Kimyoviy injiniringda modellashtirish va avtomatlashtirish



Download 309,57 Kb.
bet2/11
Sana11.06.2022
Hajmi309,57 Kb.
#656580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
78-18 ООТ Олимхонов С.lotin tayori

Fransiya — Kasmetikada ishlatiladigan maxsus danak moylarini sotish uchun eng ommabob bozor. Bu mamlakatga import qilinayotgan moylarning faqatgina 9 foizini rivojlanayotgan mamlakatlar eksport qilishadi. Danak moylarining asosiy yetkazib beruvchilari Ispaniya, Gollandiya, Germaniya va Belgiya hisoblanadi.
Avstriyada 2012 yildan boshlab ushbu mahsulotlar importi Yevropadagi ko’rsatkichga nisbatan tez o’smoqda. 2018 yilda Ispaniya, Gollandiya, Germaniya va Litva mamlakatlari asosiy danak moylari asosiy yetkazib beruvchilar bo’ldi.
Gollandiya rivojlanayotgan mamlakatlardan danak moylarini eng ko’p miqdorda import qiluvchi davlat hisoblanadi. 2016 yilda mamlakatga ushbu moylar umumiy importining 63 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar xissasiga to’g’ri keldi. Gollandiyada bir necha yirik shifobaxsh moy ishlab chiqaruvchi va uni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar mavjud. Uning Yevropa davlatlaridan tashqari asosiy maxsulot yetkazib beruvchilari Gana, Xitoy, Burkina-Faso va Benin mamlakatlaridir.
Shveqiyaga danak moylari importi so’nggi yillarda 16 foizga o’sdi. Mamlakatga ushbu maxsulotning 95 foizdan ortiqroq qismi Daniyadan olib kelinadi. Daniyada AAK kabi o’simlik moylarini yirik ishlab chiqaruvchilar va uni qayta ishlovchi korxonalar mavjud.
Belgiyaga bunday moylarni import qilishning umumiy xajmi har yili o’rtacha 6 foizga oshib borayotgan bo’lsa-da, rivojlanayotgan mamlakatlardan import qilinayotgan ushbu turdagi moylar hajmi so’nggi besh yilda uch barobarga ko’paydi. Belgiyaning asosiy yetkazib beruvchilari Yevropa mamlakatlaridan tashqari Gana va Hindiston hisoblanadi
Germaniya ushbu qimmatbaxo moylar uchun maxsus savdo markazi xisoblanadi. Biroq, so’nggi besh yil ichida mamlakatga danak moylari importi 5 foizga kamaydi. Germaniyaga shifobaxsh moylar asosan Gollandiya, Italiya va Avstriya davlatlaridan import qilinadi.
Italiya, Buyuk Britaniya va SHveyqariya davlatlari garchi danak moylarining kichik importyorilari bo’lsa-da, ushbu mamlakatlar sizning mahsulotingiz uchun qiziqarli bozor hisoblanadi. Italiya va Buyuk Britaniyaga ushbu mahsulotlar importining katta ulushi rivojalanyotgan mamlakatlar xissasiga to’g’ri keladi (35 foizdan 38 foizgacha). So’nggi besh yil ichida rivojlanayotgan mamlakatlardan SHveyqariyaga danak moylari importi yuqori darajada o’sdi (yiliga 9 foiz).
Uzum urug’i moyi tarkibida ham boshqa danak moylaridagi kabi linolen va linol kislotalari (omega-3 va omega-6 yog’ kislotalari), A, D, E va K kabi qator vitaminlar, kaliy, yod va boshqa minerallar ko’p miqdorda mavjud.
Shu bilan birga magniy, kalsiy, temir moddalari tuzlariga boy hisoblanib, antioksidantlik xususiyati yuqori. Uzum moyi turli xil kasalliklar profilaktikasida, jumladan, vitamin yetishmovchiligi, buyrak kasalliklari, gastrit, oshqozon-ichak tizimi, qalqonsimon bez kasalliklari, qandli diabet, allergiya kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Buyrak va yurak-qon tomirlari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga ushbu moy tarkibidagi ko’p miqdordagi kaliy organizmdagi ortiqcha suvni chiqarishga yordam berishi bilan foydali hisoblanadi.
Tabiiy mumsimon moddalar va pektin moddalarning bu moyda mavjudligi uni teri kasalliklarini davolashda samarali ta’siriga sabab bo’ladi. Teriga yaxshi singib ajin tushishini oldini oladi.
Qadimgi sharq tabobati asoschisi buyuk Abu Ali ibn Sino ta’limotiga ko’ra, uzum urug’i moyida inson organizmi uchun nihoyatda foydali bo’lgan tabiatning asl xazinasi jamlangan. Moy tarkibida juda yuqori konsentraqiyada A, V, S, E vitaminlari, makro va mikroelementlar, yog’ kislotalari va biriktiruvchi moddalar mavjud. Kaliy, natriy, kalsiy, temir moddalari, to’liq to’yinmagan yog’ kislotalari, flavonoidlar, fitosterollar, oshlovchi moddalar, fitonqiller, fitosteroidlar, xlorofill, enzimlar, kremniy, to’liq to’yinmagan linol kislotalari - omega-6 (70 %gacha), omega -9 (25 %gacha), omega-3, palmitin, stearin, palmitomin, araxidon kabi kislotalar mavjud Uzum urug’ moyi tarkibidagi E vitamini Kungaboqar moyiga nisbatan 10 barobarga ko’p xisoblanadi. Uzum urug’i moyi tarkibidagi xlorofil ushbu shifobaxsh moyning yashil rangini ta’minlab beradi. Tabiatda faqat uzum urug’i moyida uchraydigan tabiiy antioksidant resveratrol borligi, bu moyning qiymatini yanada oshiradi. Resveratrol - bakteriya va zamburug’lardan ximoyalash uchun o’simlik tomonidan ishlab chiqariladigan tabiiy fitroaleksin moddasidir.
Uzum moyi kuchli antioksidant modda sifatida (erkin radikallardan ximoyalovchi), organizmni stressga (tushkunlikka) qarshi kurashuvchanligini oshirishda, immunitetni qutarishda, nurlanishga qarshi ximoya vositasi sifatida, yurak ishemik kasalligi hamda bosh miya qon aylanishining buzilishida (infarkt-insult profilaktikasi), ateroskleroz kasalligini davolashda qo’llaniladi.
Loyixada biz sutkada 30 tonna uzum urug’idan moy olish texnologiyasini loyihalash hisob-kitoblari va grafik ishlarini bajarishimiz mo’ljallangan. Yuqorida aytgainimizdek, uzum urug’i qobig’i qattiqligi uni chaqish va ajratishda muammolar keltirib chiqaradi. Biz loyihada ushbu jihatlarni inobatga olgan holda texnologik sxemani tanlashimiz va uskunalarni mo’ljallashimiz lozim.

  1. XOM-ASHYO VA TAYYOR MAHSULOTLAR TAVSIFI

Kelajakda qishloq ho’jaligini rivojlantirish biotexnalogiyalarni ko’proq joriy qilish va ekologiya talablarini hisobga olgan holda, axolini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan yanada tularoq qondirish uchun, yangi texnologiyalar talab etiladi. Konserva ishlab chiqarish korxonalarning quvvati oshgan sari ulardan hosil bo’ladigan chiqindilar miqdori ham oshadi, shularni ko’zda tutgan xolda, chiqindilardan kompleks ravishda unumli foydalanish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shunga asoslangan holda bizning tajribalarimiz konserva mahsulotlaridan biri sharbat olish jarayonida hosil bo’lgan uzum chiqindisi urug’idan yog’ olshi texnologiyasini o’rganishga qaratilgan. Konserva tayyorlash jarayonida uzum urug’i ho’l holda hosil bo’ladi. Uni qayta ishlash uchun birinchi navbatda urug’ni quritib olamiz. Urug’ni quritish konserva zavodidan qurutgichlarda olib borilib, so’ng laboratoriya sinovlari olib boriladi. Natijalar quyida keltirilgan.
1-jadval

Download 309,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish