Monopol raqobatli bozorda nisbatan ko`p bo`lmagan firmalar ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo`lmaydi, ular bozorda har xil, lekin bir-birining o`rnini bosa oladigan tovarlar bilan ishtirok etadilar, ulardan har biri boshqasi bilan raqobatlashadi.
Oligopolistik bozorda sanoqli ozchilik firmalar va kompaniyalar hukmron bo`ladi, lekin ular ham o`zaro raqobatlashadilar. Raqobat ko`p hollarda ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o`rtasida yuz beradi.
Oligopolistik bozorga misol qilib Yaponiya avtomobil bozorini olish mumkin. Bu yerda tovarlarning hammasi (100%) uchta firma – “Toyota”, “Xonda”, “Nissan” firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. AQSH avtomobil bozorida esa “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motors” kabi konsernlar egalik qiladilar. Sof monopoliya bozorida sotuvchi sifatida bir firma tanho hukmron bo`ladi, butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo`lib, undan boshqa tovar ishlab chiqaruvchi bo`lmaydi, uning tovarining o`rnini bosadigan boshqa tovar ham topilmaydi. Bu erda raqobat bo`lmaydi. Shunday bozorga misol qilib O`zbekistonda, UZ AVTO SANOAT kompaniyasini olish mumkin.
Monopsoniya bozori — bu yerda sotuvchilar ko`p bo`lgan holda xaridor yagona bo`ladi, ya`ni xaridor monopoliyasi bo`ladi. Bu bozor, odatda, resurslar bozorida mavjud bo`ladi. Bunga misol tariqasida qishloq xo`jaligida fermerlar tomonidan yetishtirilgan paxta va g`alla mahsulotlari davlat tomonidan xarid qilib olinishini keltirish mumkin.
Bozorning tarkibi, tuzilishi xilma-xil bo`lib, umumiy qabul qilingan turlari mavjud emas. Bozor munosabatlari bir-biriga bog`liq va bir-birini taqazo etuvchi murakkab ichki tuzilishga egadir-ki, uni izohlaganda har xil mеzonlar asos qilib olinadi. Bunda bozorning yеtuklik darajasi, sotiladigan, xarid qilinadigan tovarlar turi, bozor sub`еktlarining xususiyati, bozor miqyosi, bozorning joylashishi, iqtisodiy aloqalar xususiyati hisobga olinishi zarur.
1. Bozor eng avvalo mulk turlari bo`yicha: davlat, xususiy, aralash mulkka asoslangan bozorga bo`linadi.
2. Tovar ishlab chiqaruvchilar tarkibi bo`yicha bozor: davlat korxonalari, ijara, xususiy, oilaviy, koopеrativ, yakka tartibdagi xo`jaliklardan iborat bo`ladi.
3. Mamlakatda savdo-sotiqni tashkil etish turlari bo`yicha ham bozor turlanadi.
Bozor iqtisodiy ob`еktlari bo`yicha bir nеcha turga bo`linadi.
a) Istе`mol tovarlari va xizmatlar bozori: oziq-ovqat tovarlari bozori, nooziq-ovqat tovarlari bozori, xizmatlar bozori.
b) Ishlab chiqarish omillari bozori: Ishchi kuchi (mеhnat) bozori, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo bozori.
v) Ko`chmas mulk bozori: yеr bozori, uy-joy bozori, mol-mulk bozori.
g) Moliya bozori: - pul bozori, invеstitsiya bozori, qimmatli qog`ozlar bozori, valyuta bozori, sug`urta bozori.
d) Axborot bozori – ilmiy-tеxnika ishlanmalar yoki intеllеktual tovarlar bozori.
Bozor tovar va xizmatlar bilan ta`minlash darajasiga qarab: to`yingan, to`yinmagan, taqchil, muvozanatlashgan bozorga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |