Kumush idishlar, asboblar, taqinchoqlar, jarrohlik uskunalari tayyorlashda ishlatiladi. Taqinchoqlar tayyorlashda tamg‘a (proba) qo'yiladi. Kumush tamg‘asi 800—875 orasida bo‘ladi. Bu 1000 tarkibiy qismdan 800—875 qism kumush, qolganlari qo‘shimchalar ekanligini ko‘rsatadi. Ko'p miqdorda kumush birikmalari fotografiya maqsadlari uchun sarflanadi.
Ag+1 birikmalari. Kumushning oksidlanish darajasi +1 bo‘lgan birikmalari ko‘p uchraydi. Lekin +2 va +3 birikmalari ham bor.
Kumush II va III valentligi birikmalari juda beqaror, faqat kompleks birikmalar holida mavjud.
Ag2O qora qo‘ng‘ir rangli kristall modda:
2Ag20 = 4Ag + 02
H2 + Ag2O== H2O + 2Ag
H2O2 + Ag2O = O2 + 2Ag + H2O
Bu reaksiyalarda kumush oksidi oksidlovchi. Kumush (I) oksidi ammiakda yaxshi eriydi:
Ag20 + 4NH4OH = 2[Ag(NH3)2]OH + 3H20
Bu reaksiyalarda kompleks asoslar hosil bo'ladi.
AgOH beqaror birikma bo‘lib, kumush nitratga ishqorlar ta’sir qilib olinadi:
2AgN03 + 2NaOH = 2AgOH + 2NaN03
2AgOH = Ag20 + H20
Kumushning galidlari kumush ftoriddan boshqasi yomon eriydi:
HF + AgF = H[AgF2]
3HF + AgF= H3[AgF4]
Kumush oksidi HF da eriydi va eruvchan tuz AgF ni hosil qiladi:
Ag20 + 2HF = 2AgF + H20
AgF ni Ag2C03 ga HF ta ’sir etib ham olish mumkin:
Ag2CO3 + 2HF = 2AgF + H20 + CO2
AgF • 2H20 yoki AgF • 4H20 rangsiz kristallar hosil qilishi kuzatilgan.
AgCl ammiak bilan oson komplekslar hosil qiladi:
[Ag(NH3)2]Cl, Na3[Ag(S203)2], Na[Ag(CN)2]
Ag+ ioni kuchsiz kislotali muhitda kuchli oksidlovchi:
Zn + 2AgN03 = 2Ag + Zn(N03)2
Kumush xloridi AgN03 ga xlorid kislota tuzlari ta’siridan olinadi:
AgN03 + NaCl = AgCl + NaN03
Kumush xlorid fotoqog'ozlarda ishlatiladi:
2AgCl = 2Ag + Cl2
Kumush bromid fotoplyonkada ishlatiladi:
2AgBr = 2Ag + Br2
Kumush galidlari fiksaj ta’sirida eriydigan galogenidlar hosil qilib plyonka va qog‘ozdan nur ta’sirida o‘zgarishga uchramagan galidlar qavatini yo'qotadi:
AgG + 2Na2S203 = Na2[Ag(S203)2] + NaG
AgJ birikmasi kompleks hosil qilmaydi. Ag2S kumushning eng yomon eriydigan tuzi. U quyidagicha olinadi:
2AgN03 + H2S = Ag2S4 + 2HN03
Kumush nitrat suvda yaxshi eriydi va gidrolizga uchramaydi:
3Ag + 4HN03 = 3AgN03 + NO + 2H20
Kumush birikmalari fotoqog‘oz, fotoplyonkalar tayyorlashda, tibbiyotda dezinfeksiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. Ag+ ionlari tibbiyotda bakteriyalar o‘sishini to ‘xtatish uchun qoilaniladi.
Bir og‘irlik hissa AgN03 bilan ikki og‘irlik hissa KN03 eritmasi lyapis deb ataladi va tibbiyotda ishlatiladi.