Toshkent 2021
Mundarija
|
Kirish.
|
3
|
|
1.
|
Mis va uning birikmalari, olinishi va xossalari.
|
6
|
|
2.
|
Kumush va uning birikmalari, xossalari.
|
10
|
|
3.
|
Oltinning birikmalari, olinishi va xossalari.
|
11
|
|
4.
|
Xulosa.
|
21
|
|
5.
|
Test savollari.
|
22
|
|
6.
|
Foydalanilga adabiyotlar.
|
|
|
7.
|
Glossary.
|
|
|
8.
|
Misning payvandlanuvchanligi.
|
|
|
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Bugungi kunda islohotlarning qay darajada samara berayotganini korsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi, bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy korsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini sozsiz oshirish kerak.
Ishning maqsadi. Mazkur kurs ishidan kozda tutilgan maqsad - «I guruh qo'shimcha guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi» mavzusi boyicha bilim va konikmalarni mustahkamlashni takomilllashtirishdan iborat.
Ishning vazifalari. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish uchun belgilab oldik:
- I guruh qo'shimcha guruhcha elementlariga oid ilmiy va oquv adabiyotlari tahlilini amalga oshirish;
- Ushbu guruh elementlari birikmalarini o`rganish;
- Ushbu elementlarni ishlatilishiga oid malumotlarni organish.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalrga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularga ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malkalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallngan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiyani amalga oshirishda ta’lim mazmuniga tayangan holda ma’lum metod va vositalar qo’llaniladi. Pedagogik texnologiya metodlarining qo’llanilishi quyidagi omillar:o’qitishning faol metodlari, pedagogik texnika va pedagogik ishlab chiqarish asoslari, ta’lim jarayonini individuallashtirish, ilg’or pedagogik tizimlarni loyihalash, ta’lim jarayoninig samaradorligini oshirish, modullash ta’lim texnologiyalari, pedagogikada inovatsion jarayonlar, pedagogik mehnatni tashkil etishning ilmiy asoslari, pedagogik test va standartlar, o’quvchilar va o’quv muassalarini reytingi, shuningdek, o’quv rejalari va dasturlari, ishbilarmonlik o’yinlari, o’yin texnikasi va madaniyati uslublariga bog’liq.
Bu gruppacha elementlariga mis, kumush va oltin kiradi. Oltin va kumush nodir metallar hisoblanadi. Ularning zichligi, qaynash va suyuqlanish temperaturasi yuqori.
Bu gruppacha elementlari tabiatda quyidagi izotoplar ko'rinishida uchraydi: 63Cu (69,1%); 65Cu (31,9%); 107Ag (51,35%); 109Ag (48,65%); 197Au (100%). Radioatkiv izotoplari: 64Cu (T1/2=12,8 soat); 110Ag (T1/2=253 kun); 198Au (T1/2=2,7 kun); radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi.
Bu guruhcha elementlari d-elementlar jumlasiga kiradi. Cu, Ag, Au atomlarining sirtqi qobig'ida bittadan s-elektron bo'ladi:
Cu z = 29, KLM 4s1
Ag z = 47, KLM 4s24p6 4d10 5s1
Au z = 79, KLM 5s2 5p6 5d10 6s1
Kumush atom radiusi mis va oltin atomlari radiusidan kattaroq. Shunga ko'ra, kumushning ionlanish potensiali mis va oltinnikiga qaraganda kichikroq bo'ladi. Bu gruppacha elementlari +1, +2, +3 oksidlanish darajasiga ega bo'lishi mumkin, chunki ularning atomlari faqat s-elektronnigina bermay, d-orbitaldagi elektronlardan ham bitta yoki ikkitasini bera oladi.
Mis, kumush va oltin kuchsiz qaytaruvchi xossalarga ega bo'lgani uchun ular tabiatda tug'ma holatda ham uchraydi. Mis bilan kumush, asosan, tabiiy birikmalardan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |