Кино ва телевидениеда монтаж


Agar qahramon suratga tushayotgan sharoitda yorug‘lik



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

Agar qahramon suratga tushayotgan sharoitda yorug‘lik 
va fon xususiyati o‘zgaradigan bo‘lsa, bu o‘zgarishlar ekran 
maydonining uchdan bir qismidan ortib ketmasligi kerak
22
. Bu 
qoidadan nima xulosa qilish mumkin? Kadrlar mizantsenasini 
qurishda 
operator, 
rejissyor 
ham 
kadrlarning 
yorug‘lik 
xususiyatlarini avvaldan belgilab oladilar, bu yerda muammo 
bo‘lishi mumkin emas. Faqat tasvirga olish paytida yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklar natijasida muammolar kelib chiqishi mumkin. Kadr 
kompozitsiyasini qurish jarayonida kadrning qo‘shni kadrlar bilan 
bog‘lanishini unutmaslik va har bir kadrda unga qo‘shni bo‘lgan 
kadrlardagi yorug‘lik xarakterining bir qismini saqlab qolish 
kerak bo‘ladi. Misol uchun birinchi kadrda umumiy planda 
aktyorning orqasida deraza aks etgan bo‘lsa, bu derazaning bir 
qismini yirik planda ham ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi 
(69-rasm).
Bir epizod ichida tasvirga olingan barcha kadrlar 
yorug‘lik xususiyati, kuchi, yo‘nalishi va boshqa parametrlari 
bo‘yicha bir biriga juda yaqin, deyarli bir xil bo‘lishi kerak!
Bu 
tomoshabinga voqealar aynan bir joyda, bir vaqtda sodir 
bo‘layotganligi haqida ishonchli tassurot beradi. Kadrlarning turli 
yorug‘lik xususiyatiga ega bo‘lishi yoki birdan yorishib ketishi 
tomoshabinga salbiy ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi. 
Kadrdagi yorug‘lik haraktyori, uning yorqinlik darajasining 
keskin o‘zgarishi – bu tomoshabinga kuchli ta’sir o‘tkaza 
oladigan tasviriy ifoda vositalardan biri bo‘lib, undan ko‘pincha 
rejissyorlar va operatorlar ustalik bilan foydalanishadi. Biroq, 
kadrdan-kadrga o‘tishda tomoshabinga filmni idrok etish uchun 
qulay sharoitlarni yaratib berish maqsadida emas. Odatda kuchli 
yoritilgan va aksincha, juda qorong‘u kadrlarning ekranda keskin 
22
Соколов А.Г. Монтаж кино и телефильмов, M.2000 g. 72-b. 


115
va kutilmagan ravishda paydo bo‘lishi ekrandagi voqealarda yuz 
bergan dramatik keskin burilishni yanada yorqinroq ifodalab 
berish, muayyan biror holatga urg‘u berish va uchun va 
tomoshabinlarning hissiyotlariga faol ta’sir ko‘rsatish uchun 
foydalaniladi.
Bir epizod ichida yorug‘lik bo‘yicha montaj tamoyili, xoh u 
pavilonda yoki tabiat sharoitida tasvirga olish ishlari bo‘lsin, 
tasvirga olishning hamma turlari uchun birday amal qiladi. 
Hammaga ayonki, bu tamoyilga asosan biror epizodning yarmini 
quyoshli kunda va qolgan yarmini ertasi kuni yomg‘irli havoda 
tasvirga olish mumkin emas.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish