4-Mavzu: Chiqindilarning asosiy manbalari, ularning turlari va sinflanishi Chiqindilar haqida



Download 35,07 Kb.
bet1/2
Sana15.04.2022
Hajmi35,07 Kb.
#553365
  1   2
Bog'liq
4-maruza


4-Mavzu: Chiqindilarning asosiy manbalari, ularning turlari va sinflanishi
Chiqindilar haqida. Hozirgi kunda qattiq chiqindilar ham ko‘plab ajralib, atrof-muhitga jiddiy zarar keltirmoqda. 0 ‘tgan boblarda ko‘rib chiqilgan boshqa tur chiqindilar — gazsimon va suyuq chiqindilar bir tomondan qaraganda atmosfera havosiga singib ketishi yoki suv havzalariga qo‘shilib ketishi bilan uni ko‘pincha ilg‘amay qolamiz. Qattiq chiqindilar esa ajralib chiqishi va to‘planishi natijasida katta maydonlami egallab, doimo ko‘z ostimizda atrofga jiddiy zarar keltirayotganligini ko‘rib guvohi bo‘lamiz. Shuning uchun ushbu tur chiqindilarini zararsizlantirishda va qayta ishlashda ulaiga alohida yondoshish lozim. Ma’lumki, ilmiy-texnikaning rivojlanib borishi o‘z yo’lida sanoat ishlab chiqarish korxonalarining salmog‘ini ham kundan-kunga kengaytirib boradi. Ishlab chiqarish korxonalarining kengayishi va yangilarining ishga tushishi esa tabiiy resurslarning ko'plab ishlatilishiga va buning natijasida atrof-muhitga chiqindilami ham tashlanishiga olib keladi. Albatta qattiq chiqindilarning hosil bo’lish miqdori korxona texnologiyasining darajasiga va ishlatiladigan xomashyo turlariga bog‘liqdir. Bunda ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan texnologiyalar qancha mukammal bo‘lsa, chiqindilar miqdori va ularning atrofga salbiy ta’siri shuncha kam boMadi. Lekin ming afsuski, ko‘pchilik korxonalar ilgari qurilgan bo’lib, ularda xomashyolarning samarali kompleks ishlatilmasligi kuzatiladi.
Natijada, xomashyoning boshlang‘ich ishlatish bosqichidan boshlab korxonada ko‘plab chiqindilarning hosil bo’lishi va uning hududida to‘planishi ro‘y beradi.
Sochiluvchan materiallarning fizik-mexanik xossalari, tarkibi, shakli va ma’lum o'lchamli materiallami olishga yo‘naltirilgan fizik-mexanik va fizik-kimyoviy jarayonlaryig‘indisiga granulalash jarayoni deb ataladi.
Granulalash jarayoni quyidagi texnologik bosqichlardan iborat:
— xomashyoni qayta ishlashga tayyorlash, komponentlarni
qadoqlash va aralashtirish;
— granula hosil qilish (aglomeratsiya, kristallash, zichlash va
boshqalar);
— granula tarkibini mo‘tadillash (quritish, sovitish, polimerizatsiya
jarayoni asosida zarrachalar orasidagi bog‘larni mustahkamlash);
sinflash, yirik fraksiyalarni parchalash (yanchish).
Hozirgi kunda sanoatda qoMlaniladigan va maMum granulalash
usullari quyidagilardir:
1) qattiq moddalarni yumalatib granulalash;
2) eritmani purkash va granulatsion minoralarda sovitish;
3) quruq kukunlarni presslash;
4) eritmani mavhum qaynash qatlamida purkash;
5) turboparrakli qurilmada tezkor granulalash;
6) tangasimon plastinalar hosil qilish (eritmani boshqa yuzalarda
sovitish yo‘li bilan);
7) ekstruziya.
Hozirgi kunda kundalik hayotimizda ham ko‘p miqdorda qattiq maishiy chiqindilarning (QMCh) ajralishi doimo kuzatilmoqda.
Aholi sonining o ‘sishi va hayot darajasining umumiy oshishi tovarlar iste’molining ortishiga, binobarin bir marta foydalaniladigan o‘ram materiallarining ortishiga olib keldiki, bu QMCh miqdoriga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. So'nggi o‘n yilliklarda dunyoning barcha mamlakatlarida shahar axlati ko‘rinishidagi qattiq maishiy chiqindilar miqdori keskin ortib, aholi jon boshiga o‘rtacha 150—300 kg/yil ni tashkil etdi. QMCh miqdorining har yillik o'sishi kamida 3%ni, ayrim mamlakatlarda 10% ni tashkil etmoqda.
Hozir QMCh ni yig‘ish va qayta ishlash sanoatning zamonaviy texnika bilan jihozlangan yirik tarmog'iga aylandi. QMCh ni yig‘ish tizimi va ayniqsa uni tashish birinchi darajali masala bo'lib qoldi. Odatda, katta bo‘laklami ushatishda shnekli va konusli ushatgichlar ishlatiladi; o‘rtachasi uchun — konusli va valikli ushatgichlar; maydasi uchun bolg'ali, markazdan qochma urishli tegirmonlar, ba’zi bir rusumdagi — konusli va valikli ushatgichlar; yupqa maydalash uchun - baraban sharli, sterjenli, halqali tegirmonlar; juda yupqa maydalash uchun — titraydigan, oqimli va kolloidli tegirmonlar ishlatiladi.

Download 35,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish