxunboboev nomli kanal kabi o’nlab yirik va yuzlab kichiroq ariqkanallar qazildi. Natijada Sirdaryo havzasidagi ariqkanallarning umumiy uzunligi qariyb 65 ming km ga yetdi. Bu kanallarga muttasil suv berib turish uchun Sirdaryo va uning irmoklarida juda ko’p to’g’on va gidrotugunlar qurilgan. Norin daryosidagi Uchqo’rg’on, Qoradaryodagi Kampirravot, Teshiktosh, Kuyganyor, Sirdaryo dagi Farhod Qizilo’rda va G’azali gidrouzellari shular jumlasidandir.
Yildan yilga tobora ko’proq yerlar sug’orilishi natijasida ayrim pastqam joylarni sho’r va botqoq bosa boshladi. Ana shunday joylarning zaxini qochirish va yig’ilgan sizot suvlar bilan sug’orishdan ortgan partov suvlarni daryolarga tashlash maqsadida Sirdaryo havzasida 300 dan ortiq kollektor va zovurlar ham qazilgan (32 ming km). Eng yirik kollektorlar SHim. Bag’dod, So’x Isfara, Sarijo’ga, Sariqsuv, Yozyovon, Ulugnor, Zambarko’l, SHo’rko’l, Asaka, SHo’ro’zak, Markaziy Mirzacho’l va Qorasuv. Suv xo’jaligi sohasida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida (1970 y. lar oxirida) Sirdaryo havzasida sug’orilayotgan yerlar mayd. 2,4 mln. ga dan ortib ketdi (2001 y. da 2887 ming ga).
Sirdaryo havzasidagi sug’oriladigan yerlarda, asosan, paxta ekiladi. SHuningdek, don, sabzavot, meva va poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Norin daryosida ulkan To’xtag’ul suv ombori, Qoradaryoda Andijon suv ombori, CHirchiqda CHorvoq suv ombori, Sirdaryoda Qayroqqum suv ombori qurildi, Katta Namangan va Qizilqum kanallari kabi magistral sug’orish kanallari qazildi.
Sirdaryo ayniqsa, uning baland tog’lardan oqib tushadigan irmoqlari katta gidroenergetika zaxirasiga ega. Ularning umumiy potentsial gidroenergetika zaxirasi kariyb 22 mln. kVt. Bu havzada 63 GES qurilgan. Ularning umumiy quvvati 2,8 mln. kVt.
Sirdaryo va uning irmoqlari ko’plab qishloq va shaharlarni, Farg’ona vodiysi, Toshkent, CHirchiq, Bekobod va Kizilo’rda kabi shaharlardagi yirik z-d va f-kalarni, ko’p sonli sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlaydi.
Daryoning uning qayirida qoldiq o’zanlar o’rnida hosil bo’lgan ko’pgina ko’llar bilan birgalikda O’zbekiston va Jan. Qozog’istonda baliqchilikning rivojlanishidagi ahamiyati ham katta. Bu sohada, ayniqsa, Sirdaryoning quyi oqimi va, shuningdek, Bekobod, Dalvarzin va Arnasoy atrofidagi ko’llar muhim, Sirdaryoning quyi qismi baliqchilikda alohida o’rin tutadi, u ilgari Orol dengizida ovlanadigan osyotr, moybaliq, so’vyan, to’rta baliq, sazan va vobla kabi qimmatbaho baliklarning asosiy urchish joylaridan biri edi. Sirdaryoda 40 dan ortiq baliq turi yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |