Kimyoviy xossalari. Kumush kislorod, vodorod va kislotalar bilan oksidlanmaydi. Ozon bilan oksidlanadi. Nitrat va konsentrlangan sulfat kislota bilan yuqori haroratda oksidlanadi:
2Ag + 2H2SO4 = Ag2SO4 + SO2 + 2H2O
Gaz holatidagi HCl bilan yuqori haroratda reaksiyaga kirishadi:
2Ag + 2HCl = 2AgCl + H2
Kumush galogenlar bilan qiyin oksidlanadi. Nam havoda kumush vodorod sulfid ishtirokida havo kislorodi bilan oson oksidlanadi. Kumushdan yasalgan taqinchoqlarni qorayib qolishining sababi ana shundadir:
4Ag + 02 + 2H2S = 2Ag2S + 2H20
Kaliy sianid ishtirokida kislorod va vodorod peroksidi ham kumushni oson oksidlaydi:
2Ag + H202 + 4KCN = 2K[Ag(CN)2]+ 2KOH
2H20 + 4Ag + 02 + 8KCN = 4K[Ag(CN)2] + 4KOH
Do'stlaringiz bilan baham: |