Xulosalar:
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar va pul munosabatlarining rivoji natijasida vujudga keladi. Bozor munosabatlarining sub`ektlari bir-biri bilan bog`liq va o`zaro aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo`ladigan daromadlar va harajatlar oqimini shakllantiradi.
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o`z maksad va manfaatlaridan kelib chiqib mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko`rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o`z rivojlanishining tabiiy-evolyustion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo`lib, birlashgan, o`zaro bog`langan va birgalikda harakatlanadigan bir qancha tarkibiy elementlarni o`z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotining normal amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko`mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor yordamida hal etish mumkin emas yoki ehtimoli kam. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o`z zimmasiga olishi kerak yoki bo`lmasa mavjud muammolarni hal etilishi uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak.
Bozor uning ishtirokchilarining mavqeyi jihatidan erkin va monopollashgan bozorga, oldi-sotdi obyekti jihatidan iste`mol tovarlari, resurslar, moliya va intellektual tovarlar bozorlariga ajratiladi. Ulardan har birining o`ziga xos xususiyatlari mavjud.
Iqtisodiyot uchun bozorning ko`lami g`oyat muhim, chunki ishlab chiqarishning o`sishi shunga bog`liq bo`ladi. Bozor ko`lamini u yerdagi tovarlar miqdori va ularning narxi belgilaydi. Ko`lam savdo oborotiga qarab baholanadi. Ko`lam jihatidan qaralganda mahalliy, hududiy, milliy, davlatlararo va jahon bozori farqlanadi.
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga kеladi.
Bozor munosabatlari sub`еktlari o`zaro bog`liq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo`ladigan daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi.
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o`z maqsad va manfaatlaridan kеlib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo`jalik yurituvchi sub`еktlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko`rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga kеltiradi hamda o`z rivojlanishining tabiiy-evolyutsion, dinamik xususiyatini bеlgilab bеradi.
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor mеxanizmi vositasida hal etish kam samara kеltiradi yoki umuman hal etib bo`lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o`z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib bеrishi kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |