Nazorat uchun savollar
1) Kuchlanish yordamida tezlikni rostlash qanday amalga oshiriladi?
2) Kuchlanish rostalangandagi MQ O‘TD ning ulanish sxemasini chizing va uni taoriflang
3) Kuchlanish rostlangandagi xarakteristikalarni ko‘rsating
4) "Generator-dvigatel" tizimi nima uchun ishlatiladi va u qanday tuzilgan?
5) Ventil o‘zgartkich-dvigatel tizimi nima va uning asosiy xossalari qanday?
6) Ventil o‘zgartkichli tizimdagi xarakteristikalar va ular uchun ifodalarni ko‘rsating?
7) Ventil o‘zgartkichli tizimda reversiv rejim qanday xosil qilinadi?
8) Ventilli EYUning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini ayting
9) Rostlashning impulps usuli qanday amalga oshiriladi?
10) Tiristorli kalit nima va u qanday ishlaydi?
Adabietlar
[1,III- bob , 83-87 betlap, 3.9, 102-125 betlar]
[2. 3-bulim. 3.2,3.3,3.4,3.10, 64-86 betlar]
[5. 3-bo‘lim, 3.1-3.5, 109-114 betlar]
22 MAVZU
VENTILLI O‘ZGARMAS TOK ELEKTR YURITMASINI ELEKTR TAOMINOTI TARMOG‘IGA TAHSIRI VA BU TAHSIRNI KAMAYTIRISH USULLARI
DISKRET VA NLGARILANMA XARAKATLANUVCHI MOTORLI ELEKTR YURITMALAR. TEZ VA SEKIN, HARAKATLANUVCHI MOTORLI ELEKTR YURITMALAR. TAKLIDCHI ELEKTR YURITMALAR.
Reja:
1. O‘zgarmas tok ventilli elektr yuritmasining quvvat koeffitsienti
2. Ventilli o‘zgarmas tok elektr yuritmasi tomonidan tarmoq kuchlanish shaklini buzilishi
3. Quvvat koeffitsientini oshirish, kuchlanish va tokning nosinusoidallikni kamaytirish usullari
4. MQ O‘TD ni to‘xtatish rejimlari
Tayanch so‘z va iboralar
Ventilli elektr yuritma, quvvat koeffitsientini kamayishi, kuchlanishi sinus shaklini buzilishi, nosinusoidallik koeffitsienti, filptr koplovchi va filptr simmetriyalovchi qurilmalar, anoanaviy qoplovchi qurilmalar, o‘zgartkichlarni maxsus boshqarish qoidalari va usullari, rekuperativ teskari ulanishli va dinamik to‘xtatishlar.
Rostlanadigan ventilli o‘zgarmas tok elektr yuritmasi o‘zining ishlash jarayonida elektr tapminoti tarmog‘iga yomon taosir ko‘rsatadi. Bu tarmoq kuchlanishi quvvat koeffitsientining kamayishida va uning sinusoidal shaklining buzilishida ko‘rinadi.
Quvvat koeffitsientining kamayishi elektr tapminoti tizimidagi reaktiv quvvatni oshiradi, bu kuchlanish va energiyani qo‘shimcha yo‘qolishlariga va tarmoq elementlarini o‘tkazish qobiliyatini oshirishni talab qiladi.
Ventilli elektr yuritma tomonidan tarmoq kuchlanishini sinusoidal shaklining buzilishi va buning oqibatida paydo bo‘ladigan kuchlanishning oliy garmonikalari, shu tarmoqqa ulangan elektrotexnik qurilmalariga yomon taosir ko‘rsatadi. Bu dvigatellar qizishini ortganligi, ularning quvvatini va f.i.k. kamayganligi, ishlashdagi shovqin va tebranishlarni kuchayganligida ko‘rinadi.
Kuchlanishda oliy garmonikalar borligi, avtomatika, ximoya va signalizatsiya qurilmalari ishini xam buzadi, aloqa tarmoqlarida esa xalaqitlar xosil qiladi. Kuchlanish va tokning nosinusoidalligi, tok, kuchlanish va quvvatning effektiv qiymatlarini o‘lchovchi asboblarda qo‘shimcha xatoliklarga olib keladi. Kuchlanishning nosinusoidalligi, reaktiv quvvatni qoplash uchun ishlatiladigan kondensator batareyalariga xam yomon taosir ko‘rsatadi, ularda tok va kuchlanish bo‘yicha qo‘shimcha yuklama xosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |