269 Kimyoviy evolyusiyaning bosqichlari haqida tushuncha bering Kimyoviy evolyusiyaga asoslangan to’rtinchi konsepsiyaning asosiy predmetlari quyidagilar hisoblanadi; 1. Kimyoviy evolyusiya muammolarini tadqiq qilish va biogenez. 2. Bioorganik sistemalarni o’rganish va ularning hosil bo’lishining o’ziga xosligini tekshirish. 3. Biokatalizatorlarning ta’sirlashishlarini modellashtirish. KimyoviyevolyusiyageokimyoyordamidatadqiqqilinganiuchunVernadskiygeokimy oniatomlarningyerdagitarixinio’rganuvchifandebatadi. Kimyoviyevolyusiyabirinchinavbatdakimyoviymoddalarningqattiq, suyuq, gazholatgao’tishlarinikuzatganatmosfera, gidrosferavalitosferadabo’lganevolyusiyalardir
270 Lavuazye, Berselius tomonidan yaratilgan nazariyalar. Kimyoviy reaksiyalar atomlar zaryadi neytrallanishi bilan boradi. 1836 yilda Berselius metil radikalini ochadi, 1843 yili esa Berselius organik kimyo murakkab radikallar xaqidagi fan degan taklifni aytadi va 1873 yili Kaur - amil radikalini ochadi. Kimyoning asosiy muammosini tushuntirishning uchinchi yo’li moddalarning tuzilishi haqidagi nazariyalardir. 1780 yilda Bergman organika so’zini va uning anorganik moddalardan farqini ko’rsatib beradi va Lavuazye, Bersellius, Furkruslarning ular haqidagi aytgan fikrlarini tasdiqladilar. Kimyoviy moddalarning tarkibi, xossalaridan tashqari yana ularning muhim xarakteristikasi tuzilish tushunchasi fanga kiritildi. Furkrus modda tarkibida atom gruppalari mavjud deydi. Berseliusning dualistik nazariyasi fanga kiritilib, unda modda xossalari uning strukturasiga, atomlar va atom gruppalarning joylashishiga bog’liq deyiladi. Shu bilan birgalikda struktura yadrosi atomlarning kimyoviy bog’lanishi asosida vujudga kelishi quyidagicha ko’rsatiladi: 1. Kimyoviy birikmalar turli zaryadli atom radikallarining elektrokimyoviy tortishishidan hosil bo’ladi. SO3 N2O3 N2O 38 2. Bu gruppalar tartibli joylashadi. 3. Kimyoviy reaksiyalar atomlar zaryadi neytrallanishi bilan boradi.
270. Lomonosov qilgan ishlari haqida ma’lumot bering. M.V. Lomonosov 1741 yilda atom – molekulyar ta’limotni quyidagicha ta’riflab berdi: 1. Moddalar korpuskulalardan (molekula) va elementlardan (atom) tashkil topgan. 2. Korpuskula va elementlar ma’lum hajm va og’irliklarga ega. 3. Korpuskula va element doimo harakatda bo’ladi, shuning uchun ularning issiqligi, temperaturasi har xil bo’ladi 4. Harakatning saqlanish prinsipi bo’ladi. Shuning uchun ular bir-biriga ta’sir qiladi. 5. Olov modda harakati natijasidir. R Boylning metallarning og’irliklari olovda qizdirilganda hosil bo’ladi degan fikrni noto’g’ri deb, u havo hisobiga oshadi deydi. 6. 1748 yilda M. V. Lomonosov “Moddalar massasining saqlanish qonunini"taklif qildi. Lomonosov 1741 yilda “Matematik kimyo elementlari” dissertasiyasida birikmalar, murakkab korpuskulalardan tuzilgan bo’lib, atomlar esa o’zaro sifat va miqdoriy jihatdan bog’langan bo’ladi degan xulosaga keladi. XVIII asrning o’rtalarida buyuk rus olimi M.V.Lomonosov tabiat sirlarini, shu jumladan, kimyoviy jarayonlarni o’rganishda kuzatish-tajriba usuli bilan bir qatorda, fikrlash usulini ham qo’llashni tavsiya etdi va yuqorida bayon etilgan vazifalarni hal etuvchi «Nazariy kimyo» fanining yaratilishi kerakligini, ya’ni kimyoviy jarayonlarni o’rganishda fizika qonunlaridan foydalanish kerakligini va bu yangi fanni «Fizik kimyo» nomi bilan atash kerakligi haqidagi taklif bilan chiqdi. Fizik kimyoning nomi va uning vazifasi birinchi marta Lomonosov tomonidan 1755 yilda uning «Haqiqiy fizik kimyo» kitobida - fizik kimyo murakkab moddalarda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarning sababini fizika qonunlari va tajribalari asosida tushuntiruvchi fan deb belgilandi