Kirish i-bob. Adabiyotlar sharxi


Sirdaryo to’qaylarida tarqalgan o’simliklar



Download 0,72 Mb.
bet21/23
Sana31.05.2022
Hajmi0,72 Mb.
#623103
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Дисс. ор - для слияния

4.1. Sirdaryo to’qaylarida tarqalgan o’simliklar
Professor I.I.Granitov bunday joylarni kelgusida o’zgartirish kerakligi haqida gapirib, u yerlarda kichik-kichik suv omborlarini tashkil etish lozimligini ta’kidlagan edi. To’qaylar daryo yoqalariga yaqin bo’lganligidan u yerda o’sadigan o’simliklar juda turli-tumandir.
Quyida to’qayzorlarda ko’p o’sadigan o’simliklarning ba’zilari va aynan Sirdaryoda o’sadigan o’simliklar bilan tanishib o’tamiz. Biz o’rganayotgan Sirdaryoning yuqori qismida Quruq qarag’ay, SHo’ro, Bo’taqara, Baliqchi aholi punktlarini Sirdaryo sohillarida quyidagi daraxtsimon to’qay o’simliklari o’sganligini ko’rdik. To’qayzorlarda daraxtsimon o’simliklardan quyidagilar ko’p o’sadi.
1. Jiydalar (Eliagnus Angistifoliya) daryo qo’ltiqlarida, biroz namli maydonlarda to’kayzorlar hosil qilib o’sadi. Mevalari shirin, taxir bo’lib, qush to’dalariga oziq-ovqat bo’ladi. Bu daraxtning bo’ylari 3-4, ba’zan 5 m gacha bo’lib, tanasi qo’ng’ir, tikanli bo’ladi. Tikanli bo’lganli sababli, mahalliy aholi uchun yoqilg’i holida hovli, bog’ atroflariga qo’ra devor sifatida foydalaniladi.
Turang’il (Populus diversifolia) - bu chiroyli turang’il barcha daryo qirg’oqlarida, ilgari suv oqqan qo’ltiq maydonlarda toza o’rmonlar hosil qilib o’sadi. Tanasi ko’kimtir kulrang, biroq yaltiroq bo’lib, qurilish materiallari sifatida ishlatiladi. Bularning bo’ylari 6-8 m ba’zan 10 m gacha yetadigan daraxt o’simliklaridir.
Turang’il (Populus ntuinosa) - bu daraxtning bo’ylari 7-8 m, shox- shabbalari oz, peramida shaklida bo’lib, yaxshi qurilish materiallari beradi. Bular biz o’rganayotgan rayonni yuqori oqimlarida ko’proq uchraydi.
Tol (Salix songorica) - yirik buta, kichikroq daraxt, bo’ylari 4-6 m li. suvga yaqin qirg’oqlarda suv o’rtasidagi katta va kichik orollarda ko’p o’sad. Qo’y, echki, mollar yaxshi yeydi. Mahalliy aholi ularni ildizi bilan ko’chirib kelib, tirik devorlar hamda savat, korzinka, g’azalar qilib ishlatiladi.
CHilvir tol (Salix Wilhelm jana) bu tol ko’p mayda tanali bo’lib, shox- shabbalari mayin bo’lganligidan chilvir tol deb yuritiladi. CHilvir tol suvga juda yaqbn qirg’oqlarda qo’ltiq joylarda orollarda ko’p o’sadi. Uning novdalaridan ham savatlar, karzinkalar, g’azalar qilinadi.
SHum tol (Fracsinus turkistanica)- bu daraxtning bo’yi 6-8m bo’lib daryoning eski o’zanlarida ahyon-ahyonda uchraydi. Atiga 4 tur daraxtni ko’rib undan gerbariy tayyorladik. Bularni urug’lari tog’li joylarda o’suvchi shum tol mevalarini suv bilan oqib kelganidan darak beradi.
Jirg’anoq yoki CHakanda (Hippophae rhamnoides) - bularning bo’yi 3-5 m li shox-shabbalari tikanli qo’ng’ir qizil rangli bo’lib, mevalari sariq qizg’ish. Meva bandi kalta, novdalarga yopishgan bo’ladi. Bular ham tog’ soylari,daryolar qirg’oqlarida ko’plab o’sgan.CHakanda mevalarini daryo suvlari bilan oqib kelib, o’rnashib o’sganligidan darak beradi.
To’qay o’simliklari qalin o’sgan joylarda daraxtlarga ilashib, ilon chirmaviq yoki ilon cho’p (Clematis orientalis) turang’il, jiyda, tollarga ilashib o’sadi.
CHing’il yoki Jangal (Holemodendron-holidendron) - bu tikanli buta, o’simligi, daryo o’zanining quruqroq joylarida, shag’alli tepaliklarida gurux-gurux xolida o’sadi. Bulardan maxalliy aholi mol-qo’ylar o’tlaydigan qo’ralar kilishadi. Yana mol-qo’ylarni tagidagi xashakni supurub olish uchun hamda yanchilgan sholi donlarini, poxol maydalaridan tozalashda supurgi sifatida ishlatiladi.
Jing’il (Lycium L. Lycium rufhenicum) tukdor changchili jing’il, buta o’simligi bo’lib, bo’yi 1,5m, tikanli. Yosh novdalarida barglari yakka- yakka, eskilarida 2-5 ta dan joylashgan, tuxumsimon, elliksimon yoki teskari tuxumsimon. Gullari ko’kimtir-siyox rang. Rezavor mevasi ser suv, qizil sharsimon yoki tuxumsimon. Daryo o’zanlarida, tepaliklarda quruq joylarda ko’plab o’sadi. Uzun tikanli bo’lgani uchun mol-qo’ylar yaxshi yemaydi.
Yulg’un (Tamarix romosissima)-bu yulgun daryo o’zanlarini ilgari oqim bo’lgan joylarning shag’alli, toshli maydonlarida to’p-to’p bo’lib o’sadi. Poya shoxlari qizg’ish yo’g’onroq, tanasi silliq, gullari chiroyli qizg’ish pushti. Qadim zamonlardan beri bularning qattik bo’lganligi uchun qamchi soplari, xassalar qilingan.
Yulg’un (Tamarix hispida)-bu yulg’un juda chiroyli, hushbichim, yirikroq bo’lib, quruq maydonlarda ko’p o’sadi. Maxalliy aholi keksalarga xassa tayoqlar hamda o’tin sifatida, yoqilg’i tayyorlanadi.
Yulg’un (Tamarix Laxa)-bu kichikroq, shox-shabbalari mayin. Ko’proq qumli, shag’alli maydonlarda, suvga yakinroq joylarda ko’p o’sadi. Bu chiroyli o’simlikni manzarali o’simlik sifatida ko’paytirish mumkun.
SHirin miya yoki qizil miya (Glycyrhiza glabra)-bu o’simlik burchoqdoshlar oilasiga kirib, ildiz sistemasi yo’g’on arqonsimon bo’lib, garizontal xolda atrofga tarqaladi. Yer osti suvlarigacha joylashadi. Ildizidagi shirinlik olimlarning ko’rsatishicha shakardan 40 marotaba shirinroq bo’ladi. SHu sababli dukkak mevalari qizil bo’lganligi uchun qizil miya, ildizlari shirin bo’lganligi uchun shirin miya deb ataladi. Daraxtning eski o’zanlarida qalin o’tzorlar hosil qilib o’sadi. Qimmatbaxo dorivor, yemhashak o’simlikdir.
Kovar (Sarraris spinosa) - bu yer bag’irlab sudralib o’suvchi tikanli o’simlik. Barglari tuxumsimon yumoloq go’shtli o’simlik. Barg mevalari ildizlari dorivorlik hususiyatiga ega.
Yantoq (Alhagi sparsifolia)-bular qo’proq qumli tuproqli qirg’oqlarda o’sadi. Bu yantoqni tikanlari kaltaroq bo’ladi. Qirg’iz yantog’i (Alhagi Kirhizorm) - yuqoridagi turdan, sertikan. tikanlari uzun bo’lishligi bilan ajralib turadi.
Bu har ikkala yantoq turlari yem-hashak, o’tin yoqilg’i bo’lishidan tashqari dorivorlik hususiyatiga ega. Juda asalshiraga boy.
Qamish (Phragmites communis L.Trin) - bug’doydoshlar oilasidan. Ko’p yillik ildizpoyali, o’sish sharotiga qarab bo’yi 2-4 m ga yetadi. Uning poyasi tik o’sadi, tuksiz, silliq va ichi bo’sh bo’ladi. U ariq bo’ylarida, daryo qirg’oqlarida, ko’l atroflarida hamda to’qayzorlarda ko’p tarqalgan. Qamish qoramollar uchun bahor faslida yaxshi oziq o’simliklardan hisoblanadi. Yoz paytida poyasi yog’ochlanganligi sababli hayvonlar faqat uning bargini yeydi. Bu o’simliklardan yuqori sifatli silos tayyorlash mumkin.
Qo’g’a (Turha Laxmanni) - qo’g’alar suvda ayniqsa, sizot, ariqlarni tiniq suvlarida qo’g’azorlar hosil qilib o’sadi. Qo’g’a yem-hashak, ko’zga yaqin, ulardan bo’yralar, chetanlar, dag’al paloslar qilinadi.
Bulardan tashqari suv qamishi (Calamogrostis dubia) - bu tur yem-hashak sifatida keyinchalik esa poyasi yog’ochlanganda undan kapa va tomlarga bosiladigan materiallar sifatida ishlatiladi.
Yana to’qay o’simliklari orasida ajoyib qizilmiya bilan birga o’suvchi, yirik, baland bo’yli (imperata cylindrical L) halq orasida savacho’p nomi bilan yuritiladigan o’simlikdir. Suvga serob, namgarchiligi o’rtacha maydonlarda ajriq (Cennodom Daktelon) quruq tosh, shag’alli maydonlarda, boshqa ajrik (Aeluopus litoralis) nomli tur uchraydi. Namli, qumli tuproqlarda o’tloq sebargasi (Trifolium Pratense) oq gulli sudralib o’suvchi mayda oq gulli (Trifolium repens) lar chim hosil qilib yashaydi.
Qirqbo’g’im (Equisetum orvense) - qumoq yoki qumli tuproqlarda, ariq bo’ylarida, chim hosil qilib o’sadi. Mol-qo’ylar yemaydi deb ko’rsatiladi. lekin mollar oz-moz yeydi.
Sutlama o’t (Euphorbia lamprocorpa) - bu ko’p yillik bo’ylari 80-100 smli sutlama o’t. Biz o’rganayotgan to’qay o’simliklari orasida bu o’simlik turi ayrim joylarda guruh-guruh bo’lib o’sadi. Bu o’simlikni mol-qo’ylar yemaydi. Zaxarli o’simlik hisoblanadi. SHu bilan birga dorivordir.
Yalpiz (Mentha oriatica L) nomli qum tuproqli ariq bo’ylarida ko’p o’sadi. O’tloq o’simliklari qatoriga kiradigan efir moyli o’simliklardir.
Zubturum (Plantago major L) - ariq bo’ylarida ko’p o’sadi. Bu qimmatbaho dorivor o’simlikdir. Odamlarda jigar kasalliklarini davolashda, bu o’simlikdan olingan sok “Rliantaglutciline” aptekalarda sotiladi. Halq tabobatida yaralarga, kuygan joylarga barglari ezilgan holda bosiladi.
Kichik zubturum (Plantago Lanciolota) - bu zumturumning barglari latsentsimon kichik cho’ziq bo’ladi. Halq orasida bo’zchi-bo’zchi nomi bilan ham yuritiladi.
Kendr (Apocynum lancifolium Rus) - bu tola beruvchi, yirik, bo’ylari 80, 100, 120 sm li chiroyli gullovchi o’simlik. Gullari pushti, qizil pushti ranglarda bo’ladi.
Oq-bosh (Karelinia caspica) - bu o’simlik daryoning eski o’zanlarida, shag’al qumli maydonlarda o’tzorlar hosil qilib o’sadi. Bo’ylari 3- 40sm, sershoxpoya va barglari ser suv o’simlikdir. Hayvonlar deyarli yemaydi.
Yovvoyi bug’doy (Aeliropus litoralis) - bu boshoqdoshlar oilasini vakili, quruq shag’alli joylarda, mart, aprel oylarida qamish o’tzorlar hosil qilib o’sadi. Yoshligida hayvonlar yaxshi yeydi. Qurigandan keyin, qo’y, mollar ko’proq yeydi, sababi qiltiriqlari yo’g’on va uzun bo’lgani uchun tikanga o’xshamaydi.
SHuvoq (Artemisia ferganensis) - bu ko’p yillik chalabuta o’simligi, daryoning eski o’zanlarini quruq shag’alli va soz tuproqli maydonlarida qalin o’tzorlar hosil qilib o’sadi. Uy hayvonlari sevib yeydi.
Sachratki yoki Talxa (Cichorium intybus)- bu ko’p yillik o’t o’simligi, namli maydonlarda, ariq bo’ylarida, o’troq o’simliklarining tarkibiga kiradi. Bo’ylari 60-80 sm li chiroyli havorang gulli o’simlikdir. Sachratki dorivor o’simlikdir. Ildiz va poyalarida ishqor moddasi ko’p bo’ladi. SHu sababli dorivor o’simlik sifatida ro’yxatga olingan.
Tuyatovon (Zygophyllum fabago) bu ko’p yillik poya va barglari sersuv, go’shtli o’simlik. Daryo qirg’oqlaridagi ariqlarda, ag’darilgan eski jarli sho’rlashgan tuproqlarda ko’p o’sadi. Ildizpoyasi 30-70 sm bo’lib, yoz davomida gullab urug’laydi.
Kalta bargli sarsabl (Asparagus persicus)-bu ko’p yillik, ilashib, chirmashib o’suvchi o’t. O’tloq o’simliklar tarkibiga kiradi. Mollar boshqa o’tlar aralashmasi bilan yeydi. Xalq tabobatida dorivor o’simlki sifatida ishlatiladi. Bo’yi 50-100 sm.
Baqa jo’xorisi (Lepidium latifolium). Eski daryo o’zanlarini quruq tepalik joylarida qalin o’tzorlar hosil qiladi. Mol, qo’ylar yemaydi. Sassiq o’t hisoblanadi.
Echkisoqol (Dadortia orientalis L). Bu o’simlik qumloq shag’alli tuproqlarda katta maydonlarda o’tloqzorlar hosil qilib o’sadi. Bu sershox yaltiroq tuksiz bo’ylari 30-40 sm bo’lgan o’simlikni poya va shox-shabbalari Mayin elastik bo’lganligi sababli oyim supurgisi deb nomlanadi.
Yovvoyi shakar qamish (Saccharum spontaneum). Boshoqdoshlar oilasining vakili. Bu o’simlik daryolarning sernam joylarida ko’plab o’tzorlar hosil qilib o’sadi. Yosh, maysaligida o’rib mollarga beriladi. Yog’ochlanganlarini mol, qo’y yemaydi. Bo’yi 70-150 sm.
CHayon o’t yoki achitki o’t (Urtica urens). Ko’p yillik ildizpoyali o’simlik. SHox-shabbalari, barglari dag’al o’tkir tukli. Badanga sanchilsa achitadi. Qichishtiradi, tekkan joyda shishlar hosil qiladi. Vitamin S ga boy dorivor o’simlikdir. Suvga yaqin namli unumdor yerlarda ko’plab o’sadi.
Kichik qo’g’a (Tifa minima). Bu ko’p yillik bo’ylari kichkina, mayda o’simlik, suv ariq, zakan, daryo qirg’oqlarida ko’p o’sadi. Mol-qo’ylar yaxshi yeydi. Xilma-xil korzinkalar, paqirchalar, qutichalar qilinadi.
Suzuvchi g’ichchak (Potamogeton natens)
Bo’g’imdor g’ichchak (Potamogeton hodosus poir ex Lam)
Suv betida suzuvchi barglari ellipssimon, tuxumsimon yoki biroz uzunchoqroq 4-5 sm li, tubi yuraksimon, daryolarni oqar suvlarida o’sadi.
Suvga cho’kkan barglari tezda parchalanib ketadi. Ildizi poyalari kuchli rivojlangan. Bular ham yuqoridagi suzuvchi gichchakka o’xshash oqar suvlarda ko’p o’sadi. Barglarini poyaga yaqin qisqa bandli bo’lishligi bilan ajralib turadi.
Erkak qamish (Erianthus ravennae) - bu ildiz poyali, chim hosil qilib o’suvchi ko’p yillik o’simlik. Poyasi qattiq, bo’yi 3-4 m gacha, barglarining uzunligi 50-100 sm, eni 1,5 sm, chekkalari dag’al. Ariq, soy, daryo bo’ylarida ko’p o’sadi.
CHereda yoki uchbarg (Bithens triopatra) daryo, soy, zakan qirg’oqlarida. kuruqroq eski loyqalarda o’tzorlar hosil qilib o’sadi. Bo’ylari 25-30 sm bargllari tuxumsimon uzunchoqroq, yirik arrasimon qirqilgan, qimmatbaxo dorivor o’simlik. Issiq o’tgan, yara toshgan bolalarni chereda qaynatilgan suvini sovutib cho’miltiradi.
Yovvoyi arpalar (Hordeum bulbosum) bo’yi 80-100 sm atrofida bo’ladi. Tik o’sadi. Ariq, zakan, daryo qirg’oqlarida o’tloq o’simliklar tarkibiga kiradi. Mol-qo’ylar yaxshi yeydi. Bu ko’p yillik piyozboshli yovvoyi arpa boshqa turlar ichida eng kattasi hisoblanadi.
Suv qalampir (Poligonum gidropiper). Bo’yi 26 sm, poyasi qizg’ish, barglari lantsentsimon, o’tkir uchli. Barglarida qora nuqtasimon bezlari bor. Suv havzalari qirg’oqlarida, zovurlar ichida, daryo bo’ylarida ko’p o’sadi. Dorivor o’simlik hisoblanadi.
Suv g’ov kurmagi (E. orizoides (Ard) Koss) - bu bir yillik o’simlik bo’lib, bo’yi 50-120 sm. Vegatativ juda tez ko’payadi. SHolipoyalarda begona o’t sifatida ko’p uchraydi.
Yakan (Juncos gerardii). Ariq, zovur, daryo qirg’oqlarida o’tloqzorlar hosil qilib o’sadi. Uy hayvonlari yaxshi yeydi.
Xilol (Cipperus orizoides). Daryo, soy, zovur, ariq suvlarining qirg’oqlarida o’sadi. Ildizlari kuchli rivojlangan bo’lib, ildiz tuganagiga ega.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish