«kimyo» kafedrasi “umumiy kimyo” fanidan


Oltingugurt, selen, tellur elementlarining umumiy tavsifi



Download 19,83 Mb.
bet63/401
Sana18.04.2023
Hajmi19,83 Mb.
#929617
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   401
Bog'liq
Umumiy kimyo majmua (Biologiya) Kuryazov R 2018

Oltingugurt, selen, tellur elementlarining umumiy tavsifi
Oltingugurt birikmalari (masalan sulьfat kislota) sanoat va amaliy kimyoda keng miqyosda ishlatiladi va shu bilan birgalikda uning azot, fosfor va galogenli noodatiy birikmalari alohida ahamiyatga ega. Selen va tellur birikmalari birmuncha cheklanganligiga qaramay, ularni oltingugurt birikmalarining mantiqiy davomchilari sifatida qarasak bo’ladi. Poloniyning barcha izotoplari radioktiv, va uning birikmalari ishlatilish sohasida yoki savdo- sotiqda kam ahamiyatga ega deb qaraladi.
Elementlarning tabiatda tarqalishi
Oltingugurt ming yillardan buyon ma’lum bo’lgan va ishlatilib kelingan. Bunga asosiy sabab vulqon sodir bo’lgan joylarda elementning sof holatda tarqalgandir (Masalan: O’rta yer dengizi, Meksiko, CHili va YAponiya ). Tarixdan shu maskanda istiqomat qilgan odamlar oltingugurtni turli xil maqsadlarda ishlatishgan. Tabiatda tarkibida oltingugurt tutgan bir nechta minerallarni uchratishimiz mumkin, shu o’rinda galenit (PbS), rux yaltirog’i (ZnS), kinovar (HgS), pirit (FeS2), gips (CaSO4), va xalьkopirit (CuS2). Qora porox tarkibi oltingugurt, ko’mir va kaliy nitrat aralashmasi ming yillar oldin qurol sifatida ishlatilgan..
Tellur 1782 yilda Baron F.J. Myuller von Reichenstein tomonidan kashf etilgan va selen esa Berselius tomonidan 1817 yilda kashf etilgan. Poloniyni 1898 yilda Mariya Kyuri tomonidan kashf qilindi va uning nomi element aniqlangan vatan sharafiga atab qo’yilgan (Polьsha). Tellur nomi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “tellus” - "er" degan ma’oni anglatadi va selen esa yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “selene”, ya’ni "oy" degan ma’noni anglatadi. O’zining tarkibida oltingugurt tutgan moddalar, shuningdek, kam miqdorda selen va tellur ham saqlaydilar va bu birikmalar elementlar asosiy manbai hisoblanadi. Misni elektrolitik qayta ishlash jarayonida, anodda ba’zan selen va tellurlarni ham ajratib olish mumkin. Oltingugurt elementining ulkan zahiralar (Texas va Lousina shtatlarida) topilgan va element asosan uch quvurga asoslangan Frash usuli orqali olinadi. Bu jarayonda, oltingugurt (119 °C da suyuqlanadi) birinchi quvur orqali yuborilgan qaynoq suv bug’lari yordamida oltingugurt suyuqlantirilayotgan vaqtda, ikkinchi quvur orqali yuqori bosim ostidagi havo yer tubiga, oltingugurt olinayotgan joyga yuboriladi va natijada uchinchi quvurdan toza holdagi suyuq oltingugurt ajralib chiqadi.

Oltingugurt, Selen, Tellur elementlari


S8 suyuqlanish (sariq suyuqlik) S8 halqa ochiladi, chiziqli molekulalar hosil bo’ladi, qora yopishqoq massa hosil bo’ladi atomlarga ajralish S8  S4  S2 (harakatchan holdagi suyuqlikka aylanadi) qaynash (oltingugurt qaynay boshlaydi) sariq-jigarrang bug’lar hosil bo’ladi. Bular S atomlaridir hamma bosqichlar boshqatdan qaytariladi.
Oltingugurt odatda rombsimon shaklida uchraydi, qariyb 105 °C haroratgacha barqarorligini saqlab qoladi. Bu temperaturadan yuqoriroqda esa monoklinik tuzilish barqaror hisoblanadi. Suyuq holatdagi oltingugurtni sovuq suvga quyib, uni tez sovutish orqali, oltingugurtning plastik modifikasiyasini olish mumkin, biroq vaqt o’tishi bilan u yana rombsimon shakliga o’tadi. Molekulyar holatda, element S8 ko’rinishda uchraydi va quyidagicha tuzulishga ega.

Oltingugurt bug’ holatida S8, S6, S4, va S2 (O2 o’xshagan holda paramagnit) kabi aralashmalardan iborat bo’ladi. S8 molekulasi qutbli bo’lmaganligi sababli, qutbsiz erituvchilarda CS2 va C6N6 yaxshi eriydi. Selen molekulasi ham o’z tarkibida sakkizta atomi saqlaydigan siklik molekula hisoblanadi. Biroq, tellur tipik metall sifatida qaraladi. Ularning bug’lari ham, oltingugurt singari 2, 6 yoki 8 atom tutgan molekulalardan tashkil topgan. Har ikkisi ham yaxshi yarimo’tkazgichlar hisoblanadi va selen tozalovchi vosita sifatida foydalaniladi. Selen yengil hisoblagich sifatida ham foydalanilar edi, ammo hozirgi kunda boshqa turli sezgir hisoblagichlar mavjud ekanligi aniqlangan va foydalanilmoqda.
Suyuq oltingugurt o’ziga hos xususiyatga ega, ya’ni harorat ortishi bilan uning yopishqoqligi ham ortib boradi, va 170-180 °C oralig’ida o’zining maksimum qiymatiga erishadi. YUqori haroratda, esa uning yopishqoqligi harorati ortishi bilan kamayib boradi. S8 molekula tarkibidagi bog’lar uzila boshlagan vaqtda, bog’lar o’zaro birikib uzun zanjirli agregatlar hosil bo’ladi. Haroratni oshirish davom ettirilganda, uzun zanjirlar yana uzila boshlaydi va modda yopishqoqligi kamayadi. Selen ushbu o’zgacha xossani o’zida namoyon qilmaydi.
Oltingugurtning turli xil birikmalari, turli xil maqsadlarda foydalanilishiga qaramay, bu elementning asosiy qismi (85%) sulьfat kislota olish uchun foydalaniladi va shu sintez qilingan kislotaning qariyb uchdan ikki qismi esa o’g’it sifatida ishlatiladi. Oltingugurtning reaksion qobiliyati yuqoridir, shu boisdan u ko’pgina boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan, havoda ko’k rangli alanga hosil qilib yonadi

Oltingugurt kumush bilan qo’ng’ir rangli mahsulot hosil qiladi.

Oltingugurt fosfor va galogenlar bilan ta’sirlashib binar birikmalar hosil qiladi.



Bundan tashqari, oltingugurt turli-xil moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan, u sulьfit kislota bilan ta’sirlashib tiosulьfatni hosil qiladi.

Oltingugurtni sianid tuzlariga qo’shish orqali tiosianat (rodanid) sintez qilinishi mumkin.

S8 fosforning quyi valentli turli xil birikmalari bilan ham reaksiyaga kirishadi:

Oltingugurt ketanatsiya hossasini o’zida mujassamlashtirganligi sababli, sulьfid eritmalari bilan ta’sirlashib polisulьfidlarni hosil qiladi.

Shu hossasi bilan oltingugurt iodni (iod molekulalarining o’zaro ta’siridan poliiodidlarning hosil bo’lishi) eslatadi. Oltingugurt hatto uglevodorodlar tarkibidagi vodorod atomlarini ham siqib chiqarib, C – C bog’ hosil qiladi va natijada H2S hosil bo’ladi. Oltingugurt issiq konsentrlangan nitrat kislotada eriydi va reaksiya quyidagicha ketadi.

Quyidagi reaksiya tenglamalarida selen va tellurning oltingugurt kabi xossalarni namoyon etishi keltirib o’tilgan.




Biroq, selen va tellur vodorod bilan to’g’ridan-to’g’ri ta’sirlashmaydi, shu sababdan bu elementlarning vodorodli birikmalari dastavval metal bilan ta’sirlashtirib, so’ngra hosil bo’lgan birikmani kislotada eritib olinadi. Selen va tellur sianidlar bilan reaksiyaga kirishib mos ravishda selenosianatlar va tellurosianatlar hosil qiladi.




Download 19,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish