Fizik xossalari. Kumush oq yaltiroq metall. Yuqori qovushqoqlikka ega. Undan ingichka sim tayyorlasa bo‘ladi. Kumush ham yumshoq metall bo‘lib, faqat ranggi «kumushsimon» oq, u ham oltin kabi tomonlari markazlashgan kub shakldagi kristall panjaraga ega, boshqa metallardan yengil bolg‘alanuvchanligi va cho’ziluvchanligi bilan ajralib turadi. Issiqlik va tok o’tkazuvchanligi bo’yicha barcha metallarni ortda qoldirib 1-o’rinda turadi. Kumush boshqa metallardan yuqori temperaturada qaytariluvchanligidan ko’ra uchuvchanlik holati bilan ajralib turadi. Yuqori issiq va elektr o‘tkazuvchanlikka ega. Bu guruh ichida kumushning elektr o‘tkazuvchanligi eng yuqori. Simob bilan amalgamalar hosil qiladi:
Ag3Hg3, Ag3Hg2, Ag3Hg4
Do'stlaringiz bilan baham: |