«kimyo» kafedrasi “umumiy kimyo” fanidan



Download 19,83 Mb.
bet65/401
Sana18.04.2023
Hajmi19,83 Mb.
#929617
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   401
Bog'liq
Umumiy kimyo majmua (Biologiya) Kuryazov R 2018

Poliatomli birikmalar
H2Sn tarkibli birikmalar (n ning qiymati 2-8 oralig’ida) sulьfanlar deb nom olgan va sulьfan tarkibidagi oltingugurt atomlari soni old qo’shimcha sifatida sulьfan nomiga qo’shib aytiladi (H2S3 trisulfan, H2S6 is geksasulfan va hokazo).

Uzun zanjirli sulьfanlar H2S2 molekulasiga, disulьfur dixlorni S2Cl2 ta’sir ettirib ham olinadi (oltingugurt monoxlorid deb ham ataladi).

Sulfanlar termodinamik jihatdan H2S va oltingugurtlarga parchalanishga moyildir.

Metall polisulьfidlarni olish uchun metallning ammiakdagi eritmasi mo’l miqdordagi oltingugurt bilan ta’sirlashtiriladi yoki metall sulьfid suyuqlanmasining oltingugurt bilan ta’siri natijasida olinadi.
Polisulfid anionlari metallar bilan koordinasion birikmalar hosil qiladi va shunday birikmalarda ular bidentant ligand hisoblanadi. Masalan, quyida S52- ionining titan bilan hosil qilgan kompleks birikmasi keltirib o’tilgan.

S, Se yoki Te tarkibli kationlar bir necha asrlar buyon ma’lum bo’lgan. SHu birikmalar orasida S42+ alohida o’ringa ega bo’lib to’rtburchak ko’rinishiga ega va quyida uning struktura formulasi tasvirlangan.

S, Se, yoki Te larning poliatom kationlari quyidagi yo’llar bilan olinishi mumkin:


S42+, Se42+ va Te42+ planar tuzilishga ega bo’lishiga qaramay, S82+, Se82+, va Te82+ lar bir tekislikda joylashmaydi va quyidagicha tuzilishga ega.

Bundan tashqari bu elementlarning S192+ , Se102+, va Te62+ tarkibli kationlar ham ma’lumdir.


Oltingugurt, selen va tellurning kislorodli birikmalari

Oltingugurtning turli xil kislorodli birikmalari S2O, S6O, S8O, S7O2, va SO mavjud bo’lib, ularning asosiy ishlatilish sohasi yo’q. SHu kabi oksidlarda bir yoki bir nechta kislorod atomlari oltingugurt tutgan halqadagi atomlarga bog’lanishi bilan hosil bo’ladi. Selen va tellur oltingugurt kabi kislorod bilan turli xil oksidlar namoyon qilmaydi, bu elementlarning dioksidlari ko’p maqsadlarda foydalanilishi mumkin.


Oltingugurt (II) oksidi muzlatgichlarda, dizenfeksiyalovchi vosita sifatida va shu kabi maqsadlarda ishlatilishidan tashqari ishlatilishidan tashqari, uning asosiy qismi sulьfat kislota olish uchun sarflanadi. SO2 oltingugurtli birikmalarni yondirilishidan olinishidan tashqari, sulьfitli birikmalarga kislota ta’sir ettirib ham olinadi.


SO2 ning qaynash temperaturasi -75.5oC bo’lishiga qaramay, SeO2 va TeO2 larning qaynash temperaturalari mos ravishda 340 va 733oC dir. Bunday sezilarli darajadagi farq, molekula tarkibidagi kimyoviy bog’lar o’rtasidagi tafovut bilan tushuntiriladi. Gaz holidagi SO2 molekulaga ikki hil rezonans formula taklif etishimiz mumkin.

SO2 turli xil organik birikmalarga (aromatik uglevodorodlar, alifatik uglevodorodlarga nisbatan yaxshiroq eriydi) yaxshi erituvchi vosita sifatida foydalaniladi. SO2 molekula bir vaqtning o’zida ham Lьyuis kislotasi, ham Lьyuis asosi xossalarini namoyon etadi.
Oltingugurt dioksidi PCl5 bilan ta’sirlashib, tionil xlorid va SOCl3 larni hosil qiladi. SO2 ning to’g’ridan-to’g’ri Cl2 bilan ta’sirlashishidan sulьfuril xlorid olinadi.

SO2 ning oksidlanishidan olingan SO3 ning asosiy qismi sulьfat kislota olish uchun ishlatiladi. SO3 molekula trimer (SO3)3 ko’rinishida bo’ladi, lekin kristal ko’rinishida turlicha tuzilishga ega bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi struktura ((SiO3)3)6- va ((PO3)3)3- ionlari bilan izoelektron hisoblanadi. Gaz holatida SO3 molekula trigonal planar tuzilishga ega bo’lib, turli xil rezonans strukturalari ma’lum




Download 19,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish