96
Bir xil tezlik bilan birinchi kadrda mashina kadrning chap
chegarasidan o‘ng chegarasigacha bo‘lgan masofani taxminan 3
sekunddan ko‘proq vaqt davomida bosib o‘tadi.
Ikkinchi kadrda
esa u bu masofani bosib o‘tish uchun bor yo‘g‘i 1 sekund vaqt
sarflaydi. Umuman olganda bu oddiy va tushunarli hol,
mashinalar bu ikkita kadrda ham bir xil 36 km/s tezlikda harakat
qilayotganini va turlicha masofani bosib o‘tayotganini biz
bilamiz. Biroq, tomoshabin uchun ekranning chap chegarasidan
o‘ng chegarasigacha bo‘lgan masofa huddi bir hildek ko‘rinadi.
Chunki, u bu filmni kinoteatr ekrani orqali ko‘radi
va har ikkala
kadrni ko‘rayotganda ham kinoteatr oq ekranining o‘lchamlari
eniga 12 metr bo‘lib qolaveradi. Mashina esa bu “12 metr”lik
masofani tomoshabin nazdida birinchi kadrda 3 soniyada, ikkinchi
kadrda esa 1 soniyada bosib o‘tdi. Tomoshabin o‘z-o‘zidan
demak, ikkinchi kadrda mashina 3 karra tezroq harakatlanyapti
degan fikrga boradi.
Bundan tashqari, tasvirga olish masshtabining avtomobil
kadrning qariyb to‘liq maydonini egallab turadigan darajada
kattalashishi tomoshabinda mashinaning
harakat tezligi birdaniga
oshib ketganligi haqidagi taassurotini battarroq kuchaytiradi
xolos. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, hayotda bunaqa holat hech
qanaqasiga yuz berishi mumkin emasku. Harakatlanayotgan har
bir narsa yuqori tezlikka o‘z tezligini sekin astalik bilan ko‘tarib
borish bilan erishadi. Ekranda bu ikkita kadrning birikishidan
keyin ishonarsiz va notabiiy vaziyat yuzaga keladi va tomoshabin
bu voqeaning haqiqatligiga ishona olmaydi.
Agar
rejissyor
kadrlarni
montaj
qilishda
kadrda
harakatlanayotgan
asosiy
ob’ekt tezligi bo‘yicha montaj
talablarini bajarmas ekan, tomoshabinda bu filmni tanqid qilishga
yuz foiz asosi bo‘ladi.
Albatta, agar birinchi kadrda avtomobil harakatda davom
etib kadrdan batamom chiqib ketsa va undan keyin ikkinchi kadr
montaj qilinsa, qaysidir ma’noda tomoshabinga filmni to‘g‘ri
idrok
etishga
imkoniyat
yaratish
mumkin.
Ammo,
tomoshabinning bu ikki kadr montajidan oladigan taassuroti
o‘zgarishsiz qolaveradi, u baribir
bu voqeaning haqiqatligiga
ishona olmaydi.
97
Unda nima qilish kerak? Bunday vaziyatda qanday yo‘l
tutilsa to‘g‘ri bo‘ladi? Montajning birinchi tamoyili bizdan bir
ob’ektning o‘zini bir nechta kadrlarda ko‘rsatish kerak bo‘lgan
vaziyatda planlar yirikligini albatta o‘zgartirish lozimligini talab
qiladi. Beshinchi tamoyil bo‘yicha esa ekranda harakat tempini
bir hilda saqlashimiz shart. Masalaga qanday yechim topishi
mumkin? Javob esa siz kutganingizdan ancha oddiyroq.
Kadrlar montajida ikkita montaj tamoyillari –
planlar
yirikligi bo‘yicha montaj va kadrda harakatlanayotgan asosiy
ob’ekt tezligi bo‘yicha montaj talablarini bajarish va
tomoshabinga filmni idrok etishda qulaylik yaratish uchun,
tezlikni bir xil saqlab qolgan holda,
mashinaning ikkinchi kadrda
bosib o‘tadigan yo‘lini huddi birinchi kadrdagidek masofaga
tenglashtirish kerak, yoki hech bo‘lmasa o‘sha masofaga
yaqinlashtirish kerak bo‘ladi (56-rasm). Soddaroq aytganda,
mashina birinchi kadrda qancha masofani bosib o‘tgan bo‘lsa,
ikkinchi kadrda ham huddi shuncha masofani bosib o‘tishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: