Кино ва телевидениеда монтаж


kadrda harakatlanayotgan ob’ektning harakat



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

kadrda harakatlanayotgan ob’ektning harakat 
tezligi qo’shni kadrlarda ham saqlanib qolishi kerak. Agar 
ob’ektning harakat tezligi o‘zgarsa, bu o‘zgarish bevosita 
tomoshabin ko‘z o‘ngida va bir kadr ichida sodir bo‘lishi kerak

 
Nazorat savollari: 
1. Ob’ekt harakat tezligi deganda nimani tushunasiz?
2. Ob’ektning harakat tezligida o‘zgarish yuz berganda bu qanday 
ko‘rsatiladi? 
3. Ob’ektning harakat tezligini to‘g‘ri aks ettirish nega muhim? 
4. Travelling nima? 
5. Panoramaning qanday usullari bor? 
 
 
 


103
1.7. Oltinchi tamoyil:
Kadrlar kompozitsiyasi bo‘yicha montaj
Bu mavzu montajning oltinchi tamoyiliga bag‘ishlangan 
bo‘lib, kadrlarni kompozitsion qurilish xususiyatlari bo‘yicha 
o‘zaro montaj qilish va tomoshabinga filmni idrok etish uchun 
qulay sharoit yaratib berish bu tamoyilning asosiy talabi 
hisoblanadi. 
Kino san’ati bilan ko‘pdan beri shug‘ullanib kelayotgan 
kishilarga qadimgi davrlardan buyon “Charx effekti” nomli 
tushuncha ma’lum, albatta. U ovozsiz kino paytidayoq ma’lum 
bo‘lgan. Hozirgi paytda ham, kimki kino tasmasiga tasvirga 
olingan filmni montaj qilsa, bu g‘aroyib effektni kuzatishi 
mumkin. Montaj stoli ustida o‘n yoki o‘n beshta kadrlardan tarkib 
topgan uncha uzun bo‘lmagan kinotasmani u g‘altakdan bu 
g‘altakka katta tezlikda o‘rang. Siz g‘altak aylanayotgan paytda 
kinotasma bo‘ylab uzluksiz qora, oq yoki turli rangdagi 
chiziqlarning yugurayotganini ko‘rishingiz mumkin. Kadrlar 
ulangan chokli joylarda bu chiziqlar birdan kinotasmaning eni 
bo‘ylab sakray boshlaganini ko‘rasiz. Ba’zan qora chiziq yuqorida 
ko‘rinib qoladi, ba’zan esa u plyonkaning quyi qismiga sakrab 
o‘tadi (63-rasm).
63-rasm. 
Afsuski, 
televidenie 
hodimlari 
magnitli 
tasmalarni 
o‘rayotgan paytlarida bunday effektni kuzata olmaydilar. Magnit 
tasma tez aylanayotgan paytda kassetadagi tasma ma’lumot 
o‘qiydigan magnit kallakdan chetlashadi, monitor ekranida esa 
qorong‘ulik paydo bo‘ladi. Bevosita tasvirni ko‘rgan holda 
tasmani tez aylantirilganida esa, televizion kadrlar almashinuvi 
tezligi bunday effektni kuzatish uchun yetarli bo‘lmay qoladi. 
Qiziquvchan o‘quvchida shunday savol tug‘ilishi mumkin: 
tamomila fizik effektning kadrlar montajiga, yana kadrning 


104
kompozitsion qurilishi bilan bog‘liq qonuniyatlarga nima aloqasi 
bor? Javob beriga urinib ko‘ramiz. 
Birinchidan, shuni alohida ta’kidlash lozimki, kadrlarning 
kompozitsion o‘xshashligi va farqlariga qarab eng maqbul holda 
birlashtirishga oid qonuniyatlar va tushunchalar “montaj 
qonuniyatlari” endigina shakllanib kelayotgan davrlarda paydo 
bo‘lgan.
Bir qarashda juda qo‘pol ko‘rinsa ham, lekin hammaga 
yaxshi tushunarli bo‘ladigan variantni ko‘rib chiqamiz. Bu variant 
deyarli hammaning yodidan chiqib ketib ulgurgan keng formatli 
kinotasmaga tasvirga olingan keng ekranli kinofilmlarda yoki 
kashelangan ramkali filmlardagina mumkin. Bu vaziyatda kadr va 
ekran tomonlarining nisbati 1:2,25 yoki 1:2 ga teng bo‘ladi. 
Operator va rejissyor oldiga aynan bir qahramon aks ettirilgan 
ikkita kadrni suratga olish va bu kadrlarni o‘zaro montaj qilish 
vazifasini qo‘yamiz. Faraz qilaylik, ular qo‘shni kadrlar 
kompozitsiyasi haqida o‘ylab ham o‘tirmay tezgina topshiriqni 
bajardilar va 64 “a”-rasmda ko‘rsatilgandek natijaga ega 
bo‘ladilar. Bu planlarning montaji yaxshi bo‘ladimi, degan savol 
tug‘iladi.
Planlar yirikligi bo‘yicha montaj tamoyili nuqtai nazaridan 
bu yerda xato yo‘q. Kadrdagi ob’ekt harakat fazasi bo‘yicha 
montaj talablari bo‘yicha ham – hammasi to‘g‘ri. Ammo baribir 
kadrlar yaxshi ulanmayapti. Bundan tashqari, bunday ulangan joy, 
montaj choki ekranda juda qo‘pol ko‘rinadi.
64 “a”rasm. 


105
Nimaga? Qayerda xato qilindi, degan savol tug‘iladi.
Epizod voqeasi rivojlanish jarayonida birinchi kadrdagi 
kompozitsiya markazi, bu holatda u tomoshabin uchun ham 
e’tibor markazi bo‘lib hizmat qilyapti, kadr so‘ngida juda chapga, 
deyarli kadrning chap burchagiga borib qoldi. Demak, bu holatda 
tomoshabinning asosiy nigohi kadrning aynan ekrandagi 
qahramonning yuzi joylashgan qismiga yo‘naltirilgan.
Kadrlar almashinuvi ro‘y berdi.
Tomoshabin ekrandagi aynan o‘sha joyga qaraydi, lekin 
qahramon u yerda yo‘q. U g‘oyib bo‘ldi! Qani u?
Tavsiya 
etilayotgan 
kadrlar 
montajidan 
tomoshabin 
oladigan taassurot shunday bo‘ladi. Biz sinovdan o‘tkazayotgan 
tomoshabin ekrandagi qahramonni qidirib ma’lum bir vaqt 
sarflaydi. Natijada noto‘g‘ri tasvirga olish oqibatida tomoshabin 
uchun voqealar rivojining uzluksizligiga putur yetadi va bu uning 
film yoki ko‘rsatuvdan ijobiy tasavvur olishiga yordam bermaydi, 
aksincha, bu sahnadagi qahramonning ichki kechinmalari 
tomoshabinga tushunarsiz bo‘lib qolaveradi. 
65-rasm. 


106
Bu “qadimiy” tamoyilning qonun-qoidalarini rejissyorlar va 
operatorlarning 
allaqachon 
qon-qoniga 
singib 
ketgandek 
ko‘rinadi. Ammo, unday emasligiga guvoh bo‘ldik. Televizion 
ekran bizga hammasi aslida aksincha ekanligini ko‘rsatib berdi. 
Yoshlar hayotidan hikoya qiluvchi ko‘rsatuvlarning birida 
boshlovchi huddi 65-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishda tasvirga 
olingan va ekranda namoyish etilgandi.
Boshlovchi juda yirik planda, ekranda yuzining yarmi 
ko‘ringan holda uch sekund davomida yetti-sakkizta so‘z aytadi 
va birdaniga umumiy-o‘rta, deyarli umumiy planda bo‘lib qoladi. 
So‘zida davom etib bir ikki og‘iz so‘z aytadi va endi yuzining 
boshqa yarmi bilan yirik planda ekranda namoyon bo‘ladi. 
Daxshatli yirik planda besh-olti og‘iz gap gapirib bo‘lib yana 
ekranning o‘ng burchagida umumiy planda paydo bo‘ladi. 
Boshlovchi o‘z matnini o‘qib bitirguniga qadar tomoshabin qariyb 
30 soniya davomida bu “chapdast” boshlovchini ko‘zdan 
qochirmaslik uchun uning ortidan quvish bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Birinchi va ikinchi kadrlar ulargan joyda kadrdagi diqqat 
markazining ekranning bir nuqtasidan qarama-qarshi nuqtaga 
keskin o‘zgarishi yuz bergan. Ikkinchi va uchinchi kadrlarning 
montajida esa aksincha, kadrdagi diqqat markazi o‘zgarishsiz 
qolib kadr kompozitsiyasida prinsipial o‘zgarish yuz berdi. Huddi 
shu holat efir davomida o‘n-o‘n besh marta takrorlangan. Yirik 
planda – diqqat markazi ko‘z edi, ikkinchi o‘rta planda esa - yuz. 
Ko‘rinib turganidek, “Charx” tamoyili, yoki boshqacha 
aytganda diqqat markazining siljish tamoyili faqat kadrda inson 
bo‘lgan holatlarnigina qamrab olmaydi. Muallifning o‘z oldilariga 
qo‘ygan maqsadlaridan kelib chiqib kompozitsiya markazi 
vazifasini kosadagi ovqat, devorga osig‘lik surat, jarlik yoqasida 
turgan otliq, garizont bo‘ylab uchayotgan samolyot ham bajarishi 
mumkin. Kompozitsiya bo‘yicha ikki kadrni montaj qilish 
tamoyilining umumiy qonuniyatiga ko‘ra

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish