1.1. Farg’ona vodiysining o’simliklar qoplami bo’yicha tadqiqotlar. Farg’ona vodiysining o’simliklar qoplami bo’yicha tadqiqot ishi R. SHonazarov [] tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, ish Oloy tizmasining g’arbiy qismida olib borilgan efemerlarga bag’ishlangan. R. SHonazarovning tadqiqot ishida efemer va efemeroidlar -vegetatsiya davrining davomiyligi, hayotiy shakllari, tik mintaqalar bo’yicha, geografik tarqalishi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha chuqur tahlil qilingan []
R.S. Vernik, T.Raximovalar [] tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarning natijasi “Эстественная растительности и пастбища адыров Наманганской области” ilmiy risolada o’z aksini topgan. Unda tabiiy o’tloqlar va o’simliklar qoplamidagi asosiy ko’rsatkichlar, dominant va subdominant turlarning populyatsiyalari, ulardan foydalanish istiqbollari, hudud o’simlik qoplamining o’ziga xos xususiyatlari hamda fitomelioratsiya uslublari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
T.X.Xudayberdievning tadqiqot ishi Yalpizdoshlar (Labguldoshlar) oilasining hudud o’simliklar qoplamida tutgan o’rniga bag’ishlangan. SHuningdek Farg’ona vodiysi o’simliklar qoplamida Yalpizdoshlar oilasi floristik, fitotsenotik, ekologik, resursshunoslik nuqtai nazardan o’rganilib, taxlil qilingan. SHuningdek, oilaga mansub turlarning xalq xo’jaligida tutgan o’rni, ulardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslari yaratilgan. Olim ma’lumotlariga ko’ra hududda Yalpizdoshlar oilasining 36 turkumga mansub 184 turi o’sishi ma’lum bo’lgan [].
Olib borilgan izlanishlar orasida K.SH. Tojibaevning [] Chodaksoy havzasining o’simliklar qoplami va o’tloqlariga bag’ishlangan tadqiqot ishi alohida o’rin tutadi. Chodaksoy havzasining o’simliklar qoplamini tadqiq qilish davomida olim tomonidan oxirgi 50 yildagi o’simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasi, asosiy tip assotsiatsiyalar va formatsiyalardagi keskin o’zgarishlar chuqur tahlil qilingan, foydali o’simliklar turlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
G.A.Ibroximova [] tomonidan olib borilgan izlanishlar Farg’ona vodiysining shimoliy qismi o’simliklar qoplamining antropogen trasnformatsiyasiga bag’ishlangan.
O.N.Imomovning Farg’ona vodiysida olib borgan tadqiqot ishi Chust – Pop adirlarida istiqbolli ozuqabop o’simliklar Salsola orientalis, Bassia prostrata, Krascheninnikovia ewersmanniana va Artemisia sogdiana larni sug’orilmaydigan sharoitda ekib ko’paytirish, ularning bioekologik xususiyatlarini asoslashga bag’ishlangan bo’lib, o’simliklar bargida suv miqdori, transpiratsiya jadalligi, suv tanqisligi, hujayra shirasining osmotik bosimi, suvni saqlash qobiliyati kabi suv rejimi ko’rsatkichlarini aniqlash orqali fiziologik ko’rsatkichlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik tahlil qilingan [].
Do'stlaringiz bilan baham: |