Kirish audit va auditorlik faoliyatining mohiyati


O’zbekiston Res’ublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari



Download 0,89 Mb.
bet10/12
Sana17.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#814686
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
03.Auditorlik faoliyatining professional xizmatlari turlari va ularni takomillashtirish muammolari

5.O’zbekiston Res’ublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari
O’tgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kom’aniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini tahminlashga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va kor’orativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to’sqinlik qilmoqda5 , xususan:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi ‘ast, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan mahmuriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo’yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o’tkazish amaliyoti kop hollarda insofsiz, shu jumladan narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo’lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini tahminlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
to’rtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy tahsir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini ko’rsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora ko’rish imkonini bermaya’ti;
Auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
1. O’zbekiston Res’ublikasi auditorlik faoliyatini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishni ta’minlash:
auditorlik faoliyati to’g’risidagi onun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ta’sirchan tizimini shakllantirish;
yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta’minlash;
auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qo’llash masalalarida faol uslubiy jihatdan qo’llab- quvvatlashni tashkil etish;
auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qo’llash sohasida jahonning ilg’or tajribasini ommalashtirish bo’yicha faoliyatini faollashtirish.
2. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari rahbarlari zimmasiga chora-tadbirlar rejasining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklash.
3. 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab shunday tartib o’rnatildiki6, unga muvofiq: tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot tadbirkorlik sub’ektlarining yagona davlat reestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari reestriga kiritilmagan bo’lsa, o’z nomida «auditorlik tashkiloti» so’zlaridan foydalanishga haqli emas;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish huquqini beradi;
auditorlik tashkilotining ustav ka’itali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag’laridan shakllantiriladi;
auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida to’rt nafar shtatdagi auditordan iborat bo’ladi;
aynan bitta xo’jalik yurituvchi subhektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket yetti yildan ortiq bo’lmagan muddatda o’tkaziladi;
O’zbekiston Res’ublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan o’tkaziladi;
auditorlik tashkilotlari o’zlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlashmalarining veb-saytlarida o’tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to’g’risidagi axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko’rsatgan holda e’lon qiladi.
Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2019 yilning 1 apreliga qadar belgilangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni to’liq to’ldirilishini ta’minlashi shart.
4. 2019 yil 1 yanvardan:
- auditorlik tashkilotlari ustav ka’italining eng kam miqdoriga doir;
- auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan o’tishi bo’yicha;
- ustav ka’italida davlat aktsiyalari (ulushlari) to’plami 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalarda tashqi auditni o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini O’zbekiston Res’ublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi va Moliya vazirligi tomonidan
belgilanadigan ro’yxat ichidan tanlov asosida tanlash to’g’risidagi talablar bekor qilindi.
5. Belgilandiki, 2020 yil 1 yanvardan:
- hisobot yili yakuni bo’yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o’zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim:
- aktivlarning balans qiymati eng kam ish haqining 100 ming barobar miqdoridan ortiq bo’lsa;
- mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum eng kam ish haqining 200 ming barobar miqdoridan ortiq bo’lsa;
- xodimlarning o’rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo’lsa;
- auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;
- majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari O’zbekiston Res’ublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinadi.
6. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibida to’rtta shtat birligidan iborat professional tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatinitashqi nazoratdan o’tkazish bo’limi tashkil etishi, shunga mos ravishda vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni oshirilish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilning 1 iyuliga qadar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan o’tkazish tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarining akkreditatsiyadan o’tgan jamoat birlashmalariga majburiy a’zoligini belgilash bo’yicha takliflarni kiritishi kerak.
7. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarini ma’qullash:
- auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o’n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish;
- xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo’lganda auditor malaka sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam bo’lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo’lganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini to’shirmasdan amalga oshirish;
- «buxgalteriya hisobi» va «audit» mutaxassisliklari bo’yicha magistr diplomiga ega bo’lgan auditor malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo’lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik asosida) ega bo’lish talabini o’rnatish;
8. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi quyidagilarni ta’minlasin:
- har yili 1 iyulga qadar majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tgan xo’jalik yurituvchi subhektlar to’g’risida quyidagi axborotni o’z veb-saytida joylashtirish: xo’jalik yurituvchi subhektning identifikatsiya mahlumotlari (soliq to’lovchining nomi va identifikatsiya raqami);
- auditorlik tashkilotining identifikatsiya mahlumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami);
auditorlik xulosasining nusxasi;
- majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazmagan xo’jalik yurituvchi subhektlarga nisbatan o’z vaqtida choralar ko’rish;
- quyidagilar bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish:
majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi shart bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar to’g’risida;
majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qo’llanilgan moliyaviy sanktsiyalar to’g’risida.
9. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
- auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari reestrini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining mahlumotlar bazasi bilan taqqoslash orqali tadbirkorlik subhektlari tomonidan o’z firma nomida «auditorlik tashkiloti» so’z birikmasidan foydalanishning qonuniyligini o’rganish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilishini ta’minlashi;
- manfaatdor vazirlik va idoralar, auditorlarning res’ublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda 2019 yilning 1 yanvariga qadar muddatda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo’yicha takliflar kiritishi:
O’zbekiston Respublikasi hududida qo’llash uchun xalqaro audit standartlarining o’z vaqtida tan olinishini ta’minlash maqsadida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan xalqaro audit standartlarini mahalliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari bo’yicha o’zaro hamkorlikni rivojlantirish;
auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
- 2019 yilning 1 yanvarigacha faoliyat yuritayotgan va mazkur qaror talablariga javob beradigan auditorlik tashkilotlariga yangi namunadagi auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berishni ta’minlashi;
- O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda 2019 yilning 1 aprelidan keyin talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish choralarini ko’rishi.


