1. Filptr qoplovchi va filptr simmetriyalovchi qurilmalarni ishlatish xisobiga bir paytning o‘zida reaktiv quvvatni qoplash, oliy garmonikalarni filptrlash va kuchlanishni faza bo‘yicha siljishini kamaytirish tapminlanadi. Bu qurilmalarni, ventilli EYU larning elektr tarmog‘iga ulanish uzeliga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 4.19-rasmda bunday qurilmalarning baozi bir sxemalari ko‘rsatilgan.
Ko‘rsatilgan qurilmalar boshqariladigan qoplagich BK (kompensator; u reaktiv quvvatni rostlashni amalga oshiradi va maxsus tiristorli o‘zgartkich asosida bajariladi) va energetik filptrdan F (u EYU tokining oliy garmonikalarini filptratsiya qilish, xamda reaktiv quvvatni qoplash uchun ishlatiladi) tashkil topadi.
a) b) v)
4.19- rasm.Filptr qoplovchi qurilmalarning sxemalari
Energetik filptrlar, ventilli EYU ning (yuklama oliy garmonikalari) chastotasiga to‘g‘rilangan ketma-ket induktiv-sig‘imli L-C rezonans zanjirdan tuzilgan bo‘ladi. Filptrni parallel ulangan rezonans zanjirlarining soni shunday tanlab olinadiki, bunda kuchlanishning nosinusoidallik koeffitsienti 5% dan kam bo‘lishi kerak. Xar qaysi oliy garmonika uchun o‘z filptri ishlatiladi.
Anoanaviy qoplovchi qurilmalardan foydalanish yo‘li orqali, bular qatoriga sinxron dvigatel(SD), sinxron kompensatorlar, qoplovchi kondensatorlar batareyasi, shuningdek tiristorli reaktiv quvvat manbalari kiradi.
Sinxron dvigatellar, elektr tapminoti tizimidagi reaktiv quvvatni qoplovchi samarali va qulay vosita xisoblanadi. SD, o‘zining yuritmadagi elektrodvigatel sifatida asosiy vazifasini bajarish bilan bir qatorda tarmoqqa reaktiv quvvatni generatsiya qilishi mumkin. Bu, dvigatel qo‘zg‘atish tokini mos ravishda rostlash orqali tapminlanadi.
Sinxron kompensatorlar - yuklamasiz ishlayotgan sinxron dvigatellardir, ularning asosiy vazifasi qilib faqat elektr tapminoti tizimidagi reaktiv quvvatni rostlash belgilanadi.
Kondensatorlar, reaktiv quvvatni boshqa manbalari bilan solishtirilganda quyidagi afzalliklarga ega: reaktiv quvvvat yo‘qotishning kamligi; yig‘ish va ishlatishning soddaligi. Ularning kamchiliklari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: xosil qilinayotgan quvvatni kuchlanishga bog‘liqligi; tok va kuchlanish bo‘yicha o‘ta yuklamalarga chidamliligining etarli emasligi (pastligi), shuningdek oliy garmonikalar tarkibi yuqori bo‘lgan tarmoqda ishlashining yomonlashishi.
Tiristorli reaktiv quvvat manbalari, ventillari sunpiy kommutatsiya qilinuvchi o‘zgartkichlardan foydalanib yaratiladi. Bunday o‘zgartkichning o‘zgarmas tok zanjirida reaktor (induktiv reaktiv yig‘uvchi) yoki kondensatorlar batareyasi (sig‘imli energiya yig‘uvchi) ulangan bo‘ladi. O‘zgartkich bilan reaktiv elementlarning birikmasi elektr tapminoti tizimidagi reaktiv quvvatni rostlash uchun qurilma yaratish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |