Agar qahramon suratga tushayotgan sharoitda rang
va fondagi rang xususiyati o‘zgaradigan bo‘lsa, bu o‘zgarishlar
ekran maydonining uchdan bir qismidan ortib ketmasligi kerak
25
Bir epizod ichida tasvirga olingan barcha kadrlar rang
24
reminissensiya
– (badiiy yoki musiqiy asarda boshqa bir kishi ijodining aksi, ta’siri).
25
Соколов А.Г. Монтаж кино и телефильмов, M.2000 g. 72-b.
121
xususiyati, rang harorati va boshqa parametrlari bo‘yicha bir
biriga juda yaqin, deyarli bir xil bo‘lishi kerak!
Nazorat savollari:
1. Yorug‘lik bo‘yicha montaj qanday qoidalar asosida bajariladi?
2. Kadrda yorug‘lik va fon xususiyati o‘zgaradigan bo‘lsa, bu
o‘zgarishlar ekran maydonining qancha qismi doirasida bajarilish
mumkin?
3. Yorug‘lik bo‘yicha montaj makonda mo‘ljal olish bo‘yicha
montaj bilan qanday bog‘langan?
4. Rang bo‘yicha montaj qanday qoidalar asosida bajariladi?
5. “Rang dramaturgiyasi” nima?
6. Kadrning rang xususiyati o‘zgaradigan bo‘lsa, bu o‘zgarishlar
ekran maydonining qancha qismi doirasida bajarilish mumkin?
7. Rang bo‘yicha montaj kompozitsiya bo‘yicha montaj bilan
qanday bog‘langan?
1.9. To‘qqizinchi tamoyil:
Tasvirga olishi o‘qini o‘zgartirish bo‘yicha montaj
Ushbu mavzu montajning to‘qqizinchi tamoyili talablariga
bag‘ishlangan bo‘lib, u o‘quvchiga kadrni kompozitsiya bo‘yicha
to‘g‘ri qurish va kadrdan kadrga o‘tishda planlararo sakrash ro‘y
bermasligi uchun amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalar haqida
ma’lumotlar beradi.
Xronikachi tasvirchilarning doimiy ish jarayonlarini bir
tasavvur qilib ko‘raylik: reportaj tasvirga olinmoqda, muhim bir
voqea tasvirga olinmoqda. Bu jarayonda barcha narsa huddi
koleydoskopdagi kabi juda tez o‘zgarib turibdi.
Bir vaziyatda, aytib o‘tish kerakki bunday kutilmagan
vaziyatlar deyarli har bir voqeani tasvirga olish chog‘ida juda
ko‘p bo‘lib turadi, hullas shu murakkab vaziyatda xronikachi-
operator bir insonning umumiy planini tasvirga olib turganida
yana huddi shu qahramonning o‘rta planini ham tasvirga olish
zarur bo‘lib qoldi. Kamera shtativda turibdi. Bu vaziyatda sodir
bo‘layotgan har bir voqeani epchillik bilan tasvirga muhrlab
qolish juda muhim. Shunday vaziyatlarda operator tasvirga olish
haqida rejissyor bilan maslahatlashib olishga, hatto u yonginasida
122
turgan bo‘lsayam, aslo vaqti bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda esa bunday
tasvirga olish ishlariga operator faqat operator assistenti yoki
yorituvchi-muhandis bilangina chiqadi.
Shtativga o‘rnatilgan kamera eng zamonaviy kamera,
ob’ektiv esa elektr-motorli transfokator, kadr yirikligini
o‘zgartirish - juda qulay... «Zoom» u yoqqa, «zoom» bu yoqqa...
Voqeani tasvirga olib ulgurish hamma narsadan muhim! Ob’ekt -
kadrda!
Operator bu vaziyatda ko‘p o‘ylab o‘tirmay transfokator
fokus masofasi ko‘rsatkichini 35 mm.ga moslab REC tugmasini
bosadi. Voqea olindi! Endi transfokatorni 70 mm.ga to‘g‘rilab
yana tasvirga oladi. Yana kamerani to‘xtatadi. Bu safar ob’ektivni
140 mm fokus masofaga moslaydi va yana tasvirga olishda davom
etadi.
Tasvirga olingan material rejissyor stolida! Operator hamma
narsani tasvirga olib ulgurdi, hech narsani qoldirib yuborgani
yo‘q. U o‘z epchilligi va topqirligi uchun rejissyordan maqtov
kutadi. Negaki u qahramonni bitta emas turli xil 3 ta planda
tasvirga olishga ulgurdi. Biroq, nima bo‘ldi?
- Nima qilib qo‘yding! – baqiradi rejissyor. – Nahotki senga
kamera bilan qahramonga yaqinroq borib tasvirga olish
shunchalik qiyin bo‘lgan bo‘lsa! Qahramonning yoniga borib
fokusni to‘g‘rilab uning yirik planini tasvirga olsang ham
bo‘lardiku! O‘rgildim sendaqa pulemyotchikdan, hamma kadrni
bitta nuqtaga turib olib “shaqillatib” tashlabsanku!
Bu xatodan ham tegishli saboq olish mumkin. Siz ham
huddi shunday qiling. Shu kabi tasvirga olish ishlariga chiqib
qolsangiz transfokatorni “o‘ynayvermay” erinmasdan har bir
kadrlarni turli nuqtalardan tiniq qilib tasvirga oling va
rejissyorning ko‘rsatmalaridan chetga chiqmaslikka harakat
qiling. Bunday ishlarda shoshilmang lekin tezroq ishlang. Aynan
shoshilish sizni xato ustiga xato qilishga majbur qiladi.
Montajning birinchi tamoyilini yodda saqlang: birinchi
nuqtadan - umumiy o‘rta planni, ikkinchi nuqtadan – yirik planni
tasvirga oling. Hammasini qonunlarga asosan bajaring! Tasvirga
olish nuqtasini o‘zgartiring, kamerani ob’ektga yaqinroq
joylashtiring va hammasi joyida bo‘ladi. Endi natija ham
ko‘ngildagidek chiqadi!..
123
Koridorda yana baqir-chaqir.
– Sen, qanaqa operatorsan o‘zi, qanaqa qilib tasvirga
olding?! Bu kadrlaringni montaj qila olmayapmanku! Stolda
tinchgina o‘tirgan odam, kadrda quyonday sakrab yotibdiku!
O‘rgildim sandaqa operatordan, to‘g‘ri tasvirga olishni bilish
kerak!
– Rejissyor degan odam nima xohlayotganini to‘g‘ri
tushuntira olishni ham bilish kerak! Baqiradigan odam avval o‘zi
biror narsani bilishi kerak!
Agar siz rejissyorga shunday javob qaytarsangiz, bu
vaziyatda siz haq bo‘lasiz...
Siz, bu vaziyatni kitob mualliflari tomonidan montajning 9-
tamoyilini tushuntirish uchun atayin o‘ylab topilgan deb
o‘ylayotgan bo‘lsangiz, adashasiz. Bu kabi kelishmovchitliklar
kino, va ayniqsa televidenie sohasida ko‘p kuzatiladi. Bunday
noto‘g‘ri olingan kadrlarni siz ham ba’zan televidenie
informatsion
ko‘rsatuvlarida,
yangilik
va
reportajlarda
kuzatishingiz mumkin. Jurnalistlar va ko‘rsatuv muharrirlarini
rejissyorlik va montajga o‘qitishmaydi. Montajchilar esa faqat
ularning qo‘liga kelib tushgan tayyor material bilan ish olib
borishadi va agar imkoni bo‘lsa operator va rejissyor tomonidan
film yoki ko‘rsatuvni tasvirga olishda yo‘l qo‘yilgan ayrim
kamchiliklarni to‘g‘rilab ketishi mumkin. Biroq har doim ham
buning imkoni bo‘lmaydi.
Keling, Operator tasvirga olgan kadrlarga rejissyor nega
bunaqa norozilik bilan munosabat bildirganligining sababini taxlil
qilib ko‘ramiz. Nega aslida tinch turgan inson siz tasvirga olgan
kadrlarda kutilmaganda sakray boshladi?
Tasvirga olish sxemalariga diqqat bilan qarang va
muammoni topishga urinib ko‘ring (74-rasm).
Birinchidan, shuni tushunishingiz kerakki, birinchi sxema
bo‘yicha bo‘lsin yoki ikkinchi sxema bo‘yicha bo‘lsin, tasvirga
olingan kadrlar montaj qilinganda olinadigan natija har ikkala
variantda ham bir xil bo‘ladi. Bunda faqat asosiy ob’ektning orqa
tomonidagi fon tasviri bir oz farq qilishi mumkin.
Ammo aslida olingan natijada montajning birinchi tamoyili
– planlar yirikligi bo‘yicha montajning talablari bajarilgan, hatto
oltinchi tamoyil – kompozitsiya bo‘yicha montaj talablari ham
124
inobatga olingan! Lekin nega bu planlarni o‘zaro montaj qilganda
“sakrash”lar yuz beryapti? (75-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |