Kirish i-bob. Adabiyotlar sharxi



Download 0,72 Mb.
bet20/23
Sana31.05.2022
Hajmi0,72 Mb.
#623103
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Дисс. ор - для слияния

Populus pruinosa Tamarix sp
Elaeagnus angustifolius, Rosa canina yakka yakka holda o’sadi. №1-uchastka o’simlik turlarining taksonomik tarkibi xilma xil, keng geografik arealga ega bo’lgan vakillardan iborat. Ularning orasida Cynadon dactylon, Convolvulus arvensis, Plantago major, Polygonum aviculare yoki Solanum nigrum va boshqa o’tchil kosmopolitlar ham ko’p tarqalgan. Bu hududda Aeluropis litoralis turining o’sishi tuprog’ini biroz bo’lsada sho’rlanganligidan dalolat beradi. Eng ko’p o’sadiganlari sernam o’tloqlarning begona o’tlaridir. Ular orasida qo’ytikanning ikki turi, bir yillik boshoqdoshlar hamda, qoqio’tdoshlar, burchoqdoshlar va yalpizdoshlar oilasiga mansub turlar ham bor (-rasmi).
Sirdaryo bo’yi, Namangan viloyati, Pop tumani. Qirchin punkti.
Ibn Sino nomli maxsus o’rmon xo’jaligining umumiy yer maydoni 237 ga. 2014-2017 yillarda olib borilgan kuzatishlarda asosiy o’simlik jamoasini xaqiqiy buta-turang’ili assotsiatsiya va unga xos bir yillik, ko’p yillik o’simlik turlari tashkil qilishi ma’lum bo’ldi. Bu hududning oldingi, birinchi uchastkadan farqi o’simliklar xilma xilligi va mo’lligi yuqori.
Turang’ining bo’yi 15 metrgacha yetadi, vegetativ ko’payishga moyilligi yuqori, shu boisdan tabiiy tarzda yangilanib borishini odatiy hol deb hisoblash mumkin. Butali yarus proektiv qoplashning asosini tashkil qiladi ularning hissasi 70-75 % gacha boradi. Bu joyda jiydani (Elaeagnus angustifolius) u yer bu yerda yakka holda uchratish mumkin. Oqim bo’ylab aholi tomonidan teraklar ekilgan. O’simliklar qoplamida oldingi uchastkada uchramaygan Apocynum lancifolium, Artemisia sp. (sect. Seriphidium), Chenopodium album, Descurania sophia, Dodartia orientalis, Erianthus ravannae, Erysimum altissimum, Gamanthus gamacarpus. Filago sp., Nonea caspia va shu kabi o’t o’simliklar o’sadi. Bu uchastka hududi o’rmon xo’jaligi tomonidan qattiq qo’riqlanishi sababli antropogen omillar ta’siri nisbatan chegaralangan. SHu sababli turang’ilarda hozirda sekinlik bilan bo’lsada tabiiy holda tiklanish jarayoni kuzatiladi (3.2.1.3-rasmi).
Sirdaryo bo’yi. Namangan viloyati, Pop tumani, Mirzaorol qishlog’i.
Turang’ili formatsiya fragmenti. Bu maydon kuchli antropogen bosim ostidaligi bilan ajralib turadi. CHorva mollarini tizimsiz boqilishi oqibatida o’t o’simliklar assotsiatsiyasi deyarli uchramaydi. Turang’i daraxtlari va ayrim butalar to’qay landshaftini asosini tashkil qiladi. Butalar tarkibida zirk (Berberis sp.) uchraydi, dereza (Lycium ruthenicum) ning sezilarli darajada kam miqdorda uchraydi. Bu joylardan yillar davomida tinimsiz o’tloq sifatida foydalanish oqibatida tuyatovon (Zygophyllum sp.), na’matak (Rosa L.) kabilar chorva mollari yemaydigan o’simliklar to’qay elementlarini siqib chiqarib, xukmronlik qilishiga olib kelgan. Hozirda tuyatovon o’simligi turang’izorlar orasida va daraxt-butali o’simliklar qoplamida asosiy dominant o’simlik sifatida chakalakzorlar hosil qilgan (-rasmi).
Sirdaryo to’qayzorlarida rus gulsafsari (Iris ruthenicum) ning kichik populyatsiyalari topildi. Mazkur turni bu yerda o’sishi, uning mo’lligi (10x10 maydonda 45-50 tup) chorva mollarini davriy o’tlashi, uzluksiz boqilishi bilan izohlanadi. O’tloqlarning begona o’ti hisoblangan Iris ruthenicum o’zining ontogenezini to’la ravishda o’tagan va katta maydonlarni egallab olgan. Iris ruthenicum ning kichik populyatsiyalarini Sirdaryo qirg’oqlari to’qayzorlarida uchrashi ilmiy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi va Farg’ona vodiysida Iris L. turkumi bo’yicha mavjud ma’lumotlarni to’ldiradi.
Olib borilgan tadqiqotlar davomida to’qayzor landshaftini agroekolandshaftga aylantirilganligining asosi sifatida ikkita muhim kritik holat aniqlandi.
1. To’qay hududining deyarli hamma joyiga namlikni ushlab turish, tuproq erroziyasini oldini olish va boshqa xo’jalik maqsadlarida 50 yillar ilgari ko’p miqdorda yasenь daraxtlari ekilgan. Bundan tashqari to’qay hududidan aholi foydalanishi uchun yer maydonlari ajratilib, terak, tol, tut kabi madaniy daraxtlarni ekishga ruxsat berilgan.
2. Sirdaryoning Farg’ona vodiysidan oqib o’tuvchi oqimlarida yaqin 50-60 yil mobaynida to’qayzor yovvoyi tabiat sifatida mutassadi tashkilotlar yoki ma’muriy hududiy tuzilmalar tomonidan muhofazaga olinmagan, garchi qo’riqlanishi uchun bir qator chora –tadbirlar belgilangan bo’lsada, bu tadbirlar qonuniy amal oshirilmagan, nazoratga olinmagan. Aholi tomonidan maxsus ruxsatnomasiz tabiiy daraxt va butalar yoqilg’i sifatida foydalanib kelingan. (Bu holatni o’tin uchun kesilgan daraxtlarning to’nkalarida ko’rish mumkin).
To’qay va to’qayzorlar o’simliklari mahalliy xalq daryo bo’ylariga yaqin bo’lgan joylarni va u yerlarda o’suvchi o’simliklarni tushunadi. To’qayzorlar ko’p joylarda daraxt, buta, chala buta va o’tlarning birgalikda o’sishidan tashkil topgan. Ba’zan chirmashib o’suvchi (liana) o’simliklar ham uchraydi. To’qayzorlar O’rta Osiyoning, jumladan O’zbekistonning cho’l mintaqasidan tog’ mintaqasigacha bo’lgan daryo bo’ylarida uchraydi. Lekin uning asosiy maydoni daryolarning o’rta va quyi oqimi bilan bog’liqdir. Tog’ mintaqasida bunday maydonlar ingichka o’zantarmoq hosil qilib yotadi. Tog’ oraliqlari va soylardan oqib o’tadigan daryo bo’ylarida turli o’simliklar daraxt, buta va chala butalar ko’p o’sadi. Ulardan tol, terak, qayin, tog’olcha, do’lana, kamxastak, onda-sonda yong’oq, olma, jiyda kabilar o’sadi. Bulardan tashqari, itburun, zirk kabi butalar ham ko’p uchraydi. Bu joylarda bir yillik va ko’p yillik o’simliklardan agrostis, tomirdori, g’ovpechak, kendir, qiyoq, yalpiz va boshqalar daryo yoqalarida chim hosil kiladi. Adir mintaqasidagi to’qaylar ancha katta-katta maydonlarni tashkil etadi. CHunki ba’zan suv kelib daryolar toshganda ular kengayib, qirg’oqlargacha suv chiqadi.
Keyinchalik suvlar kamayib, daryolar tor o’zan hosil qilib oqadi va uning chekkalarida esa to’qayzorlar hosil bo’ladi. Bu mintaqadagi to’qaylarda daraxtlarga nisbatan buta va chala butalar (jangak, turangil, tol, chakanda, yulg’un) ko’p yillik o’simliklardan jiyda, oq nilufar, kovar kabilar ko’p o’sadi. Bulardan tashqari yantoq, qizilmiya, turli astragallar hamda bug’doydoshlar oilasidan ham ko’pgina o’simliklar o’sadi.
To’qaylarning bo’z va qo’ngir tuproqdan iborat yuqori mintaqalarda toshloq maydonlar ham uchraydi. Tuproqlardan qishloq ho’jaligida chorva mollarini boqishda ma’lum darajada foydalaniladi.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish