Bog'liq 03.Auditorlik faoliyatining professional xizmatlari turlari va ularni takomillashtirish muammolari
4.Auditorlik kasbiga malakaviy talablarni belgilash va uni litsenziyalashning maqsadi hamda ahamiyati O‘zbekiston mustaqilligi yillarida yuz bergan jiddiy o‘zgartirishlar jumlasiga, shubhasiz, mamlakatda audit institutining barpo etilishi va rivojlantirilishi kiradi. Buni ko‘p jihatdan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga o‘tish davlat dasturi oldindan belgilab qo‘ygan edi. Audit sohasidagi davlat siyosati ushbu faoliyatni mustahkamlash va kengaytirishga, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga yo‘naltirilgan. Audit sohasini isloh qilishdan maqsad xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy ahvoli va faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risida ishonchli axborot bilan ta’minlash bo‘lib, bunday axborotsiz chet ellik hamkorlarning ishonchiga erishib bo‘lmaydi.
Bugungi kunda audit tizimi milliy iqtisodiyot moliyaviy sohasining ajralmas qismiga aylandi. Moliya tizimini izchil isloh qilish va bozor infratuzilmasini takomillashtirish natijasida respublikada auditorlik faoliyatining qonunchilik- huquqiy asosi yaratildi, uni rivojlantirishni jadallashtirish uchun ta’sirchan iqtisodiy omillar hamda soliq imtiyozlari va preferentsiyalari qo‘llanmoqda, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berish tizimi jiddiy ravishda soddalashtirildi va erkinlashtirildi. Xususan, ular endi amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi. Yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar uchun ularning amal qilish muddatini vaqtinchalik to’xtatib qo’yish yoki tugatish to‘g‘risidagi qarorlar faqat sud tomonidan qabul qilinadi. Auditorlik tashkilotlari 2017 yilning 1 yanvarigacha foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod qilinganlar.
Auditorlik tashkilotlarining mas’uliyatini kuchaytirish, faoliyatini rag‘batlantirish va xizmat sifatini oshirish, tartibga solishning samarali usullarini joriy etish, auditorlik xizmatlari bozorida nohalol raqobatni bartaraf etish uchun:
- 2008-yilning 1-yanvaridan auditorlik tekshiruvlarining turiga bog‘liq holda auditorlik faoliyatiga litsenziyalami tabaqalashtirish tizimi joriy etildi;
- auditorlik tashkilotlarining birgina xo‘jalik yurituvchi sub’ektda 3 yildan ko‘p vaqt ketma-ket auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishi taqiqlandi;
- auditorlik tashkilotlari va auditorlarning javobgarligini, ular taqdim etadigan xizmatlarning sifatini oshirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari belgilandi;
- auditor auditorlik faoliyatini amalga oshirish va faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi bo‘lishga haqli;
- auditorlik tashkilotlari auditorlar ish sifatining ichki standartlariga ega bo‘lishlari shart;
- auditorlik tashkilotining litsenziyasi va auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asoslar qaytadan ko‘rib chiqildi;
- auditorlik tashkilotining rahbari 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tishi shart;
- auditorlik tashkilotlari Moliya vazirligiga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili taqdim etishlari shart;
- professional jamoat birlashmalari tomonidan auditorlik tashkilotlari ning majburiy reyting baholanishi tizimi joriy etildi;
- Moliya vazirligi 3 yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishi shart;
- 2008-yilning 1-avgustidan belgilangan tartibga ko‘ra auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 50 foizi muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablag‘laridan, qolgan qismi auditorlik faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi, shuningdek boshqa talablar joriy etildi. Ya’ni auditorlik tashkilotlarining uchdan ikki qismi - 66,34%i yuqori toifadagi litsenziyaga ega (3-jadval). Yanada yuqoriroq darajadagi litsenziya olishga intilishning kuzatilayotganligi auditorlik tashkilotlarining yiriklashtirilayotganligi, salohiyati oshayotganligidan guvohlik beradi. Auditorlik tashkilotlarining aksariyati (84,2%) ushbu faoliyat turi bilan 5 yil va undan ko‘p vaqtdan buyon shug‘ullanadi bu esa professiomlizmnmg o‘sayotganligi va audit pozitsiyalarining mustahkamlanayotganligini tasdiqlaydi.
2-jadval