XULOSA
Bozor infratuzilmasining unsurlari, avvalambor, auditorlik tashkilotlari faoliyatining o’zimizga xos, milliy standart asosida faoliyat yuritishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro andozalarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda.
Auditorlik faoliyatining professional xizmatlari turlari va ularni takomillashtirish muammolari o‘rganib chiqib, quyidagi takliflarni shakilantirdik:
I. Auditorlik xizmatlari bozori faoliyatining tashkiliy va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, bunda auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishning auditorlik xizmatlari bozori barqaror faoliyat yuritishi va uning natijalariga talabning oshishini ta’minlaydigan ustuvor yo’nalishlarini belgilash:
1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va ilg’or tajribasini o’rganish.
- xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda auditorlarni sertifikatlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
- auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazoratini amalga oshirish bo’yicha zamonaviy va samarali monitoring tizimini rivojlantirish;
- xalqaro audit standartlarini qo’llash;
- har yili auditorlik tekshiruvidan o’tishi shart bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega korxonalarni aniqlash.
2. Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari faoliyatini amalga oshirishga yo’l qo’ymaslik, quyidagilarni nazarda tutadigan mexanizmni joriy etish:
- auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari reestri mahlumotlarim davlat xizmatlari markazlarida ro’yxatga olingan auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi axborot bilan taqqoslash;
- Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lmagan auditorlik tashkilotlarini qonun hujjatlariga muvofiq qayta ro’yxatdan o’tkazish choralarini ko’rish uchun ular to’g’risida mahlumotlarni yo’llash;
- belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish.
- Xorijiy mamlakatlarda xalqaro audit standartlarini (XAS) joriy etish amaliyotini o’rganish;
- XASni tan olishni nazarda tutadigan res’ublikada xalqaro audit standartlarini qo’llash tartibi to’g’risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda Moliya vazirligi va auditorlarning res’ublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman e’lon qilis;
- XASni davlat tiliga tarjima qilishni va ularni Moliya vazirligi va auditorlarning res’ublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman e’lon qilishni tashkil etish;
- xalqaro auditorlik tarmoqlari va xalqaro uyushmalar ahzosi hisoblangan auditorlik tashkilotlari to’g’risida mahlumotlarni Moliya vazirligi veb-saytida joylashtirish, auditni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo’yicha amaliy seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish va o’tkazish3. Xalqaro audit standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy ta’minotini takomillashtirish.
3. Auditorlik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash va ularni davlat organlari bilan o’zaro hamkorligi sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni «Auditorlik tashkilotining shaxsiy kabineti» va «Auditorlar jamoat birlashmasmmg shaxsiy kabineti» veb-servisini yaratishni nazarda tutadigan «Audit» dasturiy majmuasini ishlab chiqish va joriy etish.
4. Quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks choralarni amalga oshirish:
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar to’g’risida quyidagi axborotni har yili 1 iyulga qadar Davlat soliq qo’mitasi veb - saytida joylashtirish:
- xo’jalik yurituvchi subhektning identifikatsiya mahlumotlari (soliq to’lovchining nomi va identifikatsiya raqami);
- auditorlik tashkilotining identifikatsiya mahlumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami);
- auditorlik xulosasining nusxasi;
- majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan o’z vaqtida chora ko’rish;
Quyidagilar bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish:
- majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi shart bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar;
- majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishdan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi subhektlar va ularning mansabdor shaxslariga
5. Xo’jalik yurituvchi subhektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi ustidan nazoratni kuchaytirish: majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishdan bo’yin tovlayotgan subhektlarni aniqlash va aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan javobgarlik choralarini qo’llash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
6. Auditorlik xizmatlari bozorida sog’lom raqobat muhitini yaratish hamda auditorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun teng sharoitlar yaratish.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish