Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

56-rasm. 
Ho‘sh, qanday qilib bu ikki kadrning plan yirikligini 
o‘zgartirgan holda masofani bir xil saqlab qolish mumkin? 
Buning 
yo‘li oson, ikkinchi kadrdagi mizantsena va 
kompozitsiyani bir oz o‘zgartiramiz. Lekin, uchinchi tamoyilga 
asosan ob’ektning harakat yo‘nalishini saqlab qolamiz. Endi 
mashina ikkinchi kadrda bizga nisbatan bir oz burchak ostida, 


98
diagonal yo‘nalishda harakatlanadi. Kompozitsiyadagi bunday 
o‘zgarish kadrlarga yanada go‘zallik baxsh etadi va tomoshabinga 
ham ko‘rish qulayligini yaratadi. Endi kadrlar o‘zgarishi 
tomoshabin tomonidan oson idrok qilinadi. Voqealar rivoji esa 
hech 
qanday 
buzilishlarsiz 
rejissyor 
g‘oyasi 
bo‘yicha 
rivojlanishda davom etadi (57-rasm).
Huddi shu muammoni yechishning ikkinchi variantini 
ko‘rib chiqamiz: endi har ikkala kadrimizni “kuzatuv panoramasi” 
usulida tasvirga olamiz. Ob’ekt bu kadrlarda ekran chegaralariga 
nisbatan harakatsiz bo‘lib, endi faqat fon bizning ob’ektimizga 
nisbatan harakatda bo‘lyapti. Ob’ekt sifatida biz dengizda, sohilga 
yaqin joyda suzib ketayotgan yaxtani
18
va uning shkiper
19
ini 
tasvirga oldik. 
57-rasm. 
Birinchi nuqtaga kamerani o‘rnashtirdik va yaxtani o‘rmon 
fonida, kamerada panorama orqali kemani kuzatgan holda tasvirga 
oldik. Hammasi juda zo‘r – olis plan. Kamera sohilga 
o‘rnashtirilganligi uchun ham tasvirga olish juda qulay, turli 
chayqalishlarsiz bo‘ldi. 
Endi tomoshabinga yaxtachi sportchining harakatlarini 
ko‘rsatib berish uchun ikkinchi kadrni tasvirga olish kerak. 
Operator tezlik bilan transfokator ob’ektivni burab uni maksimal 
18
yaxta
– sportda yoxud sayohat uchun ishlatiladigan kichikroq kema.
19
shkiper
 – 
kema kapitani, xo‘jalik boshlig‘i yoki palubadagi narsalar uchun javobgar 
shaxs.


99
fokus masofasiga to‘g‘riladi, plan sezilarli darajada yiriklashdi, 
masshtab bo‘yicha shkiper endi kadrda umumiy-o‘rta planda 
ko‘rinyapti (58-rasm).
58-rasm. 
Agar bu vaziyat sport musobaqalarining televizion 
translyatsiyasi bo‘lganida, u holda ikkinchi kamera uzun fokus 
masofali ob’ektiv bilan jixozlangan bo‘lardi va rejissyorning 
ko‘rsatmasiga binoan shunchaki birinchi kameraga yaqin joyga 
o‘rnatilgan bo‘lardi. Lekin, bunday variant ham ekrandagi natijani 
sezilarli darajada o‘zgartirmagan bo‘lardi. 
Taxlil qilib ko‘ramiz. Yaxta bir xil tezlikda harakatlanib 
ketmoqda. Birinchi kadrdagi fon, ya’ni bir-ikkita archalar o‘sib 
turgan sohilning ko‘rinishi ekranning chap chegarasidan o‘ng 
chegarasi tomonga suzib o‘tadi, aytaylik, 10 sekund vaqt 
davomida. Uzun fokus masofali ob’ektiv orqali tasvirga olingan 
ikkinchi kadrda, huddi shu fon ekranning chap chegarasidan o‘ng 
chegarasiga, birinchi kadrdagiga nisbatan, besh karra tezroq o‘tib 
ketadi. Bu vaziyatda tezlik oshishi effektining yuzaga kelishi 
shubxasiz, 
buning 
ustiga 

dramaturgiya 
tomonlama 
asoslanmagan bo‘ladi. Nima qilish mumkin? Turli variantlarni 
ko‘rib chiqamiz. 
Faraz qilaylik, qandaydir badiiy filmning epizodi tasvirga 
olinmoqda. Rejissyor shkiperdan kemada kameradan chamasi 7 


100
metrcha uzoqlikdan yana bir bor suzib o‘tishni ilti-mos qiladi. 
Kameradagi ob’ektiv o‘zgartirilmadi. Kameraga huddi birinchi 
kadrdagi kabi yana sohilning 20 metr masofasi tushib turibdi. Bir 
qarashda, hammasi joyida (59-rasm). 
59-rasm. 
 
Bo‘lmagan gap! Kadrlarni ulashda yana kutilgan natija 
chiqmaydi. 
Gap shundaki, operator tasvirga olar ekan yaxtani 
kompozitsiya bo‘yicha kadr markazida tutib turish uchun paroma 
qiladi. Bunda, yaxta kameraga yaqinroq joylashgani sababli 
panorama qilish paytida kameraning panorama qilish tezligi 
yanada ortadi. Demak, ekranda fon tasvirlarining harakati ham 
yanada kuchayadi va kemamizning teligi ham ortgandek 
ko‘rinadi. Biz esa aksincha uning harakatini sekinlashtirmoqchi 
edik. Fon va yaxta harakatining tempi bo‘yicha bu ikki kadrni 
hech qanaqasiga montaj qilib bo‘lmaydi va tomoshabin uchun 
ham bu montaj bog‘lanishini ko‘rish qulay bo‘lmaydi. Ekranda 
tomoshabin uchun huddi mo‘jiza ro‘y berib kema birdaniga 
tezlashib ketgandek taassurot uyg‘onadi. Shuning uchun, tasvirga 
olish chizmasida kameraning panorama qilish tezligi uzun qora 
strelka bilan ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, tomoshabin albatta 
yaxta 
va 
sohil, 
ya’ni fon o‘rtasidagi masofa keskin 
o‘zgarganligini darrov sezadi – fon masshtabi o‘zgarishsiz qoldi, 


101
lekin kema va shkiperning o‘lchamlari birdaniga bir-necha marta 
kattalashib ketdi (60-rasm). 
60-rasm. 
Yana o‘sha savol: masalaning biror yo‘li bormi? 
Albatta! Televizion translyatsiya paytida ham, badiiy filmni 
tasvirga olishda ham ikkinchi kamerani katerga o‘rnatish kerak va 
bu kater kema kapitanini tasvirga olish paytida yaxtaning yonida 
suzib borishi kerak bo‘ladi.. Biroq bunda kameraga yanada 
kengroq burchakli, ya’ni kichik fokus masofali ob’ektiv o‘rnatish 
lozim bo‘ladi. Faqat shunday tasvirga olish usuli bilangina siz bu 
ikkita kadrlarni montajning barcha tamoyillari talablarini bajargan 
holda o‘zaro birlashtira olasiz va tomoshabinga ham montajning 
eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan filmni idrok etishga qulay 
sharoitni yaratib bergan bo‘lasiz (61-rasm).
61-rasm. 


102
Endi yaxtaning sohilga, ya’ni fonga nisbatan harakat tezligi 
uning birinchi kadrdagi tezligi bilan mos bo‘ladi. (62-rasm). 
Agar, Siz yaxtaning birinchi kadrini statik holatda, panoramasiz 
tasvirga olishingiz kerak bo‘lsa, va ikkinchi kadrni aksincha 
harakatda tasvirga olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bunda nima 
qilish kerak? 
62-rasm. 
Bu savolga javobni endi o‘zingiz montajning o‘ninchi 
tamoyilini o‘qib bilib olasiz. 
Statik olingan tasvirlarni o‘zida harakatni aks ettirgan, yoki 
tamomila harakat bilan to‘lgan kadrlar bilan birlashtirish vazifasi, 
garchi kino va televidenie ijodkorlarining kundalik amaliyotida 
ko‘p uchrab tursa ham, oddiy ish emas. 
Qoida: 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish