Bozorning tarkibiy tuzilishi, bozor ko`lami.
Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko`ra bozor erkin raqobatli bozor va monopollashgan, raqobat cheklangan bozorlarga bo`linadi.
Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko`pchilik bo`lib, ulardan xech biri bozorda hukmron mavqega ega bo`lmaydi, aksincha, ular doimo raqobatda bo`lishadi. Narx-navoni hech kim nazorat qilmaydi, narx bozorda erkin rivojlanadi. Monopollashgan bozor – bunda ozchilik sotuvchilar va xaridorlar hukmron bo`lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo`q bozor. Monopollashgan bozorning o`zi uch xil bo`ladi: monopol raqobatli bozor, oligopolistic bozor, sof monopoliya bozori.
Do'stlaringiz bilan baham: |