4.2. Sistematik taxlili
Sirdaryo havzasi o’simliklarining sistematik taxlili shuni ko’rsatadiki, bu joyda o’simlik olami juda hilma-xil bo’lib, ulardan daraxtsimon, buta, chalabuta, ko’p yillik hamda bir yillik o’t o’simliklar bir necha oilalarni tashkil etadi. Aniqlangan mavjud turlarining sistematik taxliliga ko’ra 25 qabila, 27 oila, 45 turkum hamda 61 turdan iborat.
4.3. Ekologiyasi va hayot shakllari
Sirdaryo tabiat unsurlari hususiyatlari uning hamma qismida bir xil bo’lmasligi relьefning murakkabligi, litologik tuzilishi va gidrologik sharoitining hilma-xilligi, iqlim va o’simliklarning mavjudligi har xil tuproq turlarining vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Sirdaryoning tog’li qismida havo harorati ancha past, aksincha, yog’in miqdori ortadi, oqibatda o’ziga xos o’simliklar, har xil o’tlar buta va o’rmonlar hosil qilgan.
Sirdaryoning yuqori qismida tuproq turlari uchta mintaqasini hosil qilgan: bo’z tuproqli adir mintaqasi, tog’ jigar rang va qo’ng’ir tog’ o’rmon mintaqasi va och tusli qo’ng’ir o’tloq baland tog’ mintaqasi.
Sirdaryoning tog’ oldi tekislik qismida, daryoning baland qayirlarida past tog’lar etaklarida och tusli bo’z tuproq keng tarkalgan. Bu joylarda tuproq hosil qiluvchi jins lyoss va keltirma konuslarning allyuvial-prolyuvial yotqiziqlari hisoblanadi. Och bo’z tuproq tiniq bo’z tuproqdan chimli ustki qatlami och bo’z tusligi chirindi miqdorining kamligi, korbonatli qatlam yuzasiga yakinligi bilan ajralib turadi.
Sirdaryoning o’rta qismida bo’z tuproq mintaqasi joylashgan. Bu yerda ham yog’in miqdori ancha yuqori bo’lganligi sababli o’simliklar turi ko’payib, qalin o’sadi. Bular o’z navbatida tuproq paydo bo’lish jarayoniga, binobarin, tuproqdagi chirindi miqdoriga ta’sir etadi.
Bo’z tuproqli o’rta mintaqasida yana o’tloq-bo’z, batqoq-o’tloq, bo’z, botqoq-bo’z kabi gidromorf tuproq turlari ham uchraydi. Bunday bo’z tuproq turlari Sirdaryoning eski yuqori qayirlarida, delьtalarida, tog’ etaklaridagi tekisliklarning quyi qismlarida joylashgan.
Sirdaryoning quyi qayirlarida o’tloq tuproqlar ham uchrab tarkibida chirindi miqdori 2 % gacha boradi. Xozirda bu tuproq turi ko’p joylarda sug’oriladigan o’tloq tuproqqa aylantirilgan.
Sirdaryo o’simliklar oilasi o’ziga xos xayotiy shakliga ega. Daryoning yuqori qismida ko’proq daraxat, buta, chalabuta va xilma-xil o’simliklar turini hosil qilgan. O’rta va quyi qismida daraxt va butalar kamroq bo’lib, asosan hilma-xil o’simliklar keng tarqalgan.
Sirdaryonning eski o’zanlari o’zlashtirma madaniy ekinlar ekilishi bilan, tuproqqa turli mineral o’g’itlarni aralashtirilishi natijasida tuproq tarkibi buzilmoqda. Madaniy ekinlarni yovvoyi o’tlardan tozalash maqsadida turli zaxarli ximikatlarni qo’llanilishi oqibatida to’qay o’simliklarni yo’qolishiga sabab bo’lmoqda. SHudgorlardan mineral tuzlarni yuvib, tashlamadan daryoga tushayotgan yuqori kontsentratsiyali suvlar, turli sanoat chiqindilari, daryo suvini ifloslantirib, daryo qirg’oqlaridagi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |