Kirish i-bob. Adabiyotlar sharxi



Download 0,72 Mb.
bet10/23
Sana31.05.2022
Hajmi0,72 Mb.
#623103
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Дисс. ор - для слияния

2.2. Iqlimi
Farg’ona vodiysi iqlimi turli omillar ta’sirida tarkib topgan. Bu omillardan joyning geografik o’rni va unga bog’liq holdagi Quyosh radiatsiyasi, atmosfera tsirkulyatsiyasi (havo massalarining harakati), yer usti tuzilishi (rel’efi), shamollar va antropogen omillar katta ta’sir ko’rsatgan. Geografik o’rniga ko’ra vodiyda cho’l va chala cho’llar tarkib topgan. Yillik Quyosh radiatsiyasi o’rtacha 140 kkal/sm2 ga teng. Yil davomida havo massalari to’xtovsiz vodiyga kirib kelishga harakat qiladi. Ularni ko’proq bahor va kuz oylarida yaqqol kuzatish mumkin. Salqin qishda arktika va mo’’tadil, ba’zan tropik havo massalari hukmronlik qiladi. Arktika va Markaziy Osiyo (Sibir) antitsikloni (sovuq va quruq havo) kirib kelganda havo harorati keskin sovib ketadi va uzoq vaqt turib qoladi. Ayozli kunlar bo’lib o’tadi. Havo harorati ayrim vaqtlarda -20-25 ℃ gacha sovib ketadi.
Andijon viloyatida joylashgan meteorologik stantsiyalarda 1900 yildan 2017 yilgacha bo’lgan davrda eng sovuq havo harorati Ulug’nor meteostantsiyasida -26,9 ℃, Andijon meteostantsiyasida–28,2 ℃ (1968 yil), Qo’rg’ontepa meteorologik stantsiyasida -29,2℃ va Bo’z stantsiyasida -30,3℃ni tashkil etdi.
Issiq va quruq yoz oylarida esa Eron va Afg’oniston hududlarida tarkib topgan tropik havo massasi O’rta Osiyoga, shu jumladan Farg’ona vodiysiga ham kirib keladi va uzoq vaqt saqlanib turadi. Bunday kunlarda kun keskin isib ketadi, havo quruq bo’ladi. Harorat o’rtacha +26+28℃ bo’lsa-da, ba’zan +44℃ gacha ko’tariladi. Andijon viloyatida 1900 yildan 2017 yilgacha bo’lgan davrda eng issiq havo harorati Ulug’nor meteostantsiyasida +43,9 ℃, Andijon meteostantsiyasida +42,1 ℃, Bo’z stantsiyasida +42,0℃ va Qo’rg’ontepa meteorologik stantsiyasida +40,6℃ ni tashkil etdi14. Yillik havo harorati 1900 yildan 2017 yilgacha bo’lgan davrda Ulug’nor stantsiyasida 14 ℃, Bo’z stantsiyasida 13,9℃, Andijon stantsiyasida 14,2℃, Qo’rg’ontepa stantsiyasida 12,6℃ ga teng bo’lgan.
Mo’’tadil havo massalari faolligi ko’proq bahor va kuz oylarida kuzatiladi. Ular o’zi bilan birga ko’p miqdorda namlik olib keladi. Farg’ona vodiysining dengiz sathidan 400-500 m balandliklarida o’rtacha harorat 13,5 ℃, 600 m balandlikda 12,5 ℃ va 1500 m balandlikda esa 7,5 ℃ ga teng.
Qishda iqlim yuqori adirlarda (1200-1500 m balandliklarda) may oyidan sentyabrgacha o’rtacha harorat 10 ℃ dan yuqori bo’lsa, qolgan vaqtlar bundan past bo’ladi. Mutlaq minimal harorat yuqori adirlarda (Hazratisho) kuzatilgan (-31 ℃). Birinchi sovuq tushish davri yuqori adirlarda oktyabr oyining to’rtinchi haftasiga to’g’ri kelsa, pastki adirlarda esa noyabr oyining ikkinchi haftasiga to’g’ri keladi.
Yozda pastki adirlarda (400-1200 m) eng yuqori harorat 41 ℃ gacha ko’tariladi. Yozgi, ya’ni iyulь, avgust oylarining harorati pastki adirlarda 39 ℃, o’rtacha balandlikdagi adirlarda 38 ℃ hamda yuqori adir va adir ortida 36-37 gradusgacha etadi. Adirlarda iyul oyining o’rtacha maksimal harorati 24,5- 27,8 gradusga teng.
Yirik shaharlarda, jumladan Andijon va Farg’onada +27 ℃, Namanganda 26,3 ℃, Qo’qonda 27,5 ℃ . Eng yuqori harorat esa 40-44 ℃ gacha ko’tariladi.
Yog’in miqdori rel’efga bog’liq holda g’arbdan sharqqa ortib boradi. Dengiz sathidan 300-450 m gacha bo’lgan Markaziy Farg’ona cho’llarida 80-125 mm gacha, 450-500 m balandlikga ega bo’lgan past adirlarda yillik yog’in miqdori 200 mm, 1000 m balandlikka ega bo’lgan yuqori adirlarda 600 mm gacha yog’in tushadi. Yillik yog’in miqdori G’arbiy Farg’ona (Qo’qon)da 80-100 mm bo’lsa, SHarqiy Farg’onada 150-200 mm, Shimoliy Farg’ona (Namangan)da 200-300 mm yog’in tushadi. Jumladan, yillik yog’in miqdori Andijonda 256 mm, Jalolobodda 502 mm ga teng. Bundan ko’rikadiki, g’arbdan kirib kelgan havo massalarining ta’siri kamayishi va Farg’ona tizmasi havo massalarining yo’lini to’sib qolishidir.
Andijon viloyati Gidrometeorologik stantsiyalaridan olingan eng so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 1900 yildan 2017 yilgacha bo’lgan davrda yog’in miqdori orografik tuzilishga bog’liq holda sharqdan g’arbga ortib boradi. Xususan, yillik yog’in miqdori Ulug’nor meteostantsiyasida 72 mm, Bo’z stantsiyasida 87 mm, Andijon meteostantsiyasida 246,8 mm, Qo’rg’ontepa meteorologik stantsiyasida 365 mm ga teng.
Yog’inlarning eng ko’pi tekislik va adirlarda mart-aprel oylariga, 1000-1500 m balandlikda aprel-may oylariga to’g’ri keladi. Qor qoplamining qalinligi ham tekislik (Markaziy Farg’ona cho’llari) va past adirlardan baland tog’larga tomon ortib boradi. Masalan, past adirda qor qalinligining maksimal holati 16 sm bo’lsa, tog’larda 20 sm dan ortiq bo’ladi. Chust-Pop meteostantsiyasi ma’lumotlariga ko’ra, bu hududda yillik yog’in miqdori 51-100 mm dan 200 mm gacha etadi. Kosonsoy mateostantsiyasi ma’lumotlari bo’yicha, Kosonsoy, Yangiqo’rg’on va Uychi adirlarida o’rtacha yillik yog’in miqdori 220-260 mm dan 300- 400 mm gacha bo’lib, yog’inning 70 foizi dekabr-may oylariga, 5-8 foiz esa iyulь-avgust oylariga to’g’ri keladi.
Farg’ona vodiysining turli hududlarida joylashgan meteorologik stantsiyalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi yillarda havo haroratining isishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2010 yilda 1930 yilga nisbatan eng yuqori darajada haroratning ko’tarilishi Qo’qonda (0,9 ℃), Andijon va Quvada 0,5 ℃, Farg’onada 0,7 ℃, eng kami esa Popda (0,1 ℃) qayd etildi. Global iqlim o’zgarishi, ya’ni iqlimning issib borishi tufayli sovuqsiz kunlar miqdori 8-15 kunga ko’payishi kutilmoqda.
Farg’ona vodiysida +5 ℃ dan yuqori bo’lgan kunlar 235-265 kungacha, +10 ℃ li kunlar 200-220 kunga teng20. Bundan ko’rinadiki, Farg’ona vodiysining katta qismida harorat yig’indisi yuqori. Xususan, +10 ℃ dan yuqori bo’lgan foydali haroratlar yig’indisi Kampirravotda 4000 ℃ bo’lsa, Namanganda 4600 ℃, SHohimardonda nisbatan kamroq 3300 ℃ ni tashkil etadi.
Farg’ona vodiysi uchun mahalliy tog’-vodiy shamollari, ayniqsa “Qo’qon shamoli” xarakterlidir. Ular odatda kunduzgi issiq havo oqimining yuqoriga ko’tarilishi, kechqurun sovigandan so’ng vodiyga yoki yuqoridan pastga esishi tufayli yuzaga keladi. Qish va bahor fasllarida shamollar yanada faolligi ortadi. SHamollar odatda yog’inlarning taqsimlanishiga, havo massalarining harakatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. SHamollarning kuchi va yo’nalishi hududning orografik tuzilishi bilan chambarchas bog’langan.
Farg’ona vodiysi iqlimining so’nggi o’n yilliklarda sezilarli darajada o’zgarishi global, ayniqsa, antropogen omillarning ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish