Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

ulanayotgan ikkita 
kadrning kompozitsiyasida diqqat markazining o‘zgarishi bir-
birini nisbatan cheklaydi
20
.
 
To‘g‘ri, bir qarashda bir oz 
tushunarsiz bo‘ldi. Lekin bu qoidani misollar orqali tushunib 
olamiz.
 
20
Walter Murch. In the blink of an eye. 1995. Focal Press. USA. 54-b. 


107
Shu narsani ta’kidlash joizki, kadrlar o‘zaro bog‘langanda 
albatta e’tibor markazining o‘zgarishi kuzatiladi. Bu o‘zgarish 
qay darajada bo‘ladi va kadrning gorizontal maydoni bo‘ylab 
qanchalik o‘zgarishi mumkin? 
Montaj amaliyoti shuni ko‘rsatdi va isbotladiki, kadrdan 
kadrga 
o‘tishda ravonlikni saqlab qolish uchun
 
kadr 
kompozitsiyasidagi diqqat markazining kadr gorizontal maydoni 
bo‘ylab ko‘chishi ekran kengligining uchdan bir qismidan 
oshmasligi kerak
21

Ya’ni 64 “b” rasmda keltirilganidek, 
ekranning kengligini shartli ravishda uch hududga bo‘lsak, 
ob’ektning yoki kadr kompozitsiyasidagi diqqat markazining 
qo‘shni kadrlarda kadr maydonida gorizontal bo‘ylab ko‘chishi 
faqat bir hudud ichida ro‘y berishi mumkin. 
Albatta bu ikkita 
kadr ulangan holdagi vaziyatlarga dahldor. Agar ob’ekt kadr 
makoni bo‘ylab bir kadr ichida ko‘chayotgan bo‘lsa bu tamoyil 
amal qilmaydi. 
Bizning vaziyatda ob’ektimiz kadrlarda huddi 64 “c” 
rasmda 
ko‘rsatilganidek 
joylashsa 
montajning 
“Kadrlar 
kompozitsiyasi bo‘yicha montaj” tamoyili talablari bajarilgan 
bo‘ladi. Bu rasmda qizil “
+
” belgilari kadr kompozitsiyasidagi 
diqqat markazlaridir. 
 
64 “b” rasm. 64 “c” rasm. 
 
Qo‘shni kadrlardagi kompozitsiya markazi va e’tibor 
markazi gorizontal hamda vertikal bo‘yicha mos kelib qolsa, u 
21
Bordwell, David. The Cinema of Einshtein. New York, NY: Routlenge. 2005. 42-b. 


108
holda tomshabinda bu kabi kompozitsion sakrashdan yoqimsiz his 
paydo bo‘ladi. Agar kadrlar statatik holatda tasvirga olingan 
bo‘lsa, bu montajning qo‘polligini yanada kuchaytiradi. 
Ammo mazkur qoidani biroz kengroq talqin etish kerak. 
Hatto rejissyor tamomila turli mazmundagi kadrlarni montaj 
qilayotganida 
ham 

yondosh 
kadrlarning 
kompozitsion 
markazlari qanday
joylashganligi haqida chuqur o‘ylab ko‘rishi 
zarur. Garchi planlarning kompozitsion xilma-xilligi juda rang-
barang bo‘lsa ham, va bunday mos kelib qolishlar kamdan-kam 
kuzatilsada, buni doim bilish va yodda tutish zarur bo‘ladi. 
Bunday kamdan-kam uchraydigan holat – bu rejisyorning stul 
atrofida suhbatlashayotgan bir nechta kishilarning yirik planlarini 
tasvirga olib ularni ketma-ket montaj qilishidir. 
Tasavvur qilaylik, xalqaro miqyosdagi juda yuqori 
darajadagi diplomatik uchrashuv bo‘lyapti. Jiddiy va zarur masala 
ko‘rib chiqilmoqda. 
Uchta davlatning elchilari to‘rtinchi davlat konsulining 
so‘zlarini, uning muhim fikrlarini tinglab o‘tirishibdi. 
Gapirayotgan konsulning yirik planidan keyin o‘z navbatida 
tinglayotgan elchilarni ham bir-bir ko‘rsatib chiqish zarurati 
tug‘ildi. Ularning uchchalasi ham bor diqqatlari bilan konsulni 
tinglashyapti va bir tomonga – konsul o‘tirgan tomonga qarab 
o‘tirishibdi. Hatto ularning o‘tirish uslublari ham biri-biriga 
o‘xshab ketadi. Ularning uchchalasi ham rasmiy qora pidjak kiyib 
olishgan. Biroq ulardan biri – yevropalik, ikkinchisi – qora tanli, 
uchinchisi esa – xind. Studiyadagi bu suhbatni tasvirga olishda 
qatnashgan uchchala teleoperatorlar ham olinayotgan kadrlarning 
kompozitsion 
rang-barangligi 
haqida 
bosh 
qotirib 
ham 
o‘tirishmadi va hech qanday “boshog‘riq”larsiz ishni davom 
ettirishdi. Hozir ularning tasvirga olgan kadrlarini montaj 
qilganda hosil bo‘ladigan natijani Siga qog‘ozda chizib 
ko‘rsatishga urinib ko‘ramiz (66-rasm). Krestchalar bilan 
kadrlarning diqqat markazlari ko‘rsatilgan. 


109
66-rasm.
 
Natijada juda quvnoq komedik effekt paydo bo‘ldi! “Oq 
tanli” elchi kutilmaganda “qora tanli”ga aylanib qoldi, so‘ngra u 
ham qandaydir sehrli yo‘l bilan “qizil tanli” bo‘lib qoldi! Bu 
kadrlarni 
ko‘rganidan 
keyin 
ekran 
qarshisida 
o‘tirgan 
tomoshabinlarning jarangdor kulgisi kafolatlangan deyavering!.. 
Undan keyin, Sizning hech kimni xafa qilish, yoki hech kimni 
xazil-mazah qilish niyatingiz bo‘lmaganini xalqaro darajada 
isbotlab ko‘ringchi. Sizning qo‘pol xatoingizni deb xalqaro 
mojaro chiqishi turgan gap. 
Bunday holatlarda odamlarni tasvirga olishda turli 
planlardan, turli rakurs va nuqtalardan foydalanib tasvirga olish 
imkoniyatlarini qidirish kerak bo‘ladi. Bularning hammasi 
birgalikda Sizga kompozitsiyasi bo‘yicha, shu bilan birga kadrda 
diqqat markazining joylashuvi bo‘yicha bir-biridan ancha farq 
qiladigan bir qator planlarni tasvirga tushirishga imkon beradi. 
Aynan mana shu inkor etib bo‘lmaydigan talablar kadrlar montajli 
ketma-ketligining tomoshabin tomonidan to‘g‘ri idrok etilishi 
uchun qulaylikni ta’minlab beradi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish