Dvigatel yakoridagi kuchlanishni impulpsli rostlash. Bunda dvigatel yakori kalit K (4.22-rasm) yordamida davriy ravishda kuchlanish manbaiga ulanadi. Kalit yopiq xolatda bo‘lganda, manba kuchlanishi taosiri ostida dvigatel yakori orqali, uzuq xolatini esa o‘z-o‘zini induksiyalovchi e.yu.k. taosirida, diod VD orqali tutashadigan tok oqib o‘tadi. YAkordagi tok bunda pulpsli xarakterga egadir. Nisbiy kenglikni rostlash natijasida, dvigatelning turli mexanik xarakteristikalarini olish mumkin.
4.22-rasm. MQ O‘TD tezligini kuchlanishni impulpsli o‘zgartirish orqali rostlash: a - sxema, b - xarakteristika.
=1 bo‘lganda, dvigatel yakoriga uzluksiz ravishda manbaning to‘la kuchlanishi beriladi va bunga dvigatelning tabiiy xarakteristikasi 1 mos keladi. Agar =0 bo‘lsa, unda kuchlanish berilmaydi, dvigatel dinamik to‘xtatish sxemasi bo‘yicha ulangan bo‘lib, uning mexanik xarakteristikasi 3 koordinata boshidan o‘tadi. Nisbiy kenglikning oraliq qiymatlariga 0< <1 esa bu ikki chegaraviy xarakteristikalar orasida joylashgan 2 xarakteristikalar mos tushadi.
Kuchlanishni impulpsli rostlashda tokning uzulishli rejimi xosil bo‘ladi. Dvigatel xarakteristikalari egri chiziqli bo‘lgan, uzulishli tok soxasi, 4.22, b-rasmda shtrixli chiziqning chap tomonida joylashadi. Qolgan soxalarda dvigatel xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lib, quyida tenglama bilan ifodalanadi.
= U / ( F) - M Rya / (k F)2 (4.40)
Impulpsli rostlash sxemalari uchun, zamonaviy elektr yuritmalarda kontaktsiz yarim o‘tkazgichli, odatda tiristorli kalitlar ishlatiladi.
4.23-rasm. Tiristorli kalit sxemasi
4.23-rasmda, kuchlanishni impulpsli rostlash uchun ishlatiladigan sxema keltirilgan. Kalit, asosiy VS1, yordamchi VS2 tiristorlardan va ulovchi elementlardan Sk, Lk va VDk iborat bo‘ladi. Sxemada, kondensatorni (Sk) dastlabki zaryadlanishi (yuqori qobig‘ida plyus bilan) tarmoq kuchlanishdan VS2 tiristori ochilganda sodir bo‘ladi. Bundan VS1 tiristor yopiq (kalit K-uzuq) va dvigatel tarmoqdan uzilgan bo‘ladi. VS1 tiristorga boshqaruv impulpsi berilganda, u ochiladi va O‘TD ga kuchlanish beriladi.
SHu vaqtning o‘zida ushbu tiristor va VDk, Lk elementlari orqali Sk kondenstorni qayta zaryadlanishi boshlanadi (yuqori qobig‘ida minus bilan). SHuning uchun, VS2 tiristorning anodi potensiali uning katodi potensialiga nisbatan manfiyroq bo‘lib qoladi va VS1 tiristor berkiladi. Impulps-fazali boshqaruv tizimi (IFBT) yordamida VS1 tiristorni boshqaruv impulpslarining nisbiy kengligini o‘zgartirib va bunda yordamchi tiristor VS2 impulpslar berilishini muvofiqlashtirish orqali, O‘TD dagi kuchlanishni impulpsli rostlash amalga oshiriladi.
Tezlikni impulpsli rostlash ko‘rsatkichlari asosan uzluksiz rostlash usullariga mos keladi. SHu bilan birga impulpsli elektr yuritmalarning energetik ko‘rsatkichlari biroz yomonlashadi. Bu, dvigatelda qo‘shimcha energiya yo‘qotishlarga olib keluvchi, yakor tokidagi o‘zgaruvchan tashkil qiluvchilarning mavjudligi bilan izoxlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |