2.3-Laboratoriya ishi. Ammiakli selitra olish va uning analizi.
Nazariy qism:
Ammiakli selitra 50-60
%
li nitrat kislota eritmasini
gazsimon xoldagi ammiak bilan neytrallab olinadi:
HNO
3
+ NH
3
= NN
4
NO
3
+ 148,6 kJ
Sanoatda reaksiya issiqligi suvni bug’lantirish yo’li bilan ammiakli selitra
eritmasini konsentratsiyasini oshirish uchun foydalaniladi . Azotli o`g`itlardan
ammoniy nitrat tuzi ko`p miqdorda mineral o`g`it sifatida ishlatiladi. Ammoniyli
o`g`it tarkibida 35% azot bo`ladi, ya`ni azotli boshqa o`g`itlardagiga qaraganda ko`p
azot bo`lgan konsentrlangan o`g`itdir. Ana shunday o`g`it tayyorlash uchun ammiak
bilan nitrat kislota kerak bo`ladi.
Ammoniy nitrat qishloq xo`jaligida o`g`it sifatida ishlatilishidan tashqari, qora
porox ishlab chiqarishda, ammonit, ammonat va boshqa portlovchi moddalar
olishda qo`llaniladi.
Ishning maqsadi:
Kristall holdaga ammiakli selitra olish va uning nitrat
kislota bo’yicha unumini hamda undagi ammoniy azotini aniqlash.
Kerakli jihozlar va reaktivlar:
48-60% li nitrat kislota, 25% li ammiak
lakmus qog’ozlari, ammiakli selitra olish qurilmasi (5-rasm)
500 ml sig’imli o’lchov silindri, ammiak va nitrat kislotasi zichligini
o’lchash uchun areometr, qum hammomi, chinni kosacha.
Ishning bajarilishi:
Ammiakli selitra olish qurilmasi.
5-rasmning reaktor qismining ichiga ostki qismiga shisha paxta qo’yilib
reaktor ichiga shisha siniqlari (nasadka) bilan to’lg’aziladi (Libix
sovutgichidan foydalanish mumkin, faqat sovutgichning suv kirish-chiqish
teshiklari yuqoriga qarab egilgan bo’lishi kerak aks xolda rezina shlanglarga
kislota kirishi mumkin) 20-30 ml 48-60% li nitrat kislota tomizgich qadag’ga
1solinadi. Vyurs kolbasiga 6 esa 75-100 -ml 25% li ammiak quyiladi.
Vyurs kolbasi tiq in bilan bekitiladi va yopik elektr plitasida qizdiriladi.
Qachonki ammiak bug’lanib reaktorga (neytralizatorga) tushaboshlagach
reaktorga o’rnatilgan tomizgich kadaqning jumragi ochilib sekinlik bilan
tomchilatib nitrat kislotasi neytralizatorga tomiziladi. Oqtutun shaklida xosil
bo’lgan ammiak selitra kondensatlanib reaktorning pastki qismiga 4 tushadi.
Kislotani hammasi quyib bo’lingach tomizgich qadaq 1bekitiladi va yana bir
necha minut ammiak yuborish davom ettiriladi so’ngra kosachadagi ammiakli
selitraning muxiti lakmus qog’ozi bilan aniqlanadi. Agar muhit kislotali bo’lsa
selitra eritmasi yana qayta tomizgich kadaqga 1 quyiladi va ammiak yuborish
bilan neytralizator orqali o’tkaziladi. Bu operatsiya (amal) selitra eritmasining
muhiti ishqoriy bo’lguncha davom ettiriladi.
SHundan so’ng Vyurs kolbasidan ammiak yuborish to’xtatiladi, tomizgich
qadaq 3-4 marta 5 ml dan distillangan suv bilan yuviladi va bu suv bilan
neytralizator ham chayib olinadi va yuvib olingan suv ammiakli selitra
eritmasiga qo’shiladi va chinni kosachaga solinib qum hammomi ustiga qo’yib
kosacha ustida oq bug’ hosil bo’lguncha shisha tayoqcha bilan aralashtirilib
turilgan xolda bug’lantiriladi selitrasuyuqlanmasining harorati bu vaqtda 433
K ga teng bo’ladi.
Ammiakli selitra sovigach va kristallangach kosacha o ’lchanib olingan
ammiakli selitraning nitrat kislota bo ’yicha unumi foizlarda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |