O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi
Toshkent Davlat Farmatsevtika instituti
Farmatsiya fakulteti
Mavzu:Inson hukmronligi ostidagi tizimlar. Agro ekosistemalar
Bajardi: Sabirova Munisa
BIOGEOTSENOZ
Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning populyatsiyalari ekologik jamoani tashkil etadi.
Bir biri bilan va atrof muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lgan organizmning populyatsiyalari ekologik sistemalar yoki biogeotsenozlar deb ataladi.
Boshqacha qilib aytganda bigeotsenoz- bir biriga bog’liq biotik va abiotic tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir.
Biogeotsenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri.
Ekosistema atamasini birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940-yilda akademik V.N.Sukachev ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif qildi.
Biogeotsenoz tarkibiga odamdan tashqari hamma narsa kiradi. Biogeotsenoz taraqqiy etib va o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar kishilar, muhit va hattoki uzoq kosmosning ham ta’siri ostida ro’y beradi.
Har bir biogeotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o’sha joyda o’sib unadigan o’simlik va hayvonlar bir-biriga monand va o’zaro bog’angan bo’ladi
Hayvonlar ham o’simliklar ham nafas olgan vaqtlarida energiyaning ma’lum bir qismini yo’qatadilar. Nafas olish jarayonida, ovqat hazm qilishdan hamda chiqindilardan qolgan energiya o’simlik va hayvonlarning o’sishi, ko’payishi va hayot faoliyatini ta’minlashga sarf bo’ladi. Geterotrof organizmlar tomonidan tayyorlangan organic moddalar miqdori ikkilamchi mahsulot deb ataladi.
Ko’pincha ekosistemalar o’zgarib turadi
Agar ekosistema stabil (o’zgarmaydigan) bo’lsa, unda umumiy biomassaning hajmi ko’paymaydi.
Ya’ni yilning boshida qancha bo’lsa, oxirida ham shunchaligicha qoladi. Bu holatda birlamchi mahsulotda Bo’lgan ahmma energiya har xil trofik darajadagi organizmlardan o’tadi va natijada uning toza mahsuldorligi nolga teng bo’ladi.
Ekosistemaga tushuvchi energiya oqimlaridan foydalanib, inson uchun kerak bo’lgan energiya va ovqat manbaini ko’paytirishda foydalanish mukin.
Ekosistemaning iyerarxik qatorlari
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini jamoa, populyatsiya,organism, organ, hujayra va genlar tashkil etib, bular hayotning asosiy shakllarini belgilaydi
Bu biologic shakklar iyerarxik tartibda yoki qatorda joylashib kichik va katta sistemalarni hosil qiladi. Iyerarxiya-uebater lug’ati bo’yicha birin-ketin qator bo’lib joylashish ma’nosini bildiradi. Ana shunday har bir pog’ona yoki daraja tashqi muhit tasiri natijasida o’ziga xos funksional sistemani hosil qiladi.
Fizik muhit.Biomlar
BIOM- bu katta regional subcontinental biositena bo’lib, u qandaydir bitta o’simliklar tipi bilan yoki landshaftning boshqa o’ziga xos xususiyati bilan xarakterlanadi.
Namli tropic biomlari-bu zonaning iqlimi yil bo’yi issiq va nam ko’p bo’lganligi sababli turli xil o’simliklar jamoasi va turlarning o’sishi uchun qulaydir. O’simliklari orasida ko’pchilikni lianalar tashkil etadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |