Kimyoviy xossalari.
Mis havoning miqdoriga qarab Cu2O va CuO kabi oksidlar hosil qiladi. Cu20 — qizil rangli. Beqaror birikma:
4Cu + O2 = 2Cu2O
2Cu + O2 = 2CuO
Mis galogenlar bilan ham odatdagi sharoitda oksidlanadi:
Cu + Cl2 = CuCl2
Yuqori haroratda NO misni Cu20 ga, NO2 bo‘lsa CuO ga oksidlaydi:
4Cu + 2NO = 2Cu2O + N2
4Cu + 2NO2 = 4CuO + N2
Azot va uglerod mis bilan ta’sir etmaydi:
2Cu + O2 + H2O+ CO2 = (CuOH)2CO3
Sianid ionlari ishtirokida mis oson oksidlanib sianidli komplekslar hosil qiladi:
4Cu + O2 + 2H2O+ 8KCN = 4K[Cu(CN)2] + 4KOH
Yuqori haroratda mis gaz holdagi HCl bilan ta ’sirlanadi:
2Cu + 2HCl = 2CuCl + H2
Odatdagi sharoitda reaksiya chapga surilgan yuqori haroratda o‘ngga suriladi.
Mis va uning birikmalari kuchli zahar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |