4.24-rasm. Rekuperativ to‘xtatishning xarakteristikalari
Dvigatel 4.25-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha ulanganda, magnit oqimi F, tezlik va yakor e.yu.k. E o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirmaydi (4.1,a -rasmga qarang). Sxemaga qarama-qarshi qutblangan kuchlanish U berilganda, yakor zanjiridagi tok I o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi va dvigatel momenti M to‘xtatuvchi bo‘lib qoladi. SHunday qilib, teskari ulanishli to‘xtatish, elektromagnit moment yo‘nalishi yakor burchak tezligini yo‘nalishiga teskari bo‘lgan paytdan boshlab xosil qilinadi.
4.25-rasm. MQ O‘TDni teskari ulanishli to‘xtatishni ulanish sxemasi
|
4.26-rasm. Teskari ulanishli to‘xtatishnig xarakteristikalar
|
YAkorga berilgan kuchlanish U va e.yu.k. E bu rejimda 4.25-rasmda ko‘rsatilgandek bir yo‘nalishda taosir ko‘rsatadi. YAkor zanjiridagi tok
I = (U + E)/R (4.43)
(4.43) dan ko‘rinadiki, tokni joiz (ruxsat etilgan) qiymatigacha chegaralash uchun yakor zanjiriga ishga tushirish rejimidagiga nisbatan, qiymati katta bo‘lgan qarshilik kiritilishi kerak bo‘ladi. Teskari ulanishli to‘xtatishni mexanik xarakteristikalari 4.26-rasmda II va IV kvadrantlarda keltirilgan. Bu xolatlar uchun xam (4.4) va (4.5) tenglamalar to‘g‘ridir.
Reaktiv yuklama momentli (-Msr) EYU teskari ulanishli to‘xtatilganda (1 xarakteristika), dvigatel yakor zanjiri, tezlik =0 bo‘lganda, kuchlanish manbasidan uzilishi shart, aks xolda dvigatel revers rejimiga o‘tadi, yaHni - 1 tezlikgacha teskari yo‘nalishda tezlanadi. Aktiv yuklama momentida (Msa) va u Msa > Mk bo‘lganda, dvigatel - 2 ga teng turg‘un tezlikka erishadi (2 xarakteristika). YAkor zanjiri qarshliklarini ort-tirish yoki kamaytirish orqali to‘xtatishdagi boshlang‘ich Mtb momentni keng oraliqda o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Dinamik to‘xtatish. Bu rejim yakorni tarmoqdan uzish va uni keyinchalik tashqi qarshilikka ulash orqali xosil qilinadi. Qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami bunda tarmoqqa ulangan xolda qoladi (4.2-rasmga qarang) va dvigatel avtonom generator rejimida ishlay boshlaydi.
2.27-rasm. Dinamik to‘xtatishnig mexanik xarakteristikalari
Dinamik to‘xtatishda EYU da yig‘ilgan kinetik energiya elektr energiyasiga o‘zgartiriladi. YAkor cho‘lg‘amida xosil qilingan e.yu.k. E o‘zining dvigatel rejimidagi yo‘nalishini saqlab qoladi. YAkor zanjiri yopiq bo‘lganligi sababli, undagi tok I o‘z yo‘nalishini qarama-qarshiga o‘zgartiradi (4.1,a - rasmga qarang) va dvigatel to‘xtatuvchi moment xosil qiladi. YAkor zanjiriga tashqi kuchlanish keltirilmaganligi sababli (U=0), undagi tok quyidagicha aniqlanadi
I = - E / R (4.44)
Ushbu rejimga, mos keluvchi xarakteristikalar 4.27-rasmda II kvadrantda qurilgan. YAkor zanjiridagi qarshiliklar orttirilganda xarakteristikalarning og‘ishi xam ortadi. Bu boshlang‘ich to‘xtatish momenti Mt qiymatini tanlash va tezlikni kamayishi bilan uni maolum bir oraliqda ushlab turish imkoniyatini beradi. Reaktiv statik yuklama moment Msr da EYU ni to‘xtatish =0 tezlikgacha amalga oshiriladi, aktiv yuklama momenti Msa da esa R qarshilik qiymatiga bog‘liq ravishda - 1 yoki - 2 ga teng bo‘lgan to‘xtatish tezliklari taominlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |