Kirish i-bob. Adabiyotlar sharxi


Floristik yo’nalishdagi tadqiqot ishlari



Download 0,72 Mb.
bet6/23
Sana31.05.2022
Hajmi0,72 Mb.
#623103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Дисс. ор - для слияния

1.2. Floristik yo’nalishdagi tadqiqot ishlari. Bu yo’nalishda bajarilgan ishlarining asosiy maqsadi floristik tadqiqotlarga qaratilgan bo’lsada, flora tarkibi va tuzilishi va o’simliklar qoplami bilan bog’liq holda o’rganilgan hamda tavsiflangan.
Alohida hududlarning florasiga bag’ishlangan dastlabki tadqiqot Po’latjon Holqo’zievga tegishli bo’lib, birinchi marta “SHohimardonsoy havzasi florasi” bo’yicha 86 oila 530 turkumga mansub 1353 tur keltirilgan. Dissertatsiya ishida mavjud 1353 tur tik mintaqalar va hayotiy shakllari bo’yicha tahlil qilingan. P.Holqo’ziev tadqiqotining ahamiyatli tomoni shundaki, olim tomonidan Oloy tizmasi uchun bir nechta o’simlik turlari aniqlagan va fanga kiritilgan [] .
G. Gaffarovning tadqiqot ishida [] asosiy e’tibor o’simliklar qoplamining taksonomik tarkibini aniqlashga qaratilgan. G.G’afforov tomonidan Xo’ja-Baqirgan daryo havzasi uchun 90 oila, 532 turkumga mansub 1463 tur qayd etilgan va mazkur ish flora tarkibini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar orasida ilmiy ahamiyatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Muallif tomonidan fan uchun yangi bo’lgan 3 tur Allium chodsshabakirganicum Gaffarov et Turakulov, Astragalus kamelinii Turakulov, Khassanov et Gaffarov, Astragalus neo-botschantzevii Turakulov, Khassanov et Gaffarov yozilgan.
Farg’ona vodiysi hududida olib borilgan yana bir floristik tadqiqot A.X.Gazibaev tomonidan amalga oshirilgan. Tadqiqotchi tomonidan Oloy va Turkiston tog’ tizmalarini tutashgan qismida joylashgan Isfara daryosining florasi va undan oqilona foydalanish, muhofazaga muxtoj noyob va yo’qolib ketish arafasida turgan o’simlik turlarini saqlab qolish yo’llari o’rganilgan. Olim tomonidan mazkur flora uchun 91 oila, 544 turkumga mansub 1429 yuksak o’simliklar keltirilgan. SHundan 699 tur Isfara daryosi havzasi florasi uchun birinchi marta keltirilgan. A.X.Gazibaev tadqiqotlari davomida mazkur hududdan 47 turni Tojikiston florasi, 120 turni Qirg’iziston florasi uchun yangi tur sifatida keltirgan. [].
O’rta Osiyoning yirik tog’ tizimi hisoblangan G’arbiy Tiyonshon florasining mukammal tadqiqi K.SH.Tojibaev tomonidan olib borilgan. K.SH.Tojibaev tadqiqoti Qurama tizmasining janubiy yonbag’irliklaridan boshlanib G’arbiy-Tiyonshonning O’zbekiston qismida yakunlangan. Tadqiqot ishining qisman yarmi Farg’ona vodiysida olib borilgan bo’lsada, K.SH. Tojibaev tomonidan 2009-2015 yillar davomida fan uchun ahamiyatli bo’lgan 10 dan ortiq yangi turlar kashf etilgan, 30 dan ortiq turlarning yangi o’sish joylari aniqlangan [].
Navbatdagi tadqiqot Turkiston tizmasining florasini aks ettiruvchi tadqiqotlardan biri bo’lib, N.O. Sulaymanov (2008) tomonidan olib borilgan. Ishning ahamiyatli jihati shundaki, Turkiston tizmasiga kiruvchi Oqsuv havzasi florasining keng ko’lamli tahlili amalga oshirilgan, ya’ni flora tuzilishi va tarkibi aniqlangan, noyob, endem, yo’qolib borayotgan va foydali o’simlik turlari ajratilgan. Mazkur hudud uchun 102 oila, 531 turkumga mansub 1339 tur qayd etilgan [].
Farg’ona vodiysining ruderal florasi bo’yicha tadqiqotlar T.X. Maxkamov tomonidan olib borilgan []. Mazkur ishda an’anaviy floristik va fitotsenologik metodlardan foydalanilgan holda ruderalь floraning ekologo-floristik klassifikatsiyasi yaratilgan.
F.I.Karimovning “Farg’ona vodiysining bir urug’pallali geofitlari” mavzusidagi tadqiqot ishi alohida o’simlik guruxlari ustida olib borilgan botanik tadqiqot hisoblanadi. F.I.Karimov o’z tadqiqi davomida hudud florasiga mansub bir urug’pallali geofitlarining taksonomik tarkibini aniqlash va konspektini tuzish, taksonomik, geografik va fitotsenologik tahlil qilish, bir urug’pallali geofitlarning tirik kollektsiyasini yaratish kabi vazifalarni amalga oshirgan. Birinchi marta Farg’ona vodiysi florasi uchun 9 oila, 25 turkumga mansub 210 tur bir urug’pallali geofitlar o’sishini aniqlagan [].

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish