Kirish audit va auditorlik faoliyatining mohiyati


Auditorlik tashkilotlarining “yoshi”



Download 0,89 Mb.
bet9/12
Sana17.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#814686
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
03.Auditorlik faoliyatining professional xizmatlari turlari va ularni takomillashtirish muammolari

Auditorlik tashkilotlarining “yoshi” 3

Auditorlik tashkilotlarining faoliyat ko’rsatish yillari davomiyligi

Umumiyga nisbatan foizda, %




2015

2016

2017

Bir yildan kam

3,8

5,8

1,0

1-3 yil

5,8

4,8

8,9

3-5 yil

8,6

10,6

5,9

5-10 yil

35,6

23,1

21,8

10 yildan ko'p

46,2

55,7

62,4

Keyingi yillarda auditorlik bozori rivojlanishining barqaror dinamikasi ko‘zga tashlanmoqda. Auditorlik xizmatlari hajmining yillik o‘sish sur’ati 12-14% (2015-yilda 12,22%)ni tashkil qildi. Auditorlik tashkilotlari mijozlar bazasining kengayishi va xizmatlari sifatining yaxshilanishi hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ushbu faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi bilan izohlanadi. Auditning asosiy sohalarini qamraydigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar kuchga kiritildi. Professional hamjamiyat bozor iqtisodiyoti talab-ehtiyojlariga javob beradigan audit o‘tkazish ko‘nikma va tajribasiga ega bo‘ldi. U xalqaro audit standartlariga (XAS) o‘tish zaruratini borgan sari ko‘proq anglab yetyapti.


Biroq milliy audit standartlarini xalqaro standartlar bilan yaqinlashtirishga doir muayyan qadamlar qo‘yilganligiga qaramay, xalqaro audit standartlarigani joriy etish bilan bog‘liq bir qator muammolar mavjud. Xususan, ushbu jarayonlarning amalga oshirilishiga XASning o‘zbek va rus tillariga rasmiy tarjimasi yo‘qligi; xalqaro audit standartlariga dan foydalanish va uni qo‘llash uchun zarur infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi; ko‘pgina auditorlar XASga o‘tish milliy iqtisodiyot xususiyatlariga monand kelmasligi xususida
yanglish fikrga borishi; xalqaro audit standartlariga bo‘yicha audit o‘tkazishga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlaming asossiz ravishda ko‘p xarajat qilishlari;
ko‘pgina auditorlarning xalqaro audit standartlariga asoslari bo‘yicha malaka darajasi pastligi to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu jarayonga auditorlar professional birlashmalari va boshqa manfaatdor jamoatchilikning, shu jumladan auditorlik xizmatlaridan foydalanuvchilarning auditorlik faoliyatini tartibga solishda etarli darajada ishtirok etmayotganligi; xalqaro audit standartlariga ko‘ra audit o‘tkazish masalalari bo‘yicha darsliklar, qo‘llanmalar va ma’lumot materiallarining yetishmasligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Bugungi kunda xalqaro audit standartlari masalalari bo‘yicha bilimlarning salmoqli qismi mustaqil bilim olish yoki xalqaro auditorlik kompaniyalarida ish tajribasiga ega bo‘lish natijasida olinayotganligi ham muhim ahamiyatga ega.
Milliy iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va jahon miqyosida davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida auditni puxta tashkil etishni talab qiladigan, ularning ayrim jihatlarini qamrab oladigan bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos ob’ektlari va institutlari paydo bo‘lyapti. Bu esa, o‘z navbatida, yuqorida tilga olingan muammolarni hal etish bo‘yicha auditning tegishli me’yoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish va takomillashtirishni talab qiladi.
Auditdagi o‘zgarishlar, xususan, xalqaro audit standartlarining joriy etilishi asta-sekin, professional va boshqa manfaatdor jamoatchilikning imkoniyatlari, ehtiyojlari va tayyorgarligini hisobga olgan holda yuz berishi kerak. Axborot yig‘ish va unga ishlov berishning yangi usullari va taomillariga amalda ishlov berish uchun vaqt kerak.
Xalqaro audit standartlarini O‘zbekiston iqtisodiyotida keng qo‘llash uchun ushbu standartlardan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydalanishini ta’minlaydigan infratuzilmani barpo etish shart. Ayni shu bois doimo ishlaydigan nodavlat organ zarur. Bu organ: xalqaro audit standartlarining o‘zbek va rus tillaridagi rasmiy matnlarini tayyorlashi; ingliz tilidagi matndagi o‘zgarishlarni kuzatib borishi va ularni o‘z vaqtida respublikada rasmiy ravishda moslashtirilgan matnga kiritishi; o‘zbek va rus tillarida xalqaro audit standartlari atamalari glossariysini yuritishi kerak. U audit, buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil, menejment va boshqa turdosh sohalarda yuqori malakali tarjimonlar va mutaxassislardan iborat bo‘lishi kerak.
Kasbiy ta’limni takomillashtirishsiz buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirib bo‘lmaydi. Bir tarafdan, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotda axborotni shakllantirish kontseptsiyasi va muayyan qoidalarini tushunadigan, audit o‘tkazishning zamonaviy ko‘nikmalarini egallagan malakali auditorlarning yetarli miqdorini tayyorlash lozim. Boshqa tarafdan esa, auditning sifatli tizimi auditda shakllanadigan axborotga ehtiyojmand foydalanuvchilarning yetarli miqdori bo‘lishini taqozo qiladi. Ular iqtisodiy qarorlar qabul qilganda, xususan, kapitalni investitsiyalash yo‘nalishlarini tanlash va bu bilan bog‘liq xatarlarni tahlil qilish chog‘ida axborotdan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak. Bunday foydalanuvchilarning bo‘lishi auditni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir.
Auditni isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, auditorlik kompaniyalari rolini oshirish va ularni rivojlantirish, xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular ko‘rsatayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish maqsadida respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi qarori bilan qator yillarda respublikada mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Ularda quyidagi ustuvor vazifalar ajratib ko‘rsatildi:
- auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini xalqaro qoidalar va standartlarga muvofiq takomillashtirish;
- xalqaro audit standartlari asosida eng yirik korxonalarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish amaliyotini joriy etish;
- auditorlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
- respublikadagi auditorlarning professional birlashmalari faoliyatini takomillashtirish.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” gi 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 martdagi 218-son qaroriga asosan “Auditorlik faoliyatini litsenziyatini tartibi” to’g’risida Nizom tasdiqlandi, auditni takomillashtirish maqsadida "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tayyorlandi.
Ulardan maqsad auditning amaldagi tizimini xalqaro audit prinsiplariga muvofiq o‘zgartirishdir. “Litsenziya ko'plab boshqa imkoniyatlar qatorida badiiy, tijorat, professional yoki ijtimoiy-ma'rifiy bo'lishi mumkin bo'lgan qonuniylik bilan chambarchas bog'liq. Asosiy farq, qonuniylik, litsenziyani ruxsat berish (erkinlik shakli) mavjudligini hisobga olgan holda, muvofiqlikni (ijtimoiy nazorat shaklidir) anglatadi”. 4 Qonuniylik litsenziyani talab qiladi, ammo aksincha, teskari emas.
Qabul qilingan, qilinayotgan me’yorlar va qoidalarning amalga oshirilishi auditning qonunchilik bazasini takomillashtirish va iqtisodiyotning barcha darajalarida uning sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlash imkonini beradi.
O‘tkazilayotgan islohot raqobat muhitini rivojlantirish, auditga nisbatan ishonchni oshirish, auditorlik tashkilotlarini kapitallashtirish va moliyaviy barqarorligi, yagona talablar va standartlar asosida xizmatlar hajmlarini kengaytirish va ular sifatini yaxshilash, auditorlik tashkilotlarining kadr salohiyatini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiyotni rivojlanib borishi, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning o‘zaro va xalqaro iqtisodiy aloqalarining keng ko‘lamda jadallashib borishi, shubhasiz, yuqori saviyadagi auditorlik xizmatlariga bo‘lgan talabni taqozo etadi. Ma’lumki, har bir korxona, umuman tadbirkorlik sub’yekti o‘zining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan o‘rganib, tahlil qilib, unga baho berishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlab, kelgusi ish rejalarini belgilab olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu ishlami amalga oshirishda auditorlik xizmatlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti aniq va to‘g‘ri hisob-kitobni, har bir so‘mni tejab-tergab sarf qilishni talab qiladi.
Auditorlik xizmati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini atroflicha tekshirib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni aniqlash bilan birga ularni bartaraf etish, maromiga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar berib, yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatadi hamda boshqa konstalting xizmatlarini ham bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bir qancha qonunlar, taraqqiyotimizning yangi bosqichi hisobga olingan holda amaldagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonunlar ishlab chiqmoqda.
Mamlakatimizda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi asosida moliyaviy javobgarlikning erkinlashtirilishi tadbirkorlik faoliyatini yuritishda qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit shakllanishi uchun zamin yaratadi.
Shuningdek, Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida auditorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-sonli «Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish to‘g‘risida»gi Qarori va «Auditorlik tashkilotlari to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilindi.
Umuman xulosa qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda auditorlik tashkilotlari oldiga qo‘yilgan talablarni samarali bajarish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan xolisona auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish xizmatlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Auditor malaka sertifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti shtatida bo‘lsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir auditor malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har bir yil mobaynida respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha 60 soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslarini o‘tishi shart.
Auditor malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, agar da’vogar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo‘lsa beriladi.
Malaka imtihoni auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga da’vogar bo‘lgan shaxslar bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi.
Malaka imtihonini topshirishga Nizom bilan belgilanadigan malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar qo‘yiladi. Malaka sertifikatini berganlik, amal qilishini uzaytirganlik, qayta rasmiylashtirganlik uchun, shuningdek uning dublikatini berganlik uchun da’vogar (auditor) Nizomda belgilangan miqdorlarda yig‘im to‘laydi.
Ko‘rsatilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda malaka imtihonlarini o‘tkazish va auditor malaka sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish