119
fikrni bildirish, unda muayyan his-tuyg‘ularni uyg‘otish mumkin.
Film
davomida
qahramonning
fe’l-atvori,
hayotiy
qarashlari, oliy maqsadi o‘zgarib borishini film davomida
ranglarning o‘zgarib borishi vositasida ko‘rsatib berish mumkin.
Yoki qahramonning xaraktyorini u
kiygan liboslar rangi bilan
ochib berish imkoniyati bor.
Ma’lumki turli xil ranglar insonlarda muayyan his-
tuyg‘ularni, assotsiatsiyalarni uyg‘otadi. Masalan, qizil rang
dunyodagi barcha insonlar uchun junbushga kelgan his va
ehtiroslar, bayram, hursandchilik va ayni paytda jazavaga tushish,
rashk, qon kabi assotsiatsiyalarni uyg‘otsa, ko‘k rang sovuqlik,
sokinlik,
xotirjamlik,
aqllilik,
tafakkur,
munosabatlardagi
sovuqlik, befarqlik kabi hislarni uyg‘otadi. Albatta, insonning
diniy e’tiqodi va milliylik xususiyatlaridan
kelib chiqib turli
ranglarni turli halqlar boshqa-boshqa ma’nolarda qabul qilishi
ham mumkin. Masalan italiyalik buyuk kinooperator Vittorio
Storraro “Yorug‘lik vositasida rangtasvir” (“Живопись светом”)
nomli hujjatli filmda ranglarni o‘zicha boshqacha ma’nolarda
qabul qilishini aytib o‘tgan. Uning fikricha qizil rang hammamiz
o‘rganib qolganimizdek ayollarga hos rang emas, aksincha
ayollara hos rang bu moviy rangdir. Chunki ayollar sokin va bosiq
bo‘ladilar, huddi moviy rangdagi suvdek nozik va nafis bo‘ladilar
deydi u. Qizil rang esa erkaklarga hos rang bo‘lib, u kuch-qudrat,
jasorat,
kuchli ehtiros, rashk, olovdek shiddatni o‘zida aks
ettiradi. Lekin aksariyat insonlar ranglarni umumiy ma’noda bir
hilda qabul qiladilar.
Keling buyuk kinoijodkorlar S.Paradjanov va Yu.Ilenko
ijodiga mansub bir filmdan sahnalarni ko‘rib chiqamiz...
Karpat tog‘lariga bahor kelganidan qalbi xursandchilikka
to‘lgan yosh qahramon umumiy planda tog‘ yon bag‘ri bo‘ylab
chopib borayotganini ko‘rgan tomoshabin beixtiyor hayajondan
entikadi, nafasi og‘irlashadi. Bunga sabab esa yosh aktyorning
moxirona ijrosi emas, balki qahramonni o‘rab turgan benihoya
quvnoq muhit, go‘zal
tabiat manzarasi, yashillikka burkangan
adirlar, bahor kabi shaffof ranglardir. Ushbu sahnadagi o‘t-
o‘lanlar, daraxtlar, hatto daraxtlarning soyalari ham, tepaliklar –
har bir narsa quyoshli yorqin ruhiyatga burkangan. Mualliflar
buni ranglar yordamida muvaffaqiyatli yetkazib bera olganlar.
120
Ulargacha bunday tasviriy go‘zallikka faqat tasviriy san’at orqali,
faqat mo‘yqalam va bo‘yoqlar yordamida erishish mumkin deb
hisoblanardi. Ular bo‘lsa bir qator seriyali kadrlardan iborat butun
bir voqeani tasvirga oldilar va kinoda rang bilan ishlash san’ati
bilan tomoshabinlarni qoyil qoldirdilar.
Film fojea bilan yakun topadi.
Qahramonlardan biri
ikkinchisini o‘ldiradi. Bu sahnadagi so‘nggi kadr o‘lib borayotgan
insonning nigohi orqali tasvirga olingan. Biz qotil qanday qilib
xonaga boltani olib kirganini va u bilan “bizni” urayotganini
ko‘ramiz. Birdan ekranning yuqori qismidan pastga tomon sekin
asta qip-qizil qonning oqa boshlaganini ko‘ramiz. Bu holat albatta
tomoshabinni larzaga keltiradi.
Bu epizodning barcha avvalgi kadrlari tabiatda, rutubatli
bulutli kunda tasvirga tushirilgan. Soyasiz qor. Kulrang osmon.
Yog‘och binolarning to‘q jigarrang
devorlari yaqinlashib
kelayotgan qayg‘uli voqealarga yanada ko‘proq mudhishlik baxsh
etib turardi. Ekran bo‘ylab to‘kilgan qizil qon bu sahnada
musiqadagi dissonans – ohanglar qarama-qarshiligi kabi vazifa
bajargan.
Bunday
badiiy-tasviriy
usullarning
tomoshabinlarga
ko‘rsatadigan ta’siri noyobligi tufayli uni boshqa filmlarda
takrorlash imkonini bermaydi, chunki bu holat mutaxassislar
tomonidan
plagiat yoki reminissensiya
24
sifatida qabul qilinadi.
Lekin bu boshqa mualliflarni yanada ko‘proq ijod qilishga va
yangi tasviriy ifoda usullarini izlab topishga rag‘batlantiradi.
Tanqidchilar filmga baho berar ekanlar, S.Parajanov va
Yu.Ilienkoning ijodiga tan bergan holda, ularning film rang
dramaturgiyasini qoyilmaqom tarzda ishlab chiqishga muvaffaq
bo‘lishganligini ta’kidlashgan.
Rang - bu yuqori ta’sir kuchiga ega bo‘lgan tasviriy ifoda
vositasi, plastik musiqa ekan.
Qoida:
Do'stlaringiz bilan baham: