Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

kuzatuv panoramasi
ni amalga oshiramiz. 
Panoramani chizmada 1 “b” bilan ko‘rsatilgan holatga yetib 
kelgunga qadar davom ettiramiz va shu bilan birinchi kadrni 
tasvirga olishni tugatish mumkin.
80-rasm. 


133
Ikkinchi kadr. Kadrdan kadrga o‘tish jarayonini tomoshabin 
uchun yanada silliq va sezilmas bo‘lishi uchun ikkinchi kadrga 
ham ayrim o‘zgartirishlar kiritish lozim bo‘ladi. Buning uchun 
qahramonni vagon oynasi yoniga o‘tirgizib qo‘yish kerak va 
bunda vagon oynasi kadrda egallagan maydon kadr umumiy 
maydonining uchdan bir qismidan ortib ketmasligi kerak. 
Agar bu kadrlar montajiga shiddat bilan harakatlanib 
ketayotgan poezd va relslar ovozini montaj qilsak, u holda 
tomoshabin poezdning tezligi va shiddatini rostmana his qilishi 
mumkin.
Endi bu epizod montajini tomoshabinlar tomonidan qanday 
qabul qilinishini ko‘rib chiqamiz. Kuzatuv panoramasini amalga 
oshirish orqali biz tomoshabinga o‘z ko‘zini ekranni qariyb to‘liq 
egallab olgan “massa”ning ma’lum bir yo‘nalishdagi harakatiga
moslashtirib olishga imkon beramiz. Aynan shu holat harakat aks 
etgan bir plandan ikkinchisiga silliq va sezilarsiz o‘tishiga sharoit 
yaratdi. 
Biz 
tomoshabin 
ko‘zini 
vagonning 
ma’lum 
bir 
yo‘nalishdagi harakatiga moslashib olishiga sharoit yaratib 
berdik va ikkinchi kadrda ana shu harakatni shu yo‘nalishda 
davom ettirdik. Hatto, agar biz yuqorida ko‘rib chiqqan birinchi 
misoldagi ikkinchi kadrni (78-rasm) o‘zgarishsiz qoldirganimizda 
ham bu montaj tomoshabin uchun deyarli sezilmas bo‘lardi va 
yaxshi idrok etiladi.
Balki, keltirgan bu misollarimiz kimdir uchun tushunarsiz 
bo‘lgandir. Bu holatni yanada to‘g‘ri va to‘liqroq tushunib yetish 
uchun albatta uni harakatda, ya’ni video shaklida ko‘rib chiqish 
kerak. Keling, yana bil misolni ko‘rib chiqamiz.
Katta yo‘l bo‘ylab avtomobil harakatlanib ketmoqda. Uni siz 
sevgan qahramon, aytaylik Jeyson Born boshqarib ketmoqda. 
Muhokamani avval uning o‘rta planidan boshlaymiz. Birinchi 
kadr – Born kabrioletda, ya’ni usti ochiq mashinada o‘tiribdi. 
Kadr shunday tasvirga olinganki ekranda faqat Bornning o‘zi 
ko‘rinadi, mashinaning hech bir qismi, aytaylik, ruli, peshoynasi 
kadrda aks etmagan (81-rasm). 
Ikkinchi kadrni statik holatda, ya’ni harakatsiz tasvirga 
olamiz. Olis plan – uzoqdan trassa bo‘ylab harakatlanib 
yaqinlashib kelayotgan avtomashina (82-rasm). Bu holatda ham 


134
kadrdagi ob’ektning harakat yo‘nalishi bo‘yicha montaj talablari 
to‘liq bajarilgan. 
81-rasm. 
 
82-rasm. 
 
Har ikkala kadrni tasvirga oldik va montaj qildik. Ekranda 
hosil bo‘lgan natijani ko‘rib chiqamiz. U esa nimagadir yaxshi 
chiqmadi. Tomoshabinning bu epizod montajidan oladigan 
taassurotini tahlil qilib ko‘ramiz. Yana kadrdagi harakatda 
bo‘lgan va harakatsiz nuqtalarni strelkalar va nuqtalar bilan 
belgilab olamiz.
Birinchi kadrda haydovchining gavdasi ekran maydonining 
taxminan to‘rtdan bir qismini egallagan. Ekranning qolgan qismi, 
ya’ni to‘rtdan uch qismini harakatlanayotgan massa egallab olgan 
va u o‘ngdan chapga yo‘nalgan. 
Ikkinchi kadrda harakatlanayotgan asosiy massa ekran 
maydonining o‘ttizdan bir qisminigina egallagan, biroq u 
aksincha, chapdan o‘ngga harakatlanmoqda. Umuman olganda, 
ikkinchi kadrni harakatsiz tasvir deb hisoblash mumkin (83-rasm). 


135
Kadrlarning bu ko‘rinishdagi montajini, undan olingan 
natijani ko‘rish jarayonida tomoshabin ko‘zi murakkab masalaga 
duch keladi. Gap shundaki, birinchi kadr tugab ekranda 
navbatdagi kadr paydo bo‘ladi va ikkinchi kadr ekranda paydo 
bo‘lishi bilan “sakrash”ni his qiladi. U avvaliga ekrandagi 
massaning, ya’ni ekranning katta qismini egallagan ob’ektning 
o‘ngdan chapga harakatiga moslashadi, inersiya oladi. Keyin esa 
tamomila statik bo‘lgan ikkinchi kadr paydo bo‘ladi va 
tomoshabinning birinchi kadrdagi faol harakatga moslashib olgan 
ko‘zi bu kutilmagan to‘htash sabab bir oz idrokni yo‘qotadi.
83-rasm. 
 
Ekrandagi harakat kutilmaganda nega to‘xtab qolgani, 
aslida nima bo‘layotganini anglab yetishi va yangi harakatga 
moslashishi uchun ko‘zimizga bir oz vaqt kerak bo‘ladi. Agar, bu 
harakat yo‘nalishi avvalgisiga tamomila teskari yo‘nalgan bo‘lsa 
muammo yanada jiddiylashadi. 
Inson ko‘zi o‘ziga hos inersiyaga ega bo‘lib, u ham huddi 
fizik jismlar inersiyasiga o‘xshash xususiyatga ega. Faol harakat 
aks etgan kadr bilan harakatsiz kadrni o‘zaro montaj qilinganda 
huddi avtobus katta tezlikda borayotib birdaniga tormoz olgan 
vaziyatdagidek jarayon yuz beradi. Avtobusning harakat tezligiga 
moslashib olgan avtobus ichidagi yo‘lovchilar birdaniga berilgan 
tormoz natijasida qay axvolga tushishlarini hammamiz yaxshi 
bilamiz. Yo‘lovchilar bunda turli shikastlar olishi turgan gap. 


136
Ko‘z bilan ham shunday, harakatdagi kadr ketidan ulangan statik 
tasvir ham tomoshabin uchun noxush yangilik bo‘ladi va ko‘ziga 
zarbdek tegadi.
Muammoni hal qilish va tomoshabinga filmni ko‘rishda 
yetarlicha qulaylik yaratib berish uchun ikkinchi kadrning 
tasvirga olishi nuqtasini, uning kompozitsiyasi va tasvirga olish 
usulini bir oz o‘zgartirish mumkin. Avtomashina harakatini 
yonroq tomondan ko‘rsatib berish uchun kamerani avtomobil 
yo‘lidan bir oz uzoqroqqa joylashtirish kerak. Kadrlar montajini 
esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomashinani 
kuzatuv panoramasi
dan 
boshlash kerak. Bunda avtomashinaning ortida aks etgan fon 
tasvirlarining harakat yo‘nalishi avtomashinaning o‘z harakat 
yo‘nalishi bilan yaqin bo‘ladi. Faqat bunda kadrlardagi orqa fon 
tasvirlarining harakat tezligi va tempi har ikkala kadrda ham bir 
xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Agar kamerani mashinadan 
uzoqroqqa joylashtiradigan bo‘lsak, unda asosiy massa harakati 
pastroq ko‘rinishi mumkin va unda tomoshabin kadrlar ulangan 
joyda baribir “qoqilish”ni boshdan kechiradi. Ortiqcha “bosh 
og‘riqlar” kelib chiqmasligi uchun yaxshisi bu epizodni bir nechta 
variantlarda va turli fokus masofali ob’ektivlardan foydalangan 
holda tasvirga olish kerak. 
Ikkinchi variant. Birinchi kadrda, aniqrog‘i uning oxirida 
xaydovchi Jeyson Bornning yirik planidan avtomobilning 120 
km/soat tezlikni ko‘rsatib turgan spidometriga panorama qilish 
kerak. Shu yo‘l bilan biz kadrni statik tasvir bilan yakunlashga 
erishamiz. Bu esa kadrdan-kadrga silliq va “qoqilish”larsiz 
o‘tishga zamin yaratadi. 
Va nihoyat, kadrdagi asosiy massa harakat yo‘nalishi 
bo‘yicha montajning asl mohiyatini ochib beruvchi chizmani 
ko‘rib chiqamiz. Unda bu tamoyilning mohiyati juda tushunarli 
yoritib berilgan. 
Yetarlicha bilimga ega bo‘lmaganliklari tufali ba’zida yosh 
rejissyorlar bir-biriga qarama qarshi yo‘nalishda tasvirga olingan 
ikkita panoramali kadrlarni ketma-ket montaj qilishga urinadilar 
(84-rasm). 


137
84-rasm. 
 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